Kompyuter lingvistikasi



Download 44,28 Kb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi44,28 Kb.
#332611
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASI chalaa


KOMPYUTER LINGVISTIKASI

Reja:

  1. Kompyuter lingvistikasi fan sifatida



Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQShda shakllandi. Mazkur fan XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib chiqqan. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli kompyuterda tarjima qilish, tillarga o`rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, matnlarni tahrir etish kabi amaliy dasturlarni ishlab chiqishga asos bo`lgani holda kompyuter lingvistikasi yo`nalishiga zamin yaratdi.1 Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturini yaratishdir. Uning asosiy vazifalariga tillarga o`qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni turli jihatdan tahrirlash va mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish kabilar kiradi. Kompyuter lingvistikasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: 1) linvostatistika; 2) injener lingvistikasi; 3) algoritmik (dasturlash) lingvistika.

Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi, matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u hozirda turli aspektlarda jadal rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:



  1. matn tahriri – kompyuter yordamida muayyan matnning xatolarini to‘g‘rilash;

  2. avtomatik tarjima – berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida tezkor tarjima qilish tizimi;

  3. CALL (Computer Assisted Language Learning) til o‘qitishni avtomatlashtirish – xorojiy tillarni kompyuter yordamida o‘qitish tizimini ta‘minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari;

  4. kompyuter leksikografiyasi (elektron lug`atlar tuzish) – muayyan til leksikonidagi so`zlarning ma`lumotlar bazasi va maxsus programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar

(kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha;

  1. sun’iy intellekt tizimini yaratish;

  2. NLP – tabiiy tilning qayta ishlanishi;

  3. gipertekst texnologiyasi;

  4. on-line o‘qitish tizimi (virtual sinf va labaratoriyalarda) – kompyuter lingvodidaktikasi;

  5. informatsion qidiruv tizimi.2

Barcha sohalar uchun rivojlanish, taraqqiy etish o‘ziga xos xususiyat sanaladi. Jumladan, tilshunoslik sohasi ham bundan mustasno emas.Millat ruhini o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda jamiyat rivoji bilan yonma-yon yurgan.

Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida ona tili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir. “Yangi avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash demakdir”3. Ijtimoiy hodisa sifatida baholanadigan til hamisha boyib, yuksalib boraveradi.

Kompyuter lingvistikasining muammolarini to‘g‘ri belgilash va ularni ko‘rsata bilish katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Avtomatik tahrir dasturi kompyuter lingvistikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bir qator tillarda bu dastur yaratib bo‘lingan. O‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida avtomatik tahrir va qilish soha mutaxassisi oldida turgan vazifadir.

Bu yo‘nalishda qilingan avvalgi ishlar bilan tanishgan holda avtomatik tahrir va tahlil jarayonining prinsiplarini bayon qilishga va ular asosida mulohazalar bildirishga harakat qildik.

O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga ketadigan vaqtning oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson tomonidan qilinadigan xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturining asosiy prinsiplari orqali kelgusida bu borada qilinadigan amaliy ishlarda qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi zarurligi keltiriladi. Shuningdek, bugungi kunda jahon kompyuter lingvistikasida amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i, o‘zbek tilshunosligidagi kelgusi tadqiqotishlarining muhim yo‘nalishlari haqida so‘z boradi.

Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida ham, adabiyotshunoslik sohasidaham o‘zbek tilidagi matnlarningbadiiy tahlili va uning inson tomonidan tahriri amalga oshirib kelinmoqda. Ammo bugungi kundainsonning matn tahriridagi ishtirokini talab qilmaydigan kompyuter dasturi yaratilmagan.2011-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti Abjalova

Manzuratomonidan “O‘zbek tilidagi matnlarni kompyuter vositasida tahlil qilish dasturining lingvistik ta’mini” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingan bo‘lib, o‘zbek kompyuter tilshunosligida avtomatik tahrirlovchi dasturni yaratish borasida yozilgan ilk ilmiy ish hisoblanadi. Bu magistrlik dissertatsiyasida mustaqil so‘z turkumlarining lingvistik modulini yaratish prinsiplari ot va fe’l so‘z turkumlari misolida ko‘rsatib berilgan.

Mazkur bitiruv malakaviy ishi lotin yozuvida yozilgan o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik tahrir qilishning bosqichlarini kengroq tahlil qilish maqsadida yozildi va unda ushbu muammoni yechish hamda uni amaliyotga tatbiq etish o‘zbek matnlari doirasida amalga oshiriladi.

Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishko‘zda tutilgan:


  • Matnni avtomatik tahlil va tahrir qilishning afzalliklarini ko‘rsatish;

  • Lingvistik modul tushunchasini yoritish;

  • Avtomatik tahrirlovchi dasturlar va ularning vazifalarini ko‘rsatish;

  • Matnlarni kompyuter yordamida tahrir qilish jarayonlarini tahlil etish;

  • Dasturning lingvistik ta’minotini yaratish yo‘llarining optimal variantlarini tanlash.

Microsoft Word (2007) muharrirlik dasturi, G‘arb kompyuter lingvistikasida matnni avtomatik tahrir qilish dasturini yaratish bo‘yicha qilingan ba’zi tadqiqotlar ilmiy ishning obyekti hisoblanadi.

Lotin yozuvida yozilgan rasmiy-idoraviy vailmiy uslubdagi matnlar, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek adabiy tilining imlo lug‘atlari tadqiqotning predmeti bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuni yoritishda hozirgi kunda tilshunoslikda keng tarqalgan sistem-struktur metoddan, distrubutsiya, oppozitsiya, transformatsionva modellashtirish usullaridan foydalanildi.

Xorijda kompyuter tilshunosligi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. O‘zbek adabiy tili materiali asosida esakompyuter tilshunosligi yo‘nalishida amaliy ishlar soni u qadar ko‘p emas.

O‘zbekcha matnlarni kompyuterda qayta ishlash, lingvistik ta’minot yaratish masalalari tadqiq qilingan.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi o‘zbek tili doirasida ish yurituvchi mutaxassislarga nazariy jihatdan muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o‘zbek tilidagi matnlarni avtomatik ravishda qayta ko‘rib berishga yordam beruvchi dasturningyaratilishiga zaminyaratadi.

Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, har biri bir necha bo‘limdan iborat ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 64 betni tashkil etadi.





Download 44,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish