2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

 Sotsiolingvistikaning fan sifatidagi mavqeyi
. A.Keypelning fikricha, 
“sotsiolingvistika” terminining o‘zi o‘zini aniqlab keladi. O‘z nomidan ham 
ko‘rinib turganidek, sotsiolingvistika sotsiologiya va lingvistika kesishgan 
nuqtada yuzaga kelgan fan hisoblanadi. Sotsiolingvistikaning fanlararo xarakteri 
aksariyat tadqiqotchilar tomonidan tan olingan (q.: Hymes 1972, Kraus 1974 va 
h.k.). Lekin bunday tan olish o‘z-o‘zidan: mazkur fanda sotsiologiya ko‘pmi, yoki 
lingvistika ko‘pmi? Sotsiolingvistika bilan sotsiologlar shug‘ullanishadimi yoki 
tilshunoslar shug‘ullanishadimi? degan savollarga javob bermaydi. Bu o‘rinda 
shuni alohida ta’kidlash joizki, zamonaviy sotsiolingvistika – tilshunoslikning 
sohalaridan biri. Ushbu soha endigina shakllanayotgan, “oyoqqa turayotgan” 
paytda uning mavqeyi haqida munozara qilish mumkin edi. Biroq bugungi kunga 
kelib, sotsiolingvistikaning nafaqat tadqiqot obyekti, maqsadi hamda vazifalari 
aniqlandi, balki uning tilshunoslikka xos tabiatini ochib beradigan salmoqli 
natijalarga ham erishildi.
Shu bilan birga, sotsiolingvistlarning sotsiolog (shuning uchun “sotsio-
...”)lardan ko‘plab metodlarni, xususan, ommaviy tadqiqot metodlari, 
anketalashtirish, og‘zaki metodlar, og‘zaki so‘rov va intervyu metodlarini 
o‘zlashtirishganini ham tan olish kerak. Biroq sotsiolingvistlar mazkur 
metodlardan tilni o‘rganish vazifalaridan kelib chiqqan holda ijodiy 
foydalanishadi, bundan tashqari, ular asosida til faktlari va til egalari bilan 
ishlashga qaratilgan xususiy metodik usullar yaratilmoqda.
4
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 7. 


23 
 Sotsiolingvistikaning obyektini
belgilashda tilshunoslarni ikki guruhga 
ajratish mumkin. Tilshunoslarning bir guruhi butun tilga tegishli bo‘lgan ijtimoiy 
jarayonlarni, til va jamiyat munosabatlarini o‘rganishadi. Biroq nutq 
so‘zlovchisiga, tilning kelib chiqishiga, uning umumiy xususiyatlariga munosabat 
bildirishmaydi. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa turli tillarning individual 
variantliligiga va mikrojarayonlar (shaxslararo muloqot, kichik guruhlar 
muloqoti)ga e’tibor qaratishadi. 
Zamonaviy sotsiolingvistikaning asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik 
tadqiqotchi U.Labov sotsiolingvistikani “tilni uning ijtimoiy kontekstida”
o‘rganadigan fan sifatida belgilagan. Boshqacha qilib aytganda, sotsiolingvistlar 
tilga ham, uning ichki tuzilishini o‘rganishga ham e’tibor qaratmaydilar. Ular, 
asosan, u yoki bu jamiyatdagi insonlarning tildan qanday foydalanishlarini tadqiq 
etadilar. Bunda tilga ta’sir qiluvchi barcha ijtimoiy omillar: muloqotga 
kiruvchilarning yoshi, jinsi, madaniyati va bilim darajasi, kasbidan tortib, to aniq 
nutqiy aktning xususiyatlarigacha hisobga olinadi
5
.
U.Braytga ko‘ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq bunday qarash ham noaniqlikni keltirib chiqaradi. 
Agar biz bunga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, unda til va jamiyat shunchaki 
qandaydir birliklarning majmuyi emas, balki ular struktura hisoblanadi. Mazkur 
holatda sotsiolingvistning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi 
o‘zaro munosabatlar tizimini ochib berish bo‘ladi. Ya’ni sotsiolingvistlarning 
vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo‘shma variatsiyalashuvini ko‘rsatib 
berish, hatto, u yoki bu yo‘nalishning tasodifiy aloqasini ochib berishdan iboratdir.
Sotsiolingvistikaning asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning haqiqatan 
ham “erkin” emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‘zaro aloqada 
ekanligini ko‘rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda tushunish
sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi
6
.
Fransuz tilshunoslarining fikricha, diskurs tahlili, til me’yori, variantlilik, 
diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti hisoblandi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy funksiyalarini, 
shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta’sirini o‘rganadigan fandir. Ikki yoki uch 
til amal qilayotgan jamiyatlarda sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi 
uchun bir necha til funksiyalari mexanizmini ularning o‘zaro ta’sirida tadqiq 
qilishi lozim. Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‘llaniladi? Mavqeyi va 
funksiyalariga ko‘ra ular orasidagi o‘zaro munosabat qanday bo‘ladi? Qaysi til 
“hukmronlik qiladi”, ya’ni qaysi til davlat tili yoki asosiy muloqot vositasi sifatida 
rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‘zlashuv tili hisoblanadi? Ikki tillilik 
5
Labоv W. Phonological correlates or social stratification. AA, 66 (6), part 2, 1964. –P. 170. 
6
Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. - М., 1975. - С. 34-41. 


24 
qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda yuzaga keladi? Bunga o‘xshash savollarga 
javob berish sotsiolingvistikaning salohiyatiga kiradi
7
.
Demak, sotsiolingvistikaning 
obyekti
til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. 
Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatadi, 
shunga ko‘ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy kontekstda o‘rganadigan fan deyish 
mumkin.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish