2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

(keyingi betdagi rasmga qarang).
Qisqasi, olimning tajriba va 
farazlari orqali atomning tuzilishi xususidagi ilmiy tasavvurlar shakllandi va ular 
quyidagi postulatlarda ifodalangan: 
1. Hap qanaqa modda kichik ayrim zarrachalardan tashkil topgan; 
2. Moddalar orasidagi farq ularni tashkil qiluvchi zarrachalar orasidagi 
farqqa bog‘liq; 
4. Bir moddani zarrachalari ham bir xil, har xil moddalarning zarrachalari 
esa har xil bo‘ladi; 
4. Har qanaqa sharoitda ham moddalarning zarrachalari harakatda bo‘ladi; 
5. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, ularning(zarrachalarning) harakati ham 
shuncha tez bo‘ladi;
6. Ko‘pchilik moddalar uchun zarracha rolini – atom va uning yadrosi 
o‘ynaydi
49

Demak, yadro va periferiya ikki o‘zaro bog‘liq tushuncha bo‘lib, ular zotga 
xos bo‘lgan sifatlarni ifodalash nuqtai nazaridan farqlanadi, ya’ni yadro zotning 
asosiy xususiyatlarini ifodalaydi va u ko‘psonlidir, periferiya esa zotning kam sonli 
belgilarini ifodalaydi. Bu hol aslida materiyaning mavjud bo‘lishining 
dialektikasidir, chunki materiya (zot) bir xil xususiyatlarga ega bo‘lmagan va bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan qismlardan iborat bo‘lganidagina u hukm suradi 
va yashab qoladi. 
Quyosh sistemasi (planetar model) (
https://sof.uz/post/2016-yilda-quyosh-
sistemasi-haqida-bizga-ma-lum-bo-lmagan-qiziqarli-faktlar
 (August, 2018)
 
49
Храмов Ю. А. Резерфорд Эрнест (Rutherford Ernst) // Физики: Биографический справочник / Под ред. А. И. 
Ахиезера. — Изд. 2-е, испр. и дополн. — М.: Наука, 1983. - С. 230-231; Яна қаранг: Reeves, Richard . A Force 
of Nature: The Frontier Genius of Ernest Rutherford. New York: W. W. Norton, 2008; Wilson, David . Rutherford. 
Simple Genius, Hodder & Stoughton, 1983. 


84 
Quyosh tizimidagi yadro va periferiyani ifodalagan tizim Yer kurrasining 
ichki tuzilishida ham takrorlanadi: Yer ham atmosfera,
gidrosfera, biosfera, 
litosfera, mantiya, yadro kabi qismlardan iborat ekanligi ma’lum 
(rasmga va 
manbaga qaran
g): 
https://slayd.arxiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=61612(Aug
ust, 2018) 
Bugungi kunda fanning barcha soha va yo‘nalishlarida o‘z o‘rganish 
obyektlarida yadro va periferiya qismlarini aniqlash hamda bir-biriga muqoyasa 
etgan holda o‘rganish avj olmoqda, o‘z boshlang‘ichini tabiiy fanlardan oluvchi bu 
yondashuv keyingi o‘n yilliklarda asta-sekin ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasiga 
yoyildi. Jumladan, sotsiologiya fanida (jamiyat yoki sinflarning yadrosi va 
periferial qismlari), iqtisodiyot nazariyasida (iqtisod sohasining yadrosi va 
periferial qismlari), geoekonomikada (dunyo iqtisodining markazi bo‘lgan 
davlatlar va periferial davlatlar) va geopolitikada (dunyoning super kuchlari 


85 
bo‘lgan rivojlangan davlatlar (yadro) va rivojlanayotgan mamlakatlar (periferiya)) 
tushunchalari tadqiqotlarning asosiga qo‘yilmoqda
50

Albatta, tilshunoslik ham bu oqimdan chetda qolgani yo‘q. 20-asr 
tilshunosligi tarixiga birrov nazar tashlansa, dunyo lingvistikasi ham yadro-
periferiya tamoyillarini tilni tadqiq etish ishiga tadbiq etishga ulgurgandir
51

Ma’lumki, tilshunoslikdagi yadro-periferiya munosabatlariga doir qarashlar 
tabiiy fanlardagi «atomistik ta’limot» qiyosan shakllandi, ya’ni turli til birliklarida 
va sathlarida asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik 
ta’limotning boshqa tamoyillariga ko‘ra tahlil qilish an’anasi vujudga kela 
boshladi.
Ko‘rinib turibdiki, atomizm tarafdorlarining manifestida atomlar borliq, hayot 
va hatto ruh va jonning asosiga qo‘yilmoqda va bu fikrlar bundan 2000 yil ilgari 
bayon qilingan. Shunday bo‘lsa-da, 19-asr oxiri va 20-asrda va bugungi kunlarda 
fizika, kimyo va boshqa fanlarda yuz bergan kashfiyotlar atomistlarning barcha 
materialist ta’limotlar kabi ilmiy haqiqatga ancha yaqin ekanligini dalili bo‘ldi. 
Hozirda materiyaning atomdan ham kichik, eng mayda birliklari (neytron, 
neytrino, kvant..) kashf etildi va ular moddiy dunyoning asosida turishi isbotlandi. 
Rus tadqiqotchi V.G.Lisenkoning ta’biri bilan aytganda, atomistik ta’limot 
dunyoda mavjud bo‘lgan quyidagi oppozitiv (bir-biriga qarshi) kategorial 
tushunchalarni izohlab berishning kaliti sifatida shakllangan: diskretlik va 
muntazamlikni; butunlik va bo‘linuvchanlikni; butun va bo‘lakni; sabab va 
oqibatni, birlik va ko‘plikni; cheklilik va cheksizlikni; abadiylik va o‘tkinchilikni; 
bo‘shlik va to‘lalikni, mavjud bo‘lish va bo‘lmaslikni, paydo bo‘lish va yo‘q 
bo‘lishni. Shu bilan birga substansiya (zot), uning sifatlari va harakatlarini 
izohlab berish ham atomistik ta’limotga tayanadi
52
. Xullas, atomistik ta’limot 
falsafada va fanda, shu jumladan tilshunoslikda tadqiqot obyekti bo‘lgan materiya, 
tushuncha yoki vosita (til)ning mohiyatini teranroq yoritib berish ehtiyoji tufayli 
shakllangan. Tilshunoslikka atomistik ta’limotning tamoyillarini tatbiq qilish aslo 
tabiiy fanlar yoki falsafadagi tamoyillarni tilshunoslikka mexanik “ko‘chirish” 
emas, balki tilning struktur-semantik qurilishini ushbu yondashuv yordamida 
tekshirish va uning yangi qirralarini ta’riflab berishga urinish deb baholash 
mumkin. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish