2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

3.Avtomatik tarjima. 
Hozirgi davrda matnni avtomatik ishlash va mashina 
yordamida tarjima qilish tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa tilshunoslikning 
kibernetika bilan mustahkam aloqasi tufayli ro’yobga chiqmoqda.
 
Avtomatik tarjima (mashina tarjimasi) muayyan bir tildagi matnni EHM 
(elektron hisoblash mashinasi) orqali boshqa tildagi mazmuni bir xil bo’lgan 
tekstga aylantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Avtomatik tarjimani amalga 
oshirish uchun EHMga dastur (algoritm), tarjima qilinayotgan har ikki tillarning 
xilma-xil axborotlarni bildiruvchi lug’ati kiritiladi. Dastur mashina xotirasiga 
shunday kiritiladiki, uning har bir xotira uyasida so’zning barcha ma’no va 
shakllari hamda turli xil tarjima usullari o’rin oladi. Tarjima qoidasi qisqa 
formulalar shaklida juda aniq va lo’nda tuzilishi lozim. 
Dastur kiritilgandan so’ng mashina tarjima uchun matn qabul qilishga tayyor 
holga keladi. Mashina faqat raqamlar orqali ish ko’rgani sababli matn raqamlarga 
kodlashtiriladi. Har bir harf ma’lum raqam orqali ifodalanadi. Har ikki tilda bir xil 
fonemani ifodalovchi harflar bir xil raqam bilan ifodalanadi. Masalan, ingliz va 
o’zbek tillarida a=16; ingl. v, o’zb. b=06; ingl. m, o’zb. m=11; ingl. n, o’zb. n=15 
va h.k. Shunday qilib, inglizcha method so’zining harflari 11 08 26 28 30 
raqamlariga teng. Demak, bu raqamlarning ketma-ketligi yuqoridagi so’z 
harflarining ketma-ketligini ifodalaydi. Raqamlar ketma-ketligining buzilishi 
boshqa so’zning ifodalanishiga olib keladi. 
Raqamlar, o’z navbatida, elektr impulslar orqali shunday kodlashtiriladiki, har 
bir harf beshta impuls kombinasiyasi orqali beriladi. Chiqish oxiridagi harf 
bosuvchi qurilma (teletayp) raqamli kodni so’zlarga aylantiradi. 
Mashina berilgan matnni olgandan so’ng tarjimaga kirishadi. Tarjima uchun 
mashina matnni, avvalo, tahlildan boshlaydi, so’ngra sintezlashtiradi: matn 
tarkibidagi so’z qaysi ma’noda qo’llanilyapti? Uni qanday so’z bilan tarjima qilish 
mumkin? So’z qaysi grammatik shaklda turibdi va u tarjima qilinayottan tilning 
qaysi so’z shakliga mos keladi? Bu savollarga javob qidirib, mos so’z shaklini 


97 
topgandan so’ng, mashina so’zni boshqa tilning amal qiladigan so’z tartibi 
qonuniyati asosida joylashtiradi. Mashinaning har bir harakati «ha» – «yo’q» 
javoblaridan birini tanlash yo’li bilan amalga oshadi. 
Masalan, inglizcha many so’zi tahlili dasturini qo’rib chiqaylik. Bu so’z ko’p 
ma’noli. Uning qaysi ma’noda qo’llanilayotganini boshqa so’zlar bilan qo’shilish 
orqali aniqlash mumkin. Mashina harakat dasturi (algoritmi) quyidagicha bo’ladi: 
Tekshirish: many so’zidan oldin how so’zi turmaydimi? 
Agar «Ha» bo’lsa, how many birikmasi «qancha» so’zi orqali tarjima qilinadi. 
Agar «Yo’q» bo’lsa, bu so’zning oldida as so’zi kelmaydimi? 
Agar «Ha» bo’lsa, as many «shuncha» deb tarjima qilinadi. 
Olingan natija tahrirga muhtoj. Ba’zan mashina so’z shakllarini, so’zning 
fonetik variantini, gapda so’zlar tartibini noto’g’ri tanlab qo’yishi mumkin. 
Mashina ba’zi o’rinlarda so’zning optimal varianti bilan qavs ichida 
imkoniyat darajasidagi variantni ham keltirishi mumkin. Shu bilan birga, mashina 
xotirasida kerakli so’z bo’lmasa, mazkur so’zni tarjima qilmasdan original tildagi 
shaklda beraveradi. 
Ko’rinadiki, avtomatik tarjima kibernetika bilan tilshunoslikning o’zaro 
mustahkam aloqasi tufayli amalga oshadi. Bu jarayonda dasturchi albatta tarjimaga 
berilayotgan va tarjima qilinayotgan tillarning o’ziga xos fonetik, grammatik 
xususiyatlarinn, leksik imkoniyatlarini, leksemalarning semik tuzilishlarini yaxshi 
egallagan bo’lishi kerak. 
Avtomatik tarjima birinchi marta 1954 yili AQShning Nyu-York shahrida 
sinab ko’rildi. Unda ayrim iboralar rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. Shundan 
so’ng mazkur muammo bilan Fransiya, Kanada, Rossiya kabi bir necha 
mamlakatlar shug’ullana boshladi. Avtomatik tarjimaning bar qator sistemalari 
vujudga keldi: SISTRAN (AQSh, Kanada, Yevropa), LOGOS (AQSh), KULT 
(Gonkong) va h.k. 
Sobiq sho’rolar davrida avtomatik tarjima ilk marta I.K.Belskiy va 
D.Yu.Panov tomonidan 1954 yili Aniq mexanik va hisoblash texnikasi institutida 
sinab ko’rildi. I.K.Belskiy algoritmning lingvistik asoslarini, D.Yu.Panov amalga 
oshirish dasturini ishlab chiqdi. 
Hozirgacha mashina xotirasiga kiritilgan so’zlarning hajmi 1000 dan 
oshmaydi. Bu imkoniyat bilan faqat ilmiy-texnik va qisman rasmiy matnlarni 
tarjima qilish mumkin. 
Ko’p ma’nolilikka, obrazlilikka asoslangan badiiy matnlarni tarjima qilish 
avtomatik tarjima oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. 
Ayrim mutaxassislar badiiy asarni mashina yo’li bilan tarjima qilish 
mumkinligiga shubha bilan qaraydilar. Chunki badiiy asar tilida o’n minglab 
so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga, mazkur so’zlar bir necha ko’chma ma’nolarda 
qo’llanilgan, ifodalilik, ekspressiv-emosional ma’nolarga yo’g’rilgan bo’ladi. 
Mashina bilan tarjimada matn mazmunidan tashqari, asar muallifining o’ziga 
xos individual uslubi, badiiy-estetik quvvati, qo’yingki, asarning barcha badiiy 
xususiyatlarini ta’minlab turuvchi badiiy-tasviriy vositalarini, xilma-xil leksik-
grammatik vositalar yordamida hosil qilingan asarning butun go’zalligini berish 


98 
kerak. Bularni formallashtirish, algoritmga solish nihoyatda qiyin kechadi. Shuning 
uchun buni amalga oshirish amalda mumkin emas deb o’ylaydilar. 
Asosiy adabiyotlar: 
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: 
Sharq, 2002. –B. 
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002. 
3.Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. – Тошкент, 1976. 
Internet adreslari 
1.
www.ziyonet.uz
 
2.
www.ziyouz.com
 
3.
www.kutubxona.com
 
4.
www.turklib.uz
 
5.
www.literature.uz.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish