2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


Yadro, periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

 Yadro, periferiya tushunchasi. Tilshunoslikda yadro, 
periferiya munosabatining tatbiq etilishi 
Reja:
1.Yadro-periferiya tushunchasi.Atomistik ta’limotning mohiyati
2.Tilshunoslikda yadro-periferiya munosabatining tatbiq etilishi 
3.So‘z turkumlarida yadro-periferiya munosabati 
Tayanch so‘z va iboralar: Yadro, periferiya, elektron, neytron, proton, 
1911 yil, Ernest Rezenford, tilshunoslik, atomistik ta’limot, fonetik sath, leksik 
sath, morfologik sath, sintaktik sath, diftong, unli, dominant, bosh ma’no, ot, fe’l, 
kesim
 
1.Yadro-periferiya tushunchasi. Atomistik ta’limotning mohiyati

Ma’lumki, moddiy va ideal dunyodagi obyektlar, tushunchalar va tasavvurlarning
barchasi «yadro» (markaz) va «periferiya» (chekka) qismlardan iborat va har 
qanday substantning (zot) yadro va periferiya qismlari o‘rtasida doimiy va ko‘p 
tomonlama aloqalar mavjuddir
46
.
 
Tilshunoslikda til birliklari va sathlarida markaziy va quyi, chekka qismlar 
(sohalar) mavjudligi haqidagi qarashlarning shakllanishiga tabiiy fanlar, jumladan, 
46
Ushbu mavzuni yoritishda quyidagi maqola va tadqiqot ishidan foydalanildi: Eltazarov J.D. So‘z turkumlari 
paradigmasida yadro-periferiya munosabati// O‘zbek tili va adabiyoti, 3-son, 2006; Normo‘minov Sh.T. O‘zbek
tili so‘z turkumlari tizimidagi yadro-periferiya aloqalarining funksional-semantik tadqiqi: fil.fan.f.d(Phd)…diss
– 
Samarqand:2019; 
Normo‘minov 
Sh. 
Til 
tizimi 
va 
so‘z 
so‘z 
turkumlariparadigmasi
yadro-periferiya

munosabatlari haqida// SamDU Ilmiy axborotnoma. №6. 2016. –B.112-116.


82 
kimyo va fizikadagi mavjud atomistik ta’limot turtki bo‘lgan edi. Atomistik 
ta’limotning ildizi qadimgi Yunoniston tamadduniga borib taqalsa-da, bu 
xususdagi qarashlarning rivojiga Turkistondan chiqqan buyuk mutafakkirlar
Farobiy, ibn Sino, Beruniylar katta hissa qo‘shdilar
47

Atomistik ta’limot borliqdagi narsalarning tuzilishi va xossalarini tushuntirib 
berish muammosi bilan bog‘liq ravishda qadimgi Gretsiya va Rimda falsafiy 
muammo sifatida shakllangani va keyinchalik tabiiy fanlarga joriy etilgani 
ma’lum. Atomistlar («atomistik ta’limot» tarafdorlarining nomi) materiyaning 
parchalar va donachalardan tuzilgani va pog‘onali shaklda ekanligini da’vo qilar 
edilar. Jumladan, Demokrit faqat atomizmgina materiyaning xossalarini to‘la 
ifodalash mumkin, degan xulosaga kelgan edi. Quyidagi tamoyillar atomistik 
ta’limotning mohiyatini ifodalaydi: 
1.Yo‘q narsadan hech narsaning kelib chiqishi mumkin emas. Mavjud bo‘lgan 
hech narsa yo‘qolib ketmaydi, ularning doimiy o‘zgarishi bo‘linish va birlashish 
jarayonlaridan iborat; 
2.Hamma narsa atomlar va bo‘shliqdan iborat; atom va bo‘shliqdan boshqa 
narsalar quruq gap, aslo mavjudiyat emas; 
3.Atomlar miqdori va shakliga ko‘ra cheksizdir, ular o‘zlarining harakati, 
to‘qnashuvlari bilan ko‘rinib turgan dunyoni shakllantiradi; 
4. Narsalar o‘rtasidagi farq ular tashkil topgan atomlarning soni, shakli, 
joylashish tartibidan kelib chiqadi. 
5.Ruh mayda, dumaloq, silliq va birmuncha yengil va har yerda mavjud 
atomlardan iborat, ularning harakati esa hayotni tashkil etadi; 
6.Hayot va o‘lim o‘rtasidagi barcha farqlar tanadagi dumaloq atomlarning 
miqdori bilan bog‘liqdir
48

19-asrning oxiri va 20- asr boshida atom yadrosining kashf etilishi va uning 
parchalanuvchan ekanligi; atomlar yadro va uning chekka qismlari –elektron,
neytron, proton kabi zarralardan iboratligi, bu unsurlar yadroning musbat va 
zarralarning manfiy zaryadlangani tufayli dialektik birlikda ekani, yadroning 
parchalanishi uning bilan bog‘liq unsurlarda katta miqdordagi energiyaning ajralib 
chiqishi va kataklizmlarga olib kelishi kashf qilinganidan keyin boshqa fanlarda 
ham, shu jumladan, tilshunoslikda ham tabiiy fanlarga qiyosan «atomistik 
ta’limot» shakllandi, ya’ni turli til birliklarida va sathlarida asos (yadro) va chekka 
unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik ta’limotning boshqa tamoyillariga 
ko‘ra tahlil qilish an’anasi vujudga kela boshladi. 
Jumladan, 1911-yilda mashhur ingliz fizik-olimi Ernest Rezenford (1871-
1937) atom yadrosining planetar modelini taklif qildi. Olimning fikricha, olamning 
eng kichik zarrasi bo‘lgan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro mavjud 
bo‘lib, u atomdan hajm jihatidan juda kichik, ammo og‘irligi jihatidan yadro 
atomning aksariy massasini o‘zida ifodalaydi. Shu jihatdan atom va uning yadrosi 
47
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент: Шарқ, 2001.–Б. 108. 
48
Захидов С.Т. Атомистическая картина мира. http://spkurdyumov.ru /biology/atomisticheskaya-kartina-mira/
(15 марта, 2007 г.) 


83 
xuddi Quyosh sistemasiga o‘xshaydi, ya’ni o‘zakda bu sistemaning aksar 
massasini o‘zida ifodalovchi quyosh turadi va uning atrofida elektronlar 
(planetalar) aylanadi 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish