2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

javhar
va 
oraz
haqidagi mazkur fikri bilish nazariyasida buyuk 
inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va 
orazlarning o’zaro dialektik munosabatidan tashkil topgan. 
Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har 
qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi 
organlarimiz yordamida his etish mumkin bo’lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz 
Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi. 
Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his 
etamiz. 
Xususan, rang ko’rish; ovoz eshitish; ta’m – maza, predmetlarning holati: 
sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana, hid hidlash sezgi a’zolari orqali his 
etiladi. 
Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjud. Demak, 
yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot 
o’zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. 
Insonning sezgi organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy 
bilim sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bilimga 
ega bo’lishi mumkin. Bilishning mazkur yo’li 
quvvai notika
va 
quvvai mutaxayila
deyiladi. Notika quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) yetakchisi, 
raisasidir. Hissiy bilim bilishning asosi, tayanch nuqtasi sanaladi. U insonni 
qurshab turgan olam uzvlaridan har birini alohida ko’rish, ushlash, eshitish, 
mazasini tatish, hidlash orqali hosil qilinadi. 
Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa-da, lekin u 
ko’pincha aldab qo’yishi mumkin. Masalan, Quyosh Yer atrofida aylanayotganday 
ko’rinadi. Aslida esa aksincha. 



Shuning uchun ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. 
Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy 
bilimlarning yuzasha kelishiga asos bo’lgan orazlar (aksidensiyalar) zamirida 
yashiringan mohiyatni – javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada 
isitmaning ko’tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat 
o’z-o’zidan ko’tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni 
aniqlash isitmaga o’xshash, u bilan bog’liq bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, 
qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning tashqi 
alomati ekani aniqlanadi. 
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim 
idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar 
belgilanadi. Har qanday fan ana shu bilimlarni keltirib chiqaradi. 
Bundan ko’rinadiki, hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish 
bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o’zaro 
munosabatini o’rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi, mazkur bilimga ega 
bo’lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi. 
Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrda barcha fan vakillari tomonidan 
e’tirof etiladi. Ana shu ikki bosqich haqida ilk marta ma’lumot bergan olim 
bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy sanaladi. 
4. Har bir fan kishilarning amaliy ehtiyoji tufayli vujudga keladi. Buyuk 
ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham «Geodeziya» asarining kirish qismida har bir 
fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan vujudga kelishini aytadi. 
Fanlarning kelib chiqishi haqida ilk ma’lumot Abu Nasr Forobiy tomonidan 
beriladi. Uning fikricha, har bir fan javhar (substansiya) va oraz (aksidensiya)larni 
o’rganish asosida kelib chiqadi. Xususan, sonlar to’g’risidagi ilmning paydo 
bo’lishi haqida quyidagilarni yozadi: «...birliklardan vujudga keluvchi sanoqsiz va 
juda ko’p miqdorni tashkil qiluvchi son substansiyaning turli usullar bilan 
qismlarga ajratish va uning turli birliklardan iboratligi natijasida kelib chiqqandir. 
Substansiya o’z tabiati jihatidan cheksiz darajada bo’laklarga ajratib keta olishligi 
sababli son ham o’z tabiati jihatidan cheksizdir. Son to’g’risidagi ilm bu 
substansiya bo’laklarini bir-biriga ko’paytirish, birini ikkinchisiga bo’lish, birini 
ikkinchisiga qo’shish, birini ikkinchidan ayirish, agarda bu bo’laklarning negizi 
bo’lsa, negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga qaratilgan ilmdir. 
Sonning qanday kelib chiqqani, uning vujudga kelishi va ko’payishi, uni mustaqil 
mavjudlik darajasiga olib kelgan, imkoniyatdan voqyelikka hamda yo’qlikdan 
borliqqa aylantirgan sabab nimadan iborat ekani yuqorida aytilganlardan aniq 
ko’rinib 
turibdi. 
Bu 
ilmni 
yunon 
donishmandlari 
arifmetika 
deb 
ataydilar».Substansiyaning ko’p bo’laklarga ajrala boshlashi va ulardan har 
birining ma’lum figuralarga (uchburchak, to’rtburchak va h.k.) ega bo’lishi va 
figuralarni o’rganadigan ilmga ehtiyoj tug’dirdi. Ana shu ehtiyoj tufayli 
geometriya fani vujudga keldi. Substansiyaning harakatchanligi ta’kidlanishi bilan 
birga osmon harakatini o’rganuvchi ilm vujudga kelganini aytadi. Bu ilm oldingi 
ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi, ularsiz mavjud bo’lmasligi 
ta’kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanini yozadi. 



Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega bo’lishi va mazkur belgini 
o’rganuvchi musiqa fani vujudga kelgan substansiya qizarish-oqarish, uzayish-
torayish, 
ko’payish-kamayish, tug’ilish-o’lish, kasallanish-sog’ayish kabi 
belgilarga ham egaligi va substansiyaning bunday o’zgarishlarini o’rganishga 
ehgiyoj tufayli tabiat to’g’risidagi fan paydo bo’lganini bayon qiladi. 
Bulardan so’ng ilohiyot ilmining, undan keyin til haqidagi ilm va 
grammatikaning, shuningdek, mantiq va poetikaning qanday amaliy ehtiyoj bilan 
vujudga kelganini asosli dalillar bilan ko’rsatib beradi. 
Ilohiyot ilmi haqida fikr yuritar ekan, «bu ilmning tabiatdan yuqori turgan ilm 
– metafizika ilmi» ekani va u barcha ilmlarning yakuni va oxiri ekani, undan so’ng 
biror narsani tekshirishga zarurat qolmasligi aytiladi. 
Ko’rinadiki, barcha fanlar obyektiv borliqdagi javhar (substansiya) va uning 
orazlari (aksidensiyalari)ni o’rganish asosida vujudga kelgani ta’kidlanadi va til 
haqidagi ilm bilan grammatika fanlar ichida alohida o’rin tutishi ko’rsatiladi. 
Mazkur fikrlar bundan ming yillar oldin bayon qilingan bo’lsa-da, 
hanuzgacha o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. 
2.Sistema nima? Bu savolga hozirga qadar turlicha javoblar beriladi. Sistema 
nima ekaniga javob berishdan oldin uning qanday muhim belgilardan iborat 
ekaniga e’tibor bermoq lozim. 
Avvalo, har qanday sistema ichki bo’linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, 
sistema muayyan ichki tuzilishga ega bo’lib, ikki va undan ortiq qismlarning 
o’zaro munosabatidan tashkil topadi. Masalan, bir tup daraxtni olsak, bu daraxt 
sistema sifatida ichki tuzilish birliklarining o’zaro munosabatidan iborat. Uning 
ichki tuzilish birliklari ildiz, tana, shox hamda ularning munosabatidan tashkil 
topgan. 
Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboratki, sistemani tashkil etgan uzvlar 
o’zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi ko’p pog’onali munosabatda bo’ladi. 
Masalan, ildizsiz tananing, tanasiz shoxning bo’lishi mumkin emas. Ularning har 
qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir-biri bilan shartlangan. 
Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistema ichki 
bo’linuvchanlik xususiyatnga ega bo’lgani tufayli sistemani tashkil etgan qismlar 
bilan sistema o’rtasida ham munosabat bo’ladi. Bu munosabatni «...dan tashkil 
topadi», «...ning tarkibiga kiradi» ifodasi bilan ko’rsatish mumkin. Boshqacha 
aytganda, butun va bo’lak, tur va jins munosabatini o’z ichiga oladi. Masalan, 
daraxt va uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o’rtasida butun va bo’lak munosabati 
bo’lsa, daraxt bilan olma, o’rik, shaftoli o’rtasida tur va jins munosabati mavjud. 
Sistemaning to’rtinchi jihati ichki tuzilishining pog’onaviyligidir. Ya’ni butun 
va bo’laklik, tur va jinslik munosabati nisbiy xarakterga ega. Ma’lum jinslarga 
nisbatan tur, bo’laklarga nisbatan butun bo’lgan qism boshqa butun yoki tur 
tarkibiga kirib bo’lak yoki jins bo’lishi mumkin. Masalan, olma bir necha 
navlarning umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur, har qaysi nav esa jins 
bo’lib kelsa, daraxtga nisbatan olma jins rolini o’ynaydi. 
Sistemaning beshinchi jihati substansionalligidir. Ya’ni substansiya va uni 
bevosita kuzatishda tazohirlar orqali voqyelanishi, umumiylik – xususiylik, 
mohiyat – hodisa, imkoniyat – voqyelik dialektikasining o’zida namoyon etishidir. 



Shunday qilib, bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning 
o’zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik sistema sanaladi. 
Bu jihatdan fan ham sistemadir. Chunki u ham ichki bo’linuvchanlik 
xususiyatiga ega. Shu bilan fanni tashkil etgan har bir uzv o’zaro shartlangan 
munosabatda. Bir fan turi ikkinchi fanning bo’lishini taqozo etadi. Masalan, 
geometriya arifmetika bilan uzviy aloqada. Geometriya va arifmetikasiz 
astronomiyaning bo’lishi mumkin emas va h.k. 
Fan sistema (butunlik) sifatida ichki bo’linish xususiyatiga, ya’ni ichki 
tuzilishga ega. Uning ichki tuzilishi pog’onalidir. Fan, avvalo, yo’nalishlarga, 
yo’nalish tarmoqlarga, tarmoqlar yana kichik ixtisosliklarga bo’linadi. 
Mazkur bo’linishning har biri bir pog’onani hosil qilib, keyingi bo’linishlar 
uchun kichik sistema vazifasini o’taydi. Masalan, avvalo, tabiiy fanlar. ijtimoiy-
gumanitar fanlar, texnika fanlari kabi yo’nalishlarga bo’linadi. Tabiiy fanlar fanlar 
sistemasida o’zaro munosabatda bo’lgan bir necha bo’laklarning bittasi sifatida 
sistema elementi sanalsa, keyingi bosqichida tabiiy fanlarning o’zi fizika-
matematika, kimyo, biologiya, mexanika, texnika kabi fan tarmoqlarini o’z ichiga 
olib, bu fanlar uchun sistema rolini o’taydi. Fizika-matematika fanlari fizika va 
matematika fanlariga bo’linadi. Fizika va matematika o’zi ham yana ichki 
bo’linishga ega. Masalan, matematika matematik tahlil, geometriya, ehtimollar 
nazariyasi, algebra va sonlar nazariyasi kabi ixtisosliklarga bo’linadi. 
Har bir bo’linishda bo’linuvchi sistema bo’lsa, bo’linma uning a’zosi 
vazifasini bajaradi. Sistema tarkibidagi har bir a’zo shu sistema doirasida o’zaro 
shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi munosabatda bo’ladi. Masalan, matematika 
tarkibiga kiruvchi barcha ixtisosliklar o’zaro ana shunday munosabatdadir. Fanlar 
sistemasida ma’lum fan tarmog’i bilan munosabatda bo’lmagan biror bir tarmoq 
mavjud emas. 
Hozirgi kunla mustaqil respublikamizda yigirmadan ortiq fanlar tarkibiga 
kirgan besh yuz saksondan ortiq ixtisosliklar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib 
borilmoqda. 
Bir obyekt hozirgi kunda bir necha fanlarning oralig’ida o’rganilishi lozim 
bo’ladi. Demak, ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to’laqonli muvaffaqiyatga 
erisholmaydi.

3.Tilshunoslik fanlar sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqada. 
Buning sababi tilshunoslik fanining o’rganish obyekti bo’lgan tilning mohiyati 
bilan bog’liqdir. 
Avvalo, til kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy 
xarakterga ega. Demak, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqada. Masalan, 
til egasi bo’lgan xalqnint tarixi, madaniyati, ruhiyati va boshqalar. 
Bu shuni ko’rsatadiki, o’zaro munosabatda bo’lgan barcha ijtimoiy 
hodisalarni o’rganuvchi ijtimoiy fanlar ham o’zaro munosabatdadir. Xususan, 
tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, sosiologiya, psixologiya singari fanlar bilan 
uzviy aloqada. 
3.Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi vositadir. Demak, tilshunoslik 
tilning tafakkur bilan aloqasini o’rganar ekan, tafakkur qonuniyatlarini o’rganuvchi 
mantiq va psixologiya fanlari bilan tutash nuqtalarga ega bo’ladi.



Til ma’lum jamiyatning aloqa vositasi sifatida shu xalqning tarixi, 
etnografiyasi bilan ham bevosita aloqadadir. O’sha aloqa tilshunoslikning tarix, 
etnografiya bilan bog’liq ekanini ko’rsatadi. 
Xalq madaniy olamining shunday tarmog’i borki, ular uchun til, xuddi rassom 
uchun rang-bo’yoq, haykaltarosh uchun loy yoki tosh singari, moddiy vosita bo’lib 
xizmat qiladi. Bu tarmoq adabiyotdir. Shuning uchun adabiyot so’z san’ati 
hisoblanadi. 
So’z bir vaqtning o’zida ham tilshunoslikning, ham 
adabiyotshunoslikning o’rganish obyekti sanaladi. Ularning farqi faqat so’zga 
qanday nuqtai nazardan yondashishga bog’liq. 
So’zning atash ma’nosi va uning ontologik tuzilishi tilshunoslikning 
o’rganish obyekti bo’lsa, uning ta’sir etish, badiiy-estetik vazifasi 
adabiyotshunoslikning o’rganish obyekti bo’ladi. 
Til garchi vazifa bajarish nuqtai nazaridan ijtimoiy xarakterga ega bo’lsa-da, 
lekin yuzaga chiqish nuqtai nazaridan insonning fiziologik tuzilishi bilan uzviy 
bog’liq. Chunki lisoniy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog’liq holda, nutq 
organlarining harakati hosilasi sifatida yuzaga chiqadi. Bu esa tilshunoslik bilan 
fiziologiyaning o’zaro naqadar bog’liq ekanini ko’rsatadi. 
Har qanday nutq tovushlar silsilasidan tashkil topadi. Tovush esa muayyan 
moddiy jismning tashqi ta’sir tufayli harakatlanishi va havoning tebranishi 
natijasida paydo bo’ladi. Tovushning yuzaga kelishi va uning akustik xossasini 
o’rganish jarayonida tilshunoslik fizikaning akustika bo’limi bilan uzviy aloqada 
bo’ladi. 
Til kishilar o’rtasida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Kishilar boshqa 
axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Bu axborot vositalarinint hammasi 
belgili tabiatga ega. Chunki mazkur vositalar obyektiv olam haqidagi axborotni 
bevosita emas, balki bilvosita, belgilar yordamida ifodalaydi. Tilning boshqa 
axborot tashuvchi vositalar kabi belgili tabiatini, uning belgilar sistemasi ekanini 
ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi. 
Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin. 
Axborot uzatish vositalarini o’rgatish uchun tilshunoslik axborot nazariyasi bilan 
aloqa qiladi. 
Hozirgi kunda avtomatik tarjima keng tarmoq otmoqda. Avtomatik tarjima 
esa tarjima qilinayotgan tillarning leksik imkoniyatlarini programmalashtirish 
mahsuli sanaladi. Demak, avtomatik tarjima tilshunoslik va kibernetikaning o’zaro 
munosabati tufayli yuzaga keladi. 
Shu qisqa dalillar ro’yxatining o’ziyoq tilshunoslikning fanlar sistemasidagi 
juda ko’p fanlar bilan uzviy aloqadorligidan guvohlik beradi.Yuqorida bayon 
qilinganlardan ma’lum bo’ldiki, tilshunoslik boshqa fanlar bilan ma’lum 
munosabatdadir. Bu esa tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o’rnini belgilashda 
bir qadar qiyinchilik tug’diradi. 
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda mazkur fan o’rganadigan 
obyektning tabiati asos qilib olinadi. Bu jihatdan uning o’rganish obyekti ham ko’p 
qirrali, murakkabdir. Birinchidan, til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, 
bilimlarini saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi, kishilarda estetik zavq 
uyg’otuvchi qudratli vosita. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til ijtimoiy 



hodisadir. Chunki u muayyan jamiyat uchun xizmat qiladi. Agar shu jamiyat 
bo’lmasa, uning tiliga ham zarurat qolmaydi. Jamiyatdagi har bir o’zgarish uning 
tilida o’z izini qoldiradi. Tilni ana shunday ijtimoiy mohiyat sifatida o’rganish 
tilshunoslikni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritishga asos bo’ladi. 
Ikkinchidan, mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega til muayyan fizik va 
fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi. Tilning ana shu moddiylashish 
tomonini o’rganish tilshunoslikni tabiiy fanlar sirasiga kiritish imkonini tug’diradi. 
Shuning uchun A.A’zamov tilshunoslikni tabiiy fanlar qatorida sanaydi. 
Uchinchidan, til va tafakkur o’zaro ajralmas. Til fikrni shakllantiruvchi va 
ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur shakl va mazmun 
dialektikasini o’zida namoyon etadi. Tilning ana shu jihatlarini o’rganish tomoni 
tilshunoslikni falsafa, mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritishga asos bo’ladi. 
To’rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu 
jihatdan u jonli organizmga o’xshaydi. Tilning ana shu dinamik xususiyatlarini 
o’rganish tomonidan tilshunoslik biologiya fanlari bilan umumiy belgilarga ega. 
Bularning hammasi tilning naqadar murakkab, ko’p qirrali hodisa ekanidan 
dalolat beradi. Shuning uchun tilshunoslik tarixida uni turli fanlar sinfiga kiritishga 
urinishlar bo’lgan. 
Hali tilshunoslik alohida fan bo’lib ajralib chiqmasdan oldin unga tegishli 
muammolar falsafa tarkibida o’rganildi. Xususan, Arastu, Platon, Forobiy singari 
olimlarning til muammolari bilan shug’ullanishi ana shu aspektda olib borildi. 
Arab tilshunosligida o’rta asrlardayoq tilshunoslik falsafadan ajratildi. 
Tilshunoslikning leksikografiya, etnografiya, grafika kabi sohalari bilan 
shug’ullanadigan alohida mutaxassislar dunyoga keldi. Lekin bu ishlarning 
hammasi umumiy filologik yo’nalishda olib borildi. 
Tilshunoslik mustaqil fan sohasi sifatida XIX asrdagina ajralib chiqdi. Lekin 
uning falsafa, psixologiya, mantiq fanlari bilan uzviy aloqadorligi saqlanib qoldi. 
Shuning uchun umumiy va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asoschilari bo’lgan 
Yakov Grimm, Rasmus Rask, Vilgelm Gumboldt singari olimlar bir vaqtning 
o’zida yirik faylasuf ham edilar. Shu bilan birga, barcha ko’zga ko’ringan 
faylasuflar tilshunoslik masalalari yuzasidan ham bahs yuritdilar. Misol tariqasida 
J.Russo, V.Chernishevskiyni ko’rsatishimiz mumkin.
Tilshunoslik va falsafaning bunday zich aloqada o’rganish har ikki fanni 
boyitish uchun katta xizmat qilsa-da, lekin ularning aniq chegarasini belgilash, 
o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil etish uchun xalaqit berar edi. Natijada 
tilshunoslik va falsafa mustaqil, ayni paytda, aloqador fanlar sifatida o’rganila 
boshladi. 
Tabiiy fanlarning rivojlanishi, bu fanlarda ulkan kashfiyotlar qilinishi 
natijasida tilshunoslikni ham tabiiy fanlar qatoriga kiritish, mazkur fan o’rganuvchi 
tilni esa biologik hodisa sifatida qarash holatlari vujudga keldi. Xususan, XIX asr 
o’rtalarida Ch.Darvin ta’limoti asosida tabiatshunoslik fanlarining gullab-
yashnashi 
davrida 
darvinizmning 
tilshunoslikka 
ham 
ta’siri kuchaydi. 
Tilshunoslikda nemis olimi A.Shleyxer rahbarligidagi naturalistik yo’nalish 
maydonga keldi. Bu yo’nalish tarafdorlari biologiya qonunlarini tilning ichki 
tuzilish tarixiy taraqqiyotiga nisbatan qo’llashga intildilar. Tilni biologik hodisa, 



tilshunoslikni esa biologiya fanlari tarkibidagi fan sifatida qarashga urindilar. 
Natijada tilshunoslik tabiatshunoslik fanlari asirligida qoldi. 
XIX asr boshlaridan esa tilshunosliknn boshqa fanlardan ajratishga, uning 
tadqiqot obyektini aniq belgilashga e’tibor qaratildi. Bunday harakat, ayniqsa, 
mashhur shveysar olimi Ferdinand de Sossyur asarlarida yorqin o’z ifodasini topdi. 
Uning tilni «o’zida va o’zi uchun» o’rganish lozim degan shiori ana shu 
harakatning yorqin ifodasidir. 
F.de Sossyur lingvistikani tashqi va ichki lingvistikaga ajratgani holda til 
bilan aloqador hodisalarni tashqi lingvistikaning o’rganish obyekti hisobladi. 
Masalan, tilning shu til egasi bo’lgan jamiyatning madaniyati, tarixi, tafakkuri va 
boshqalar bilan munosabati. Tilning ichki tuzilishi, tuzilish birliklari o’rtasidagi 
munosabatlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar ichki 
lingvistikaning o’rganish obyekti sifatida ajratildi. U tilshunoslarni ichki 
lingvistikadan tashqariga chiqmaslikka chaqirdi. Ana shu da’vat asosida 
tilshunoslik tarixida struktur tilshunoslik deb yuritiluvchi yo’nalish dunyoga keldi. 
Shu bilan birga, F.de Sossyur tilni belgilar sistemasi deb hisoblaydi va 
lingvistik belgilarning boshqa belgilar bilan umumiy jihatlari mavjudligini 
ta’kidlagan holda, umuman, belgilarni o’rganuvchi alohida fan tarmog’i – 
semiologaya bo’lishi lozimligini bayon qiladi. Demak, tilshunoslik ham 
semiologiya (semiotika) fanlari tarkibiga kiritiladi. 
Struktur tilshunoslik vakillari ichki lingvistika doirasida faoliyat ko’rsatishi 
bilan umumiylikni tashkil etsalar-da, lekin ular tilning ichki tuzilishi birliklarining 
qaysi jihatlariga ko’proq e’tibor berishlari nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadilar. 
Xususan, Praga tilshunoslik maktabi vakillari struktur birliklarning funkdional 
tomoniga, Kopengagen maktabi vakillari esa ularning immanent (zotiy) tomoniga 
ko’proq e’tibor qaratdilar. 
Strukturalistlar tadqiqotning yangi metodlarini qidirdilar. Bu yo’lda fizika va 
matematikaning tadqiqot metodlariga yaqinlashishga harakat qildilar. Natijada 
fizika va matematikaning tadqiqot usuliga bir qadar yaqin keladigan yangi tadqiqot 
sistemasini yaratdilar. 
So’nggi davrlarda axborot nazariyasining kuchayishi, avtomatik tarjimaning 
kengayishi natijasida ayrim G’arbiy Ovrupo olimlari tomonidan tilshunoslikni aniq 
fanlar – texnika fanlariga kiritishga urinish hollari sezilmoqda. 
Til o’zi bilan bog’liq bir qancha hodisalar bilan qanchalik uzviy aloqada 
bo’lmasin, eng avvalo, ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyatning aloqa-aralashuv 
ehtiyojini qondirish talabi bilan yuzaga kelgan va ana shu jamiyatning taqdiri, 
tarixiy taraqqiyoti, turmush tarzi, madaniyati va hokazolar bilan bog’liq ravishda 
rivojlanadi. Shunday ekan, uning ijtimoiy fanlar sirasiga kirishi tabiiydir. Boshqa 
ijtimoiy fanlardan farqli ravishda tabiiy fanlar bilan tutash nuqtalari mavjud. 
Demak, ijtimoiy fanlar sistemasida tilshunoslik chegara o’rinni egallaydi. Bu 
chegara tabiiy fanlar bilan ijtimoiy fanlarning oralig’ini tashkil etadi. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Fan

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish