1
Molekulyar fizika
MOLEKULYAR FIZIKA
Abituriyentlar va mustaqil o’rganuvchilar uchun
Xonobod 2015
3
Molekulyar fizika
KIRISH.
Molekulyar fizika
– fizikaning turli agregat xolatlardagi jismlarning
fizik xossalarini ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqiladigan
bo’limidir.
Molekulyar fizika jismni tashkil qilgan atomlar, molekulalar va ionlar
xarakati va o’zaro tasirini o’rganish bilan bog’langan.
Moddaning tuzilishi xaqidagi dastlabki tasavvurlar qadim zamonlardayoq
paydo bo’lgan edi. Qadimgi grek faylasuflari bundan ikki ming yil oldin
olamdagi xamma narsa bo’linmaydigan juda kichik zarra –atomlardan tashkil
topgan deb tasavvur qilgan edilar. Grek olimi Demokrit (E. A 460 – 370 yil-
lar) quyidagicha yozadi: “xamma narsa atomlardan tashkil topgan … narsalar
bir – biridan o’zlarini tashkil qilgan atomlar, ularning tartibi va vaziyatlari
bilan farq qiladi …”. Qadimgi atomislarning moddaning tuzilishi xaqidagi
tasavvurlari faqatgina faraziy tusga ega ekanligini xisobga olish kerak.
O’rta asrlarda atomistik talimotning tarafdorlari davlat tomonidan ta’qib
ostiga olingan, chunki ularning bu talimoti jismlarning xossalarini tabiiy
sabablari bilan tushuntirib odamlarning yaratuvchisiga xudoga bo’lgan etiqo-
dini yo’qotadi, deb o’ylaganlar – 1026 yilda Fransiya oliy sudi atomistik
talimotni tarqatishni o’lim jazosiga maxkum etish xavfi ostida taqiqlab qo’ydi.
O’rta asrda atomistik gipoteza cherkov taqibi ostida unutildi. Faqatgina XVII
asrda I. Nyuton molekulalar fazoda bo’sh joyni to’ldirishga intilishi xaqidagi
tasavvurdan kelib chiqqan xolda gazlarning kengayishini tushuntirib berishga
xarakat qildi.
XVIII asrda molekulyar kinetik nazariyaning jonkuyar tarafdori va
targ’ibotchisi M.B. Lomonosov edi. 1738 yilda molekulyar nuqtai nazaridan
gazlar bosimini tushuntirish uchun miqdoriy xisoblashlarni qo’llagan birinchi
olimlardan biri peterburg fanlar akademiyasining azosi D. Bernulli edi.
Fizikada molekulyar nazariyaning qat’iy ilmiy rivojlanishi taxminan XIX
asrning ikkinchi yarmida boshlandi. Nemis fizigi R. Klauzius, ingliz fizigi J.
Maksvell va Avstriya fizigi L. Bolsman atom – molekulyar nazariyaga asos
soldilar. Biroq, atom – molekulyar nazariya mislsiz ilmiy natijalariga
qaramasdan bir qator yirik olimlar tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. E.
Max va B. Ostvald kabi mashxur fiziklar XIX asr oxiri XX-asr boshida
atomning mavjudligini inkor etdilar.
XX asr boshida atom – molekulyar nazariyaning ishlanmasi ustida va
uning tajribada tasdiqlanishida A.Eynshteyn, J. Perren, O.Shtern va boshqalar
kabi mashxur fiziklar ish olib bordilar. Ular tomonidan molekulalarning real
mavjudligini rad qilib bo’lmaydigan isbotlarigina olingan bo’lmay, balki
ularning o’zaro tasiri va xarakatining qat’iy nazariyasi –