86
bilimlarni tartibga solishga uning tarkibidagi birliklar o‘rtasida nomutanosiblikning
mavjudligi xalaqit berayotganini his qila boshladi. Jumladan, 1980-yillarda sobiq
Sho‘rolar ittifoqidagi nazariyotchi tilshunoslardan biri - M.Mamudyan tilning har
bir sathida va unsurida sobit yadro va variantlarga
ega periferiya mavjudligi
xususidagi farazni ilgari surdi. Olimning fikricha, til birliklaridagi yadro va
periferiya nisbatan olingan chegaralarga ega hamda periferiyaning mavjudligi va
uning yadro bilan o‘zaro aloqalari tufayli tilning amal qilinishi yuz beradi
53
. Shu
kabi til birligida yadro-periferiya qismlarining mavjudligi ularning funksional-
semantik vazifasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi, ana shu
holat tufayli tilning turli lisoniy muloqot shart-sharoitlariga moslashishi, ko‘p
funksiyaliligi ta’minlanadi, bularning barchasi lisoniy belgining asosiy konturlarini
yo‘qotmasligi sharoitida yuz beradi. Ayni shu xususiyatlar
til birliklarining
struktural-funksional yaxlitligini ta’minalb beradi
54
..
Ana shu nuqtai nazardan tildagi, shu jumladan, o‘zbek tilining turli sathlarida
yadro-periferiya munosabatlarining namoyon bo‘lishini ko‘rib chiqaylik:
Fonetik sathda
yadro-periferiya munosabati diftonglarda namoyon bo‘lishi
ko‘proq kuzatilgan. Unli fonemalar tarkibida boshqa jinsdan bo‘lgan unsurning
ishtirok etmasligi ularda yadro-periferiya munosabatining mavjudligini shubha
ostiga qo‘yadi. Diftong esa ikki unsurdan: kuchli va baland talaffuz etiladigan
yadro hamda kuchsiz va pastroq ohangda talaffuz etiladigan periferiyadan iborat.
Ingliz tilidagi quyidagi diftonglarning ta’rifiga e’tibor beraylik:
[ɪə]
– diftongining yadrosi oldingi qator, lablanmagan va kuchli
[ɪ]
unlisi
bo‘lib, periferial qismni tiloldi ochiq va o‘rta
keng unli
[ə]
tashkil etadi.
[eə]/[ɛə]
– diftongining yadrosi maksimal oldingi qator, lablanmagan va
kuchsiz
[e]/[ɛ]
unlisi bo‘lib, periferial qismni tiloldi ochiq va o‘rta keng unli
[ə]
tashkil etadi
55
.
Xuddi shunday hollarni o‘zbek tili shevalaridagi diftonglarda ham ko‘rish
mumkin, jumladan, qipchoq shevalarida uchraydigan
[ʱӧü], [ʱaü]
diftonglarida [ӧ],
[ü] unlilari yadroni tashkil etsa, har ikkala diftongda [ü] unlisi periferiyani tashkil
etadi
56
. Bo‘g‘inlardagi yadro-periferiya munosabati bo‘g‘inni tashkil etuvchi unli
va undosh munosabatlariga tayanadi. Bo‘g‘inlarda yadro sifatida uni tashkil
etuvchi unli tovush namoyon bo‘lsa, periferiya undosh tovush(lar)dan iborat
bo‘ladi
57
. Bunday ta’rif, albatta, bir unlidan iborat bo‘g‘inlar uchun emas. Hozirgi
53
Мамудян, М. Лингвистика. М.:
Прогресс, 1985, с.149
54
Мамудян, М. Лингвистика. М.: Прогресс, 1985, с.149
55
Язык: Фонетика и фонология. Langust Agency. http://www.langust.ru/review/lang_h04.shtml#ixzz4BdEjvSzt
(May, 2016).
56
Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б. Ўзбек диалектологияси. -Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси
нашриёти, 2004. 45-Б.
57
Язык: Фонетика и фонология. Langust Agency. http://www.langust.ru/review/lang_h04.shtml#ixzz4BdEjvSzt
(May, 2016).
87
o‘zbek tilidagi CV, VC, CVC, CVCC tipidagi bo‘g‘inlarda bir, ikki va uch dona
undosh periferial unsur sifatida mavjud bo‘ladi.
Leksika sathidagi unsurlarning yadro-periferiya munosabati tildagi maydon
tushunchasi bilan bog‘liq. Tilning leksik birliklari har doim semantik maydonda
o‘z ma’nosini realizatsiya qiladi, shu sababli leksik unsurlar orasidan yadroviy va
periferial unsurlarni tanlashda leksik birliklarda bir tarafdan semantik vazifalarning
umumiyligini, boshqa tarafdan grammatik va leksik unsurlarning o‘zaro ta’siri kabi
shart-sharoitlarni hisobga olish zarur
58
. Leksik birliklarning yadro-periferiya
munosabatiga ko‘ra tasnifi ana shu tarafi bilan biroz murakkab, ammo har qanday
tildagi hozirgi paytda faol bo‘lgan so‘zlar qatlamini, neologizmlarni, adabiy tilning
leksik boyligini tilning leksikasi yadrosida turadi deb hisoblash mumkin.
Periferiyada esa eskirgan, tarixiy so‘zlar hamda dialektizmlar,
boshqa tillardan
olingan va ma’nosi keng ommaga yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlar turishi ma’lum.
Semasiologiyada
ham semalarning strukturasida yadro va periferiyalarni
ajratish kuzatiladi. Ma’lum bir so‘z semasi (sememasi) doirasida yadroviy qismga
oid ma’no parchalarini asosiy, doimiy, eksplitsitiv (ochiq-ravshan) ifodalovchi
semalar ifodalaydi, periferial semalar esa sememaning asosiy bo‘lmagan, ehtimoliy
ma’no tashuvchi, sobit bo‘lmagan, ma’nosi kuchsiz semalar tashkil etadi. Yadroviy
semalar tilning leksik sathida leksemalarning guruhlanishi uchun asos bo‘ladi,
aynan ularning xususiyatlariga ko‘ra tilda sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar,
so‘zlarning leksik-semantik guruhlari (so‘z turkumlari ham bundan xoli emas) va
mavzuiy guruhlari shakllanadi.
Periferial semalar esa predmetning uncha muhim va doimiy bo‘lmagan
belgilarini ifodalaydi. Masalan “erkak” so‘zining periferial semalari bo‘lib
“kuchli”, “mard”, “bo‘yi baland”, “cho‘rtkesar”, “qo‘rqmas” kabi semalar bo‘lishi
mumkin. Asosiy ma’noni tavsiflovchi xususiyat bilan sememaga bog‘langan bu
so‘zlarni faqat nutqiy jarayonda bir munosabat orqali faqat aniqlovchi yoki
izohlovchi vazifasida kelgandagina ma’nosi reallashishi periferial semaning
tabiatini yaqqol ifodalaydi.
Ular nutqda obrazlilik, ekspressivlik, ko‘chma ma’no
kabi hollarning vujudga kelishiga ko‘maklashadi, so‘zning nominativ
funksiyasining kengayishiga olib keladi
59
. Ana shu xususiyatlarni bilvosita
ifodalaganlari uchun ular asos semadan ma’no jihatidan tobora uzoqlashib
boraverishi kuzatiladi
(3-chizmaga qarang)
58
Попова З.Д., Стернин И.А. Лексическая система языка (внутренняя
организация, категориальный аппарат
и приемы описания). Учебное пособие. -М.:URSS, Книжный дом «Либроком», 2011. -172 с.
>sterninia.ru/files/757/4_Izbrannye.../Leksicheskaya_sistema_yazika.pdf (Juny, 2015)
59
Попова З.Д. , Стернин И.А. Лексическая система языка (внутренняя организация, категориальный
аппарат и приемы описания). Учебное пособие. Изд. 3, стереотипное, М.: URSS, Книжный дом
«Либроком», 2011. -с. 64-70.
88
Morfemika sathida ham o‘zbek tilining tipik agglyutinativ-analitik til
ekanligini hamda "morfema til sistemasida", "morfema funksional-paradigmatik
sistemada” tamoyiliga tayangan holda morfemik birliklarning yadroviy va
periferial qismlari: 1) o‘zak va qo‘shimchalarni
va periferial qismlarini; 2)
qo‘shimchalarga ma’no-vazifa jihatidan teng keluvchi birliklar: ot va fe’ldagi
ko‘makchilar, to‘liqsiz fe’llar, affiks-yuklamalar, sifat va ravishdagi eng, juda
tipidagi formalar, qil, et, ayla, bo‘l
;
de fel formalari, affiksoidlar; 3) tub "o‘zak
so‘zlar"; 4) nol morfemalar; 5) o‘zgaruvchan morfemalar:
choy-poy, non-pon,
meva-cheva tipidagi takrorlarda ikkinchi qismlarni kiritish mumkin
60
.
Do'stlaringiz bilan baham: