2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR




2. O‘TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI
1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi 
va vazifalari.
Reja: 
1.“Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. 
2.Fan va uning paydo bo’lishi. Fanlar sistemasi.
3.Tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o’rni.
 
Tayanch tushunchalar 
 
Fan

Misr, Hindiston, Xitoy, ilm,
 
«ilmi qol», «ilmi hol», Abu Rayhon Beruniy «qol 
ilmi», Bahouddin Naqshband, Forobiy, «Ixso al-ulum», substansiya aksidensiya, 
tilshunoslik. 
O’zbek tilining izohli lug’atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh 
beriladi: «Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda 
atrofdagi muhitga ta’sir ko’rsatuvchi bilimlar sistemasi».
Inson paydo bo’libdiki, o’zini qurshab turgan olamni va shu olamning 
tarkibiy qismi bo’lgan o’zini ham bilishga qiziqib keladi. Ana shunday qiziqish, 
ayniqsa, Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan, Misr, Hindiston, Xitoyda 
kuchaydi, tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini amaliy asosda kuzatib 
bashorat qiluvchi maxsus kishilar – mutafakkirlar yetishib chiqdi. Bunday 
mutafakkirlarning olamni amaliy kuzatishlari natijasida chiqargan xulosalari 
jamlana borib matematika, astronomiya, mantiq, etika singari fanlarning asoslari 
paydo bo’ldi. 
2. O’zbek tilida fan ma’nosida ilm atamasi ham qo’llaniladi. Lekin ilm 
atamasining ma’nosi kengroq. 
Islom Sharqida «ilm» tushunchasi ham diniy, ham dunyoviy mazmun kasb 
etgan. Ayni paytda, ilmning mazkur ikki pallasi o’ziga xos jihatlarga egaligi ham 
inkor etilmagan. Bu haqda A.A’zamov quyidagilarni yozadi: «Fan inson 
yashayditan muhit – tabiat (metogalaktikadagi jarayonlardan miya faoliyatigacha) 
va jamiyat bilan (BMT faoliyatidan shaxs ruhiyatigacha) ish tutsa, din insonning 
ichki dunyosi – qalb va ruhiga taalluqlidir. Har ikki jabha ong va tafakkur 
ko’priklari bilan tutashgan».
XI asrdan (ya’ni tasavvuf ta’limoti ilm sifatida shakllanganidan) boshlab 
«ilmi qol» va «ilmi hol» tushunchalari muomalaga kiritildi. Dastlab mazkur ikki 
tushuncha so’fiyning zohiriy va botiniy dunyosiga oid, murshiddan muridga 
berilishi mumkin bo’lgan yoki bo’lmagan bilimga nisbatan qo’llangan. «Ilmi qol» 
so’z bilan ifodalash, o’rganish yo’li orqali berilishi mumkin bo’lgan bilimni 
anglatsa, «ilmi hol» har bir so’fiyning, o’z tafakkuri va e’tiqodiga xos, qalb ko’zi 
bilan yetishgan, o’zgalarga o’rgatish imkoni bo’lmagan bilimni bildirgan. Abu 



Rayhon Beruniy «qol ilmi», Bahouddin Naqshband esa «hol ilmi»ning yetuk vakili 
edi. Biri avlodlar uchun nodir asarlar yozib qoldirgan bo’lsa, ikkinchisi yuzlab 
izdoshlariga ruhiyat sabog’ini bergan. Shuning barobarida Beruniy o’ziga 
zamondosh so’fiylar ta’limotini inkor qilmagan, Naqshband ham dunyoviy ilmga 
xayrxoh bo’lgan. 
Har qanday fan asosida kishilarniig olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson 
o’zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi. 
Boshqalariga solishtiradi, farqli va o’xshash belgilarini aniqlaydi. So’ngra 
muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarining olamni kuzatishi
bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo’ladi. 
3. Fanning asosi bo’lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni 
qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o’zlarining 
qimmatli fikrlarini bayon qilganlar. 
Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan tanilgan Forobiy 
bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u «Ilmlarning kelib chiqishi 
to’g’risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmlarni keltirib chiqaradigan sabablar haqida 
fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: «Olamda substansiya (javhar) va 
aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi Marhamatli 
Ijodkordan boshqa hyech narsa yo’qdir». 
Forobiyning 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish