91
18-mavzu: Tilshunoslikning matematika bilan munosabati. Tilni o’rganishda
statistik metodlardan foydalanish
Reja:
1.Tilshunoslikning matematika bilan munosabati.
2.Tilni o’rganishda statistik metodlardan foydalanish.
Tayanch tushunchalar:Tilshunoslik, matematika, matematik mantiq ,
algoritm nazariyasi, matematik tavsif, matematik lingvistika , kompyuter
lingvistikasi, bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi, transformasion
grammatika, formal grammatika generativ lingvistika.
Har qanday fan matematika bilan chambarchas bog’liq bo’lgandagina yuksak
natijalarga erisha oladi. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Shuning uchun
XX asr o’rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik tushunchalarni
aniqlashtirishga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun matematik lingvistika nomi
bilan yuritiluvchi alohida yo’nalish maydonga keldi.
Muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan lingvistik tadqiqot usuli
matematik lingvistika deb yuritiladi.
Hozirgi kunda mazkur atama ostida ikki xil fan sohasi tushunilmoqda.
Birinchisi matematikaning bo’limi bo’lgan matematik lingvistika. Uning tekshirish
metodlari ko’p
jihatdan matematik mantiq, ayniqsa, uning algoritm nazariyasi
bo’limlari bilan ko’p jihatdan umumiylikka ega.
Ikkinchisi lingvistika yo’nalishi bo’lgan matematik lingvistika. Matematik
usullardan foydalangan holda olib boriladigan har qanday lingvistik tadqiqot
metodi tilshunoslikda matematik lingvistika deb yuritiladi.
Tilni matematik yo’l bilan tasniflash F.de
Sossyurning til haqidagi
ta’limotiga, tilga shu til egalarining nutqiy faoliyatida vazifa bajaruvchi mexanizm
sifatida qarashiga asoslanadi.
Nutqiy faoliyat natijasida «to’g’ri matn» deb yuritiluvchi nutqiy birliklar
ketma-ketligi maydonga keladi. Bu nutqiy birliklar muayyan qonuniyatlarga
bo’ysunadi va ularning ko’pchiligi matematik tavsifga beriladi.
Gaplarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o’rganish
matematik lingvistikaning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday vazifa matematik
lingvistikaning sintaktik strukturani tavsiflash usullari nazariyasi bo’limi
zimmasiga tushadi.
Gapning sintaktik strukturasini tavsiflash
uchun ikki xil usuldan
foydalaniladi:
1) gap tarkibidan uning alohida sintaktik birlik sifatida amal qiladigan
ishtirokchilarini ajratish;
2) gap tarkibidagi so’zlarning tobelanish munosabatini tavsiflash. Masalan,
O’quvchilar maktabimiz bog’ida har xil mevalarni o’stiradilar
jumlasi birinchi
usulga ko’ra, avvalo, yaxlit holda muayyan ishora bilan belgilanadi va u tadrijiy
ravishda ishtirokchilarga bo’linadi.
Uni quyidagicha ko’rsatish mumkin:
92
maktabimiz bog’ida
har xil mevalarni
(strelka bevosita ishtirokchilarni ko’rsatadi)
Ikkinchi usul bilan yuqoridagi gap quyidagicha tavsifga ega bo’ladi:
(Bunda strelka tobelikni ko’rsatuvchi simvol bo’lib xizmat qiladi).
Mazkur usullar Amerika struktur tilshunosligida keng qo’llanildi va birinchisi
«Bevosita ishtirokchilar grammatikasi», ikkinchisi esa «Tobelilik grammatikasi»
nomi bilan yuritildi. Ularning hammasi transformasion
grammatikaning turli
ko’rinishlari sanaladi.
Matematik lingvistikaning yana bir tarmog’i formal grammatika nazariyasidir.
Bu grammatika ham mashhur Amerika tilshunosi, transformasion grammatika
asoschisi Naum Xomskiy nomi bilan bog’liqdir. Formal grammatika alohida
matnlarni emas, balki bir qancha to’g’ri matnlarni va
qonuniyatlarni tavsiflash
usullarini o’rganadi. Mazkur qonuniyatlar formal grammatikaning abstrakt
simvollari orqali belgilanadi. Shu asosda «Tug’dirish grammatikasi» yoki
«generativ lingvistika» maydonga keldi.
Bundan tashqari, tilshunoslikda invariantlik nazariyasi ham matematika
ta’sirida vujudga kelgan. Matematikada invariant atamasi orqali o’zgaruvchan
sonlar ostidagi o’zgarmas, barqaror miqdor tushunchasi anglashiladi.
Shuningdek, tilshunoslikda keng qo’llanilayotgan
statistik metodlar ham
matematika fanining ta’siri orqali maydonga kelgan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Matematik lingvistika fani nechanchi asrda shakllangan?
2.
Lingvistikaning tarmoqlarini sanab bering?
3.
Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi nima?Kompyuter
lingvistikasi oldida turgan asosiy masalalar qaysilar?
4.
Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi nima?
5.
Aksiomatik nazariya deb nimaga aytiladi?
6.
Kompyuter lingvistikasi bo’yicha tadqiqot olib brogan olimlar?
7.
Tarjimani modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish yo’llarini
ishlab chiqqan olim?
8.
Kompyuter lingvistkasini qaysi fanlar bilan aloqador?
9.
Lingvostatistika va almashtirish bilan shug’illangan olimlarni ayting?
О
О
Ўқувчилар мактаб боғида ҳар хил меваларни ўстирдилар
f
93
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent:
Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
Internet adreslari
6.
www.ziyonet.uz
7.
www.ziyouz.com
8.
www.kutubxona.com
9.
www.turklib.uz
10.
www.literature.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: