2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

14-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik
Reja: 
1.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. 
2. Verbosentrik nazariyaning shakllanishi 
3.Valentlik turlari. 
Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy valentlik, 
verbosentrik nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch valentli fe’llar. 
Har bir atomning valentligi mavjud. U elementlar atomlarining kimyoviy 
bog’lanishlar hosil qilish xususiyatidir. Valentlik berilgan atomning boshqa 
atomlar bilan birikkan kimyoviy bog’lanishlar soni sifatida aniqlanadi. 
Kimyo fanida juda katta muvaffaqiyat qozongan valentlik nazariyasi 
tilshunoslikka ham o’tgan asrning 40-yillaridan tatbiq etila boshladi. Bu tushuncha 
tilshunoslikka ilk marta S.D.Kasnelson tomonidan 1948 yili yozilgan «O 
grammaticheskoy kategorii» («Vestnik LGU», 1948) asarida kiritildi. Shundan 
boshlab mazkur tushuncha tilshunoslikda mustahkam o’rin oldi. 
Valentlik atamasi lot. valentia so’zidan olingan bo’lib, «quvvat», «kuch» 
degan ma’noni beradi. Bu atama kimyoda bir element atomining boshqa element 
atomi bilan bog’lanish xususiyatini ifodalash uchun qo’llanilsa, tilshunoslikda 
leksemaning boshqa leksema bilan bog’lanish qobiliyatini ifodalash uchun 
ishlatiladi. 
Tilshunoslikda valentlik atamasi keng tarqalgan bo’lsa-da, lekin bu atama 
ostida xilma-xil tushunchalar ifodalandi. G’arbiy Ovrupo tilshunosligiga 
bog’lanishni ifodalash uchun mazkur atamani olib kirgan L.Tenyer uni faqat fe’lga 
nisbat berdi va valentlikni fe’l qo’shib olishi mumkin bo’lgan aktantlar miqdori 
sifatida belgiladi. 
L.Tenyer fe’llarni avalent (shaxssiz fe’llar), bir valentli (o’timsiz fe’llar: 
Ahmad uxlayapti), ikki valentli (o’timli fe’llar: Ahmad kitob o’qidi), uch valentli 
fe’llarga bo’ladi. 
Valentlikni bunday tushunish verbosentrik (har qanday gap asosida fe’l yotadi 
deb hisoblash) nazariyaning asosidir. Unda valentlik verbosentrik nazariyada 
mantiq ta’sirida kelib chiqqan bir, ikki, uch o’rinli predikatlarga teng keladi. 
Hozirgi tilshunoslikda predikat atamasi ostida faqat fe’l emas, balki otlar ham 
tushunilgani va predikatlar materialiga ko’ra fe’l va ot predikatlarga bo’linganidek, 
valentlik ham so’z va tilning har qanday sath birliklarining boshqasi bilan birikish 
xususiyati deb tushunish keng tarqaldi. 
Valentlik dastlab leksik birliklarga nisbatan (leksik valentlik) qo’llanilgan 
bo’lsa, keyingi davrlarda sintaktik birliklarga ham qo’llanila boshlandi (sintaktik 


76 
valentlik). Bundan tashqari, shakliy va mazmuniy valentlik ham ajratila boshladi. 
Bog’lanuvchi elementlardan qaysi biri biriktirib oluvchi, qaysi biri birikuvchi 
ekaniga ko’ra faol valentlik va nofaol (passiv) valentlikka bo’lish odat tusiga 
kirmoqda. 
Qolaversa, lisoniy birliklar valentliklarning yuzaga chiqish zarurligi yoki 
zaruriy emasligi belgisiga ko’ra majburiy (obligator) va fakultativ valentliklarga 
ham bo’linadi. Valentlikning mazkur turga bo’linishi pozision sintaksisning ta’siri 
natijasidir. Valentlikni bu jihatdan o’rganish pozision sintaksisning rivoji uchun 
keng imkoniyat yaratadi. 
Pozision sintaksis talqiniga muvofiq, gap tarkibida markaziy o’rin egallagan 
tayanch so’z, ya’ni predikat qator pozisiyalarga o’rin ochadi. Bu pozisiyalardan 
ayrimlari gapning mazmuniy-grammatik shakllanishi uchun to’ldirilishi zaruriy 
bo’lsa, boshqalari zaruriy bo’lmaydi. Qo’shimcha axborot beradi. Masalan, 
Ahmad 
shkafdan kitob oldi
gapida 
kitob
so’zi zaruriy, 
shkaf
so’zi esa fakultativ valentlikni 
to’ldirib kelgan birliklar sanaladi. 
Leksik valentliklarning bevosita yuzaga chiqishi so’z birikmalarini hosil 
qiladi. Semantik valentlik so‘z leksik ma’nolarining mantiqiy uzvlariga asoslanadi. 
“Semantik valentlik ma’noning alohida uzvlari chatishuviga asoslanadi”. 
(G.Helbig)
Bunda so‘zlar, ayniqsa, fe’llarning imkoniyatini shu o‘rinda alohida tilga 
olish zarur. Ular nafaqat harakatni nomlash, balki shu harakatning barcha 
ijrochilarini, 
kechimini, 
vaziyatini 
oldindan 
ko‘rsatish 
imkoniyatiga 
ega.bordim(biror joyga), o‘qidim (biror narsani), mehr qo‘ydim (kimga)
Leksik-semantik valentlik so‘zning leksik ma’nosidan, ya’ni leksemaning 
sememasidan boshlanadi. Agens valentligi- kesim ifodalangan so‘zning shu 
so‘zdan anglashilgan harakat, holat, belgi mansub bo’lgan leksik birlikni birikma 
uchun talab qiladi. U semantik agentiv fe’llarda faol kuzatiladi.suva devorni suva, 
suvoqchi suvadi. Chal, yoz, o’qi, kuyla, sug’or kabi. Mazmun valentligi aktanti 
ma’nosi hamma vaqt predikativ vazifadagi so’zning ma’no uzvi bo’ladi.
I.Qo’chqortoyevning qayd etishicha, o‘zbek tilidagi fe’llarning mazmun valentligi 
aktanti sintaktik jihatdan asosan to’ldiruvchi(vositasiz) va ko‘chima gap vazifasini 
o’taydi. Sifatning mazmun valentligi gapning ajratilgan bo’lagida uchraydi.
Asosiy adabiyotlar: 
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: 
Sharq, 2002. 
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002. 
Qo‘shimcha adabiyotlar: 
1. Cedric Boeckx / Massimo Piatelli-Palmarini language as a natural object- 
linguistics as a natural science // The Linguistic Preview/. Volume 22, Issue 2-4, 
447-466. 
2.Кедров Б.М. О современной классификации наук // Вопросы философии. 
1980. №10. – Б.85. 


77 
Internet adreslari 
1.
www.ziyonet.uz
 
2.
www.ziyouz.com
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish