18-mavzu: Tilshunoslikning matematika bilan munosabati. Tilni o’rganishda statistik metodlardan foydalanish
Reja:
1.Tilshunoslikning matematika bilan munosabati.
2.Tilni o’rganishda statistik metodlardan foydalanish.
Tayanch tushunchalar:Tilshunoslik, matematika, matematik mantiq , algoritm nazariyasi, matematik tavsif, matematik lingvistika , kompyuter lingvistikasi, bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi, transformasion grammatika, formal grammatika generativ lingvistika.
Har qanday fan matematika bilan chambarchas bog’liq bo’lgandagina yuksak natijalarga erisha oladi. Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Shuning uchun XX asr o’rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik tushunchalarni aniqlashtirishga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun matematik lingvistika nomi bilan yuritiluvchi alohida yo’nalish maydonga keldi.
Muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan lingvistik tadqiqot usuli matematik lingvistika deb yuritiladi.
Hozirgi kunda mazkur atama ostida ikki xil fan sohasi tushunilmoqda. Birinchisi matematikaning bo’limi bo’lgan matematik lingvistika. Uning tekshirish metodlari ko’p jihatdan matematik mantiq, ayniqsa, uning algoritm nazariyasi bo’limlari bilan ko’p jihatdan umumiylikka ega.
Ikkinchisi lingvistika yo’nalishi bo’lgan matematik lingvistika. Matematik usullardan foydalangan holda olib boriladigan har qanday lingvistik tadqiqot metodi tilshunoslikda matematik lingvistika deb yuritiladi.
Tilni matematik yo’l bilan tasniflash F.de Sossyurning til haqidagi ta’limotiga, tilga shu til egalarining nutqiy faoliyatida vazifa bajaruvchi mexanizm sifatida qarashiga asoslanadi.
Nutqiy faoliyat natijasida «to’g’ri matn» deb yuritiluvchi nutqiy birliklar ketma-ketligi maydonga keladi. Bu nutqiy birliklar muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi va ularning ko’pchiligi matematik tavsifga beriladi.
Gaplarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o’rganish matematik lingvistikaning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday vazifa matematik lingvistikaning sintaktik strukturani tavsiflash usullari nazariyasi bo’limi zimmasiga tushadi.
Gapning sintaktik strukturasini tavsiflash uchun ikki xil usuldan foydalaniladi:
1) gap tarkibidan uning alohida sintaktik birlik sifatida amal qiladigan ishtirokchilarini ajratish;
2) gap tarkibidagi so’zlarning tobelanish munosabatini tavsiflash. Masalan, O’quvchilar maktabimiz bog’ida har xil mevalarni o’stiradilar jumlasi birinchi usulga ko’ra, avvalo, yaxlit holda muayyan ishora bilan belgilanadi va u tadrijiy ravishda ishtirokchilarga bo’linadi.
Uni quyidagicha ko’rsatish mumkin:
maktabimiz bog’ida har xil mevalarni
(strelka bevosita ishtirokchilarni ko’rsatadi)
Ikkinchi usul bilan yuqoridagi gap quyidagicha tavsifga ega bo’ladi:
(Bunda strelka tobelikni ko’rsatuvchi simvol bo’lib xizmat qiladi).
Mazkur usullar Amerika struktur tilshunosligida keng qo’llanildi va birinchisi «Bevosita ishtirokchilar grammatikasi», ikkinchisi esa «Tobelilik grammatikasi» nomi bilan yuritildi. Ularning hammasi transformasion grammatikaning turli ko’rinishlari sanaladi.
Matematik lingvistikaning yana bir tarmog’i formal grammatika nazariyasidir. Bu grammatika ham mashhur Amerika tilshunosi, transformasion grammatika asoschisi Naum Xomskiy nomi bilan bog’liqdir. Formal grammatika alohida matnlarni emas, balki bir qancha to’g’ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini o’rganadi. Mazkur qonuniyatlar formal grammatikaning abstrakt simvollari orqali belgilanadi. Shu asosda «Tug’dirish grammatikasi» yoki «generativ lingvistika» maydonga keldi.
Bundan tashqari, tilshunoslikda invariantlik nazariyasi ham matematika ta’sirida vujudga kelgan. Matematikada invariant atamasi orqali o’zgaruvchan sonlar ostidagi o’zgarmas, barqaror miqdor tushunchasi anglashiladi.
Shuningdek, tilshunoslikda keng qo’llanilayotgan statistik metodlar ham matematika fanining ta’siri orqali maydonga kelgan.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Matematik lingvistika fani nechanchi asrda shakllangan?
Lingvistikaning tarmoqlarini sanab bering?
Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi nima?Kompyuter lingvistikasi oldida turgan asosiy masalalar qaysilar?
Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi nima?
Aksiomatik nazariya deb nimaga aytiladi?
Kompyuter lingvistikasi bo’yicha tadqiqot olib brogan olimlar?
Tarjimani modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish yo’llarini ishlab chiqqan olim?
Kompyuter lingvistkasini qaysi fanlar bilan aloqador?
Lingvostatistika va almashtirish bilan shug’illangan olimlarni ayting?
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
Internet adreslari
www.ziyonet.uz
www.ziyouz.com
www.kutubxona.com
www.turklib.uz
www.literature.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |