2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


g fonemasi bo’lmagani uchun mazkur  fonemani  j



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

g
fonemasi bo’lmagani uchun mazkur 
fonemani 
j
fonemasiga almashtiradi. Arab tilining bunday xususiyatini Zahiriddin 
Muhammad Bobur ham «Boburnoma» asarida ta’kidlagan edi. Alloma bu haqda 
quyidagilarni yozadi: «Arablar norgilni muarrab (arab tiliga moslashtirib) qilib 
norjil derlar».
67
Ayrim tabiatshunos olimlar rus tili orqali kirib kelgan atamalarni o’tmishda 
arab tili orqali kirib kelgan atamalar bilan almashtirishni taklif etdilar. Jumladan, 
geografiyani jug’rofiyaga almashtirsak, tarixiylik tiklangan bo’ladi degan g’oyani 
olg’a surdilar. 
Lekin hozirgi kunda 
geo
bilan hosil bo’lgan bir qator atamalar tizimi borki, 
ularda 
g
fonemasini 
j
fonemasiga almashtirib bo’lmaydi. Masalan, 
geologiyani 
julogiya, geodeziyani judeziya, geometriyani jumetriya
deb bo’lmaydi. Geo qismi 
bugungi o’zbek tilida bir qancha atamalar tarkibida kelib, bir uya (paradigma)ni 
tashkil etarkan, demak, geografiyaning ham o’zi qolgani lingvistik asosga ega. 
Ko’rinadiki, ilmiy-texnik atamalarni tartibga solishda ana shunday lingvistik 
qonuniyatlar asos rolini o’ynaydi. 
Boshqa tillardan birikmali atamalar ham olinishi mumkin. Bunday 
atamalarning ko’pchiligi asrimiz boshlarida rus tili orqali kirib keldi. 
Birikmali atamalarning katta qismi tarkibiga ko’ra aniqlovchili birikmalar 
sanaladi. Aniqlovchili birikmalarning tobe qismi hokim qismga rus tilida xilma-xil 
shakllar yordamida bog’lanadi: 1) -(i) cheskiy (-oye, aya-, -skiy (-re, -aya): 
borovskoy radius, matematicheskiy analiz; 2) -nыy (-oye, -aya): konturnaya karta; 
3) -ыy (-oye, -aya): kolsevoye soyedineniye kabi. 
Bu tushunchalarning o’zbek tilida ifodalanishi turlicha: 1) har ikki qismni 
tarjima qilish: kolsevoye soyedineniye – doirasimon ulanish; 2) birinchi qismning 
grammatik shaklini o’zbek tiliga moslashtirish. Grammatik shaklni moslashtirish 
bo’iicha o’zbek tilshunosligida 70-yillar boshlarida ikki xil oqim maydonga keldi. 
Ularning birinchisi (Ayub G’ulom boshchiligidagi tilshunoslar) ruscha grammatik 
shaklni olib tashlash yoki qisqartirish yo’li bilan o’zbekchalashtirish g’oyasini 
olg’a tashladilar. Masalan: 
Borovskiy radius – Bor radiusi 
Konturnaya karta – Kontur karta 
Korrelyasionnыy integral – Korrelyasion integral 
Akkumulyatornыy sosud – Akkumulyator idishi 
Kontaktnoye gnezdo – Kontakt joyi
Rentgenovskiye luchi – Rentgen nurlari 
67
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1990. – Б.262. 


120 
Assillograficheskiy integrator – Assillografik integrator 
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa (Olim Usmon) aniqlovchi qismiga izchillik 
bilan -iy, -viy qo’shimchalarini qo’shishni taklif qildilar. Masalan: 
Texnicheskiye nauki – Texnikaviy fanlar (texnik fanlar emas) 
Rentgenovskiye luchi – Rentgeniy nurlar 
Tilshunoslikdagi mazkur ikki oqimning ta’siri tabiiy fanlar bo’yicha tuzilgan 
lug’atlarda ham o’z ifodasini topdi. Masalan, S.Z.Zaynobidinov va 
Ye.G.Zaugolnikovaning «Inglizcha-ruscha-o’zbekcha lug’at»ida ana shunday 
ta’sirni kuzatish mumkin. Masalan, korrelyasionnыy integral korrelyasion integral 
deb berilgani holda (175-bet), temperaturnыy skachok, magnitnoye soyedineniye 
kabi atamalar 
temperaturaviy
sakrash, magnitoviy ulanish
deb beriladi. 
Ko’rinadiki, tilshunoslikning atamashunoslik bo’limi bo’yicha nazariy 
xulosalar barcha fan atamalarining izga solinishida asos bo’lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun barcha fan sohalari bo’yicha atamalar lug’atini tuzishda mazkur fan 
sohasi vakillari bilan tilshunoslarning hamkorlik qilishlari katta samara beradi. 
Bizni qurshab turgan olam uzvlari o’zaro uzviy aloqada, o’zaro shartlangan 
munosabatda bo’lganidek, ularni o’rganuvchi fanlar ham bir-biri bilan 
chambarchas aloqadadir. 
Fanlar sistemasida biron-bir fan yo’qki, boshqa fanlar bilan munosabatda 
bo’lmagan, uning erishgan yutuqlaridan oziqlanmagan bo’lsin. Ma’lum bir fanda 
muvaffaqiyat qozongan tadqiqot usuli albatta boshqasiga ta’sir etmay qolmaydi. 
Bir necha fanda bir-biriga yaqin tushunchalarning kelib chiqish ildizlarini 
ochishda bu fanlarning o’zaro munosabatini, bir-biriga ta’sirini o’rganish katta 
ahamiyatga ega. 
Fanni sistema sifatida e’tirof etarkanmiz, har bir fanga fanlar sistemasining 
bir uzvi sifatida qarash va uni boshqa fan uzvlari bilan munosabatda o’rganish 
fandagi sistemaviylik tabiatini ochishga qulay imkoniyat yaratib beradi. 
Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o’rnini belgilash, uning boshqa fanlar 
bilan munosabatini yoritish mazkur fanning fanlar sistemasidagi qimmatini 
belgilashda, tilshunoslikning bir qator tushunchalari kelib chiqish ildizlarini 
yoritishda, umuman, tilshunoslikning ko’pgina nazariy muammolariga oydinlik 
kiritishda muhim ahamiyatga ega. 
Tilshunoslik fanlar sistemasidagi boshqa fanlar erishgan yutuqlar bilan 
oziqlanibgina qolmasdan, o’z navbatida, uning o’zi ham bir qancha fanlarda 
mavjud muammolarni ijobiy hal qilish uchun yordam beradi. Xususan, mantiq, 
psixologiya, tarix, etnografiya tilshunoslik yutuqlariga tayanadi. Shuningdek, 
tabiiy fanlarning atamalar tizimini shakllantirish va tartibga solishda ham 
tilshunoslik yordamga keladi. 
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan bog’liqlik darajasi turlicha. Ayrim fanlar 
bilan tilshunoslikning ba’zi masalalarigina aloqadordir. Xususan, geografiya bilan 
lisoniy 
hodisalarning 
tarqalish 
hududlarini 
belgilashda, 
bu 
hududlarni 
kartalashtirishda; fizikaning akustika bo’limi bilan nutq tovushlarining fizik 
xossasini o’rganishda; tibbiyot bilan nutqiy afaziya masalalarini o’rganishda 
aloqadorlik seziladi. Boshqa fanlar bilan esa tilshunoslik o’ta zich munosabatdadir. 
Masalan, 
falsafa 
tilshunoslikning 
barcha 
masalalari 
bilan 
uzviy 


121 
aloqada.Tilshunoslik qo’lga kiritgan yutuqlarni xalq xo’jaligining turli jabhalariga 
qo’llash natijasida tilshunoslikning amaliy tarmoqlari vujudga keldi. Masalan, 
avtomatik tarjima, telekommunikasiya, nutqiy faoliyat buzilishini davolash, ruhiy 
terapiya, yozuvi bo’lmagan xalqlarga alfavit yaratish va h.k. 
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabatini o’rganish natijasida 
hozirgi kunda fanlar sistemasida ikki fan oralig’idagi yo’nalishlar maydonga keldi, 
masalan, mentolingvistika (tilshunoslik va falsafa munosabati), etnolingvistika 
(etnografiya va tilshunoslik munosabati), psixolingvistika (psixologiya va 
tilshunoslik munosabati), paralingvistika (semiotika bilan tilshunoslik munosabati), 
neyrolingvistika (tibbiyot, fiziologiya bilan tilshunoslik). 
Boshqa fanlar bilan qanchalik munosabatda bo’lmasin, tilshunoslik o’z 
tadqiqoti obyekti va tadqiqot chegarasiga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida fanlar 
sistemasida qat’iy o’rniga ega. 
Asosiy adabiyotlar: 
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: 
Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002. 
3.Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг баъзи масалалари. 
– Тошкент, 1977.
4.Мадвалиев А. Химия терминологиясида дублетлик ва уни минимумга 
келтириш масаласи // Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар. – 
Тошкент, 1979. – Б.80-103.
5.Зокиров К., Жамолхонов Ҳ. Ўзбек ботаника терминологияси. – Тошкент, 
1966. 
Internet adreslari 
1.www.ziyonet.uz 
2.www.ziyouz.com 
3.www.literature.uz.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish