84
Quyosh tizimidagi yadro va periferiyani ifodalagan tizim Yer kurrasining
ichki tuzilishida ham takrorlanadi: Yer ham atmosfera,
gidrosfera,
biosfera,
litosfera, mantiya, yadro kabi qismlardan iborat ekanligi ma’lum
(rasmga va
manbaga qaran
g):
https://slayd.arxiv.uz/index.php?do=files&op=download&fileid=61612(Aug
ust, 2018)
Bugungi kunda fanning barcha soha va yo‘nalishlarida o‘z o‘rganish
obyektlarida yadro va periferiya qismlarini aniqlash hamda bir-biriga muqoyasa
etgan holda o‘rganish avj olmoqda, o‘z boshlang‘ichini tabiiy fanlardan oluvchi bu
yondashuv keyingi o‘n yilliklarda asta-sekin ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasiga
yoyildi. Jumladan, sotsiologiya fanida (jamiyat yoki sinflarning yadrosi va
periferial qismlari), iqtisodiyot nazariyasida (iqtisod
sohasining yadrosi va
periferial qismlari), geoekonomikada (dunyo iqtisodining markazi bo‘lgan
davlatlar va periferial davlatlar) va geopolitikada (dunyoning super kuchlari
85
bo‘lgan rivojlangan davlatlar (yadro) va rivojlanayotgan mamlakatlar (periferiya))
tushunchalari tadqiqotlarning asosiga qo‘yilmoqda
50
.
Albatta, tilshunoslik ham bu oqimdan chetda qolgani yo‘q. 20-asr
tilshunosligi tarixiga birrov nazar tashlansa, dunyo lingvistikasi ham yadro-
periferiya tamoyillarini tilni tadqiq etish ishiga
tadbiq etishga ulgurgandir
51
.
Ma’lumki, tilshunoslikdagi yadro-periferiya munosabatlariga doir qarashlar
tabiiy fanlardagi «atomistik ta’limot» qiyosan shakllandi, ya’ni turli til birliklarida
va sathlarida asos (yadro) va chekka unsurlarni qidirish, til birliklarini atomistik
ta’limotning boshqa tamoyillariga ko‘ra tahlil qilish an’anasi
vujudga kela
boshladi.
Ko‘rinib turibdiki, atomizm tarafdorlarining manifestida atomlar borliq, hayot
va hatto ruh va jonning asosiga qo‘yilmoqda va bu fikrlar bundan 2000 yil ilgari
bayon qilingan. Shunday bo‘lsa-da, 19-asr oxiri va 20-asrda va bugungi kunlarda
fizika, kimyo va boshqa fanlarda yuz bergan kashfiyotlar atomistlarning barcha
materialist ta’limotlar kabi ilmiy haqiqatga ancha yaqin ekanligini dalili bo‘ldi.
Hozirda materiyaning atomdan ham kichik, eng mayda birliklari (neytron,
neytrino, kvant..) kashf etildi va ular moddiy dunyoning asosida turishi isbotlandi.
Rus tadqiqotchi V.G.Lisenkoning ta’biri
bilan aytganda, atomistik ta’limot
dunyoda mavjud bo‘lgan quyidagi oppozitiv (bir-biriga qarshi) kategorial
tushunchalarni izohlab berishning kaliti sifatida shakllangan: diskretlik va
muntazamlikni; butunlik va bo‘linuvchanlikni; butun va bo‘lakni; sabab va
oqibatni, birlik va ko‘plikni; cheklilik va cheksizlikni; abadiylik va o‘tkinchilikni;
bo‘shlik va to‘lalikni, mavjud bo‘lish va bo‘lmaslikni, paydo bo‘lish va yo‘q
bo‘lishni. Shu bilan birga substansiya (zot), uning
sifatlari va harakatlarini
izohlab berish ham atomistik ta’limotga tayanadi
52
. Xullas, atomistik ta’limot
falsafada va fanda, shu jumladan tilshunoslikda tadqiqot obyekti bo‘lgan materiya,
tushuncha yoki vosita (til)ning mohiyatini teranroq yoritib berish ehtiyoji tufayli
shakllangan. Tilshunoslikka atomistik ta’limotning tamoyillarini tatbiq qilish aslo
tabiiy fanlar yoki falsafadagi tamoyillarni tilshunoslikka mexanik “ko‘chirish”
emas, balki tilning struktur-semantik qurilishini ushbu yondashuv yordamida
tekshirish va uning yangi qirralarini ta’riflab berishga
urinish deb baholash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: