2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


-mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

15-mavzu: Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va 
tilshunoslik 
Reja: 
1.Tilshunoslikning fizika bilan munosabati. Akustika va tilshunoslik. 
2.Fonetikani 
o‘rganishda 
tajribaviy 
usullar. 
Nutq 
intonatsiyasini 
o‘rganishning eksperimental-fonetik usullari. 
Tayanch tushunchalar: tilshunoslikning fizika bilan munosabati, akustika, 
tilshunoslik, fonetikani o‘rganishda tajribaviy usullar, nutq, intonatsiya, 
eksperimental-fonetik usullar. 
Inson tovushining ikki aspekti bor : 1) akustik aspekt 2)biologik aspekt. 
Bazi adabiyotlarda yana lingvistik aspekt xaqida gap boradi.Bunda esa tovushning 
nutqdagi vazifaviy tomoni nazarda tutilgan .Biroq tovush nutqda funksiya 
bajarmaydi ,balki nutq mazmunining eng kichik bo'lagi bo'lgan fonemaning 
formasi xisoblanadi. Nutq tovushining akustik aspekti. Nutq tovushlari akustikaga 
asoslanadi . Akustikada uch kechim bo'ladi :1)ikki jismning o'zaro urilishi 
,2)natijada 
xavoda 
tebranish 
xosil 
bo'lishi,3)uning 
eshitish 
organiga 
tasiri.Bioakustikada birinchi kechim o'pkadan kelgan xavo oqimining nutq 
organiga urilishi bo'ladi.Uning qolgan kechimlari fizik akustika kechimlari bilan 
bir xildir.Bioakustika nutq tovushi xisoblanadi.Nutq tovushi bir necha xususiyatga 
ega: 1)tovush balandligi, 2)tovush kuchi,3 )tovush cho'ziqligi 4)tovush tembri. 
Tovush balandligi o'pkadan kelgan xavoning nutq organiga urilishi natijasida xosil 
bo'lgan tebranishning sekundlik miqdoriga bog'li bo'ladi. Havoning sekundlik 
tebranish miqdori qancha ko'p bo'lsa,yuzaga kelgan tovush shuncha baland chiqadi 
va aksincha.Odatda tovush hosil bo'lish kechimidagi havo tebranishi gs(gers)bilan 
o'lchanadi.Bir gs.tovush payining berilgan zarbdan bir silkinib qaytishi bo'lib ,bu 
silkinish havoning bir tebranishida aks etadi .Inson 16gs.dan 20ming gs.gacha 
tovushni eshitish qobiliyatiga ega.Undan ortiq gs.li tovushlar ultra tovush bo'lib, 
uni inson eshita olmaydi.Inson oddiy so'zlashuvda 100gs.dan 400gs.gacha 
balandlikdagi tovushni qo'llaydi.Insonning eng past tovushi bas deb atalib, 40 
gs.ga , eng baland tovushi saprano deb atalib, 1700gs.ga ega bo'ladi. 
Tovush paylarining ko'p yoki kam miqdorda tebranishi tovush paylaridagi 
imkoniyatga bog'likdir.Tovush paylari yupqa bo'lsa,ko'p tebranish imkoniyatiga 
ega bo'ladi.Uning qalinligi shu imkoniyatni chegaralaydi.Odatda bolalar va 
ayollarning tovush paylari yupqa bo'lib , erkaklarning tovush paylari rasta 


78 
yoshidan qalinlashadi.SHuning uchun erkaklarning tovushi yo'g'on va past , ayol 
va bolalarning tovushi ingichka va baland eshitiladi. 
Tovush kuchi nutq organiga havoning bergan zarbi bilan o'lchanadi.Ammo tovush 
kuchi tovush balandligi emas.Kuchli tovush past bo'lishi ham mumkin . Tovush 
kuchi zarbdan hosil bo'lgan tebranishning har bir silqinishidagi zarb yo'nalish 
bo'yicha borib qaytish oralig'i bilan belgilanadi.Uni fiziklar tilida tebranish 
amplitudasi deyiladi.Tebranish amplitudasi detsibal bilan o'lchanadi.Bo'g'in 
unlisida urg'uning bali yuqori bo'ladi. 
Tovush cho'ziqligi o'pkadan kelgan havoning nutq organiga urilish davomiyligi 
bilan o'lchanadi.YAni u tovushga ketgan vaqt bilan bog'liq bo'ladi.Uni bir necha 
omillar belgilaydi.Nutq tempi tez bo'lsa,undagi tovushlar cho'ziqligi ancha kam 
kechadi.Urg'uli bo'g'inlar tovushi boshqa bo'g'inlar tovushiga nisbatan cho'ziqroq 
bo'ladi .So'zlardan toq bo'g'inlar mutlaqo urg'usiz bo'lgani uchun qisqa ,ko'pincha 
reduksiyaga uchragan xolda qayd etiladi .Tovush cho'ziqligi ularning artikulyasiya 
usuli bilan ham bog'lidir.Odatda,portlovchi tovush oniy ,sirg'aluvchi cho'ziqroq 
,sonor va unlilar nisbatan eng cho'ziq tovushlar hisoblanadi.Tovushlar cho'ziqligi 
msek.(milliy sekund-sekundning mingdan bir bo'lagi)birligi bilan o'lchanadi. 
Tovush tembri (sifati)qator tovush tonlari xususiyati bilan o'lchanadi.Tovush 
tonlari asosiy ton, yordamchi ton, shovqindan iborat. Asosiy ton tovush payining 
tebranishi va uning havoga ko'chishidan iboratdir. YOrdamchi ton oberton va 
yordamchi ton komponentlariga bo'linadi,Oberton (parsial ton ham deyiladi)tovush 
paylarining malum qismlari tebranishi va uning havoga asosiy ton tebranishi bilan 
birga ko'chishidir.Asosiy ton bilan birga oberton kishi tovushi ,yani unini hosil 
qiladi, shuningdek tovushning ayrim shaxsga xos individualligini shakllantiradi. 
Rezonator ton esa asosiy va obertonning xalqum og'iz ,burun devorlariga urilib 
qaytgandagi tebranishdan yuzaga keladi. U ayniqsa , sonantlar shakllanishida hal 
qiluvchi rol o'ynaydi.Rezonator ton ashulachilar faoliyatida muxim ahamiyatga 
ega. Zal , auditoriya,machit ,cherkov kabilar qurilishida ham ,ularning rezonator 
ton hosil qilishi hisobga olinadi.U ovozni jarangdor , yoqimli va yuqori chastotali 
qilib beradi . Shovqin tovush paylari ishtiroksiz boshqa nutq organlarida , havo 
ularga urilishi natijasida hosil bo'ladi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish