Kompyuter lingvistikasi


Matnni avtomatik tahlil qilish



Download 44,28 Kb.
bet5/8
Sana08.01.2022
Hajmi44,28 Kb.
#332611
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KOMPYUTER LINGVISTIKASI chalaa

Matnni avtomatik tahlil qilish. Insoniyatning rivojlanish tarixida qo‘lga kiritgan barcha yutuqlari zamirida o‘zining hayotiy faoliyatini yaxshilash, qisqa fursatlarda ko‘p ishlarni amalga oshirish, aql -zakovatini tuganmas imkoniyatlarini namoyon qilish maqsadi yotadi. Kompyuter texnologiyalari deb nom olgan asrimizda fan-texnika yutuqlari deyarli barcha sohaning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Jumladan, tilshunoslik sohasi ham ayni shu jarayondan mustasno emas. Matematika, informatika, lingvistika fanlarining kesishgan nuqtasida paydo bo‘lgan yangi soha – kompyuter lingvistikasini axborot texnologiyalarisiz, kompyuter dasturlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Endilikda bu hodisa lingvistika oldiga yangi talablarni qo‘yib, fan doirasida turli yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga zamin tayyorladi.

Biz ma’lumotlarni tez fursatlarda samaradorligi yuqori bo‘lgan holatda olishni xohlaymiz. Qaysi manbaga murojaat qilmaylik, unda ifodalangan asosiy fikrni tezlikda anglash, matn mazmunini o‘zlashirish diqqatimiz markazida bo‘lgan. Ayni shu narsani kompyuter dasturi yordamida savoljavob tarzida amalga oshirish mumkin. Ya’ni dasturning o‘zi savol qo‘yadi, javob beradi va matnni tahlil qiladi. Dastlab onlayn tarzida savol-javob usulida ishlaydigan tizim tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

START dunyodagi birinchi savol-javob tarzida ishlaydigan onlayn boshqaruv tizimi hisoblanadi. Bu tizim 1993-yil dekabr oyidan boshlab doimiy foydalana boshlangan. Boris Katz va uning hamkorlari InfoLab Group tomonidan rivojlantirilgan. Axborot beruvchi g‘ayrioddiy bu tizimning maqsadi foydalanuvchilarga “soniyada to‘g‘ri ma’lumot”ni yetkazish bo‘lgan. Bu tizim dastlab milliondan ortiq inglizcha joylar (shaharlar, poytaxtlar, ko‘llar, koordinatalar, ob-havo, xaritalar, demografik holat, siyosiy va iqtisodiy tizim), filmlar (nomlari, aktyorlari, rejissorlari), odamlar (tug‘ilgan yili, joyi…), lug‘atlar haqidagi savollarga javoblarni o‘zida qamragan edi. Ular shartli ravishda geografiya, madaniyat va san’at, ilm-fan kabi bo‘limlarga bo‘lingan.

Namuna tariqasida quyidagilarni keltiramiz.

1.Q: How far is Mount Kilimanjaro from Mount Everest?

A: The distance between Kathmandu, the capital of Nepal (where Mount Everest is located) and Dar Es Salaam, the capital of Tanzania (where Mount Kilimanjaro is located) is 3,892 miles (6,277 kilometers). Source: START KB

S:Klimanjaro tog‘i Everest tog‘idan qancha masofa uzoqlikda?

J: Nepal ( Everest tog‘i joylashgan) poytaxti Katmandu va Tanzaniya (

Klimanjaro tog‘i joylashgan) poytaxti Dodoma orasidagi masofa 3,892 mil ( 6,277 kilometr)

Manba: START KB

2.Q:Show the capital of the second largest country in Asia.

A:I know that the the second largest country in Asia is India (source: The World Factbook).

Using this information, I determined the capital of India:

New Delhi is the capital of India. Source: START KB

S: Osiyoda kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat poytaxtini ko‘rsating.

J: Osiyodagi kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi mamlakat

Hindiston ekanligini bilaman ( manba: The World Factbook)

Shu ma’lumotdan foydalanib, aytishim mumkin:

Yangi Dehli Hindistonning poytaxti.

Manba: SRART KB.

Yana shunday dastur ham borki, u muayyan matndagi har bir xat boshini tahlil qiladi: asosiy savollarni qo‘yadi, javob beradi. BORIS – darak gapli matnlarni chuqur tushunishga mo‘ljallangan amaliy tizim. Matnlarni chuqurroq tushunib, uning savollariga javob beruvchi tajribaviy dastur. U bilimlar manbayiga asoslanib ishlaydi. Faqat mazmunni emas, matndagi barcha darak gaplarni tahlil qiladi. Namuna tariqasida misollarga murojaat qilamiz.

“Birinchi xatboshini qayta ishlash:

Bir ayol aeroportda samolyot uchishini kutardi.Ammo hali erta edi. Bekor o‘tirishni yoqtirmagan ayol do‘kondan bitta kitob va pechenye sotib oldi. Bo‘sh kursilardan biriga o‘tirib, kitobini o‘qiy boshladi.Kitobni berilib o‘qir ekan, nogoh yonida o‘tirgan odam pechenyesidan olishga jur’at qilayotganini sezib qoldi.Ammo birgina pechenye uchun nazokatsizlik qilgisi kelmadi.

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor:



Kim aeroportda samolyot uchishini kutardi?

Bir ayol.

Ayol do‘kondan nima sotib oldi? Bitta kitob va pechenye.

Ayol kitobni o‘qiyotganida yonida o‘tirgan odam nima qildi?

Pechenyesidan olishga jur’at etdi. Ikkinchi xatboshini qayta ishlash:

Dam-badam u ham soatga qarab qo‘yardi.Kitob o‘qib, bittadan pechenye o‘g‘irlayotgan odamga ko‘z qirini tashlar ekan, asabiylashmaslikka urinardi.

Pechenye o‘g‘risi, sekin-sekin pechenyelarini olayotganida, unga e’tibor bermaslikka va soat millari yurishini kuzatib, uning chiqqillashini eshitishga harakat qilardi. O‘ziga o‘zi: “Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamni ko‘zlarini ko‘kartirardim”, – deb qo‘ydi. Har gal pechenye olaman deganida, u ham qo‘lini uzatardi. Oxiri paketda bitta pechenye qolgach, “Qani endi nima qilasan?” – dedi ichida. Odam istehzoli kulimsirab, oxirgi pechenyeni oldi va ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga soldi; yarmini esa ayolga uzatdi. Ayol illat bilan pechenyeni olar ekan, “Bu qanday bezbetlik! Bunchalar qo‘pol bo‘lmasa, bu odam.

Bir og‘iz rahmat ham demadi!” – deb gapirib ketdi o‘z-o‘ziga. Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor:



Dam-badam u nima qilardi?

Soatga qarab qo‘yardi.

“Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamni ko‘zlarini ko‘kartirardim”, deb kim aytdi?

O‘ziga-o‘zi.

Paketda bitta pechenye qolgach, u nima dedi?

Qani endi nima qilasan?

Odam istehzoli kulimsirab nima qildi?

Oxirgi pechenyeni ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga solib, yarmini ayolga berdi.

Uchinchi xatboshini qayta ishlash: Ayol hech qachon bunday

asabiylashmasdi.Samolyotning uchish vaqti yetgach, chuqur tin oldi.Yuklarini olib, eshik tomon yurdi.“Pechenye o‘g‘risi”ga qayrilib ham qaramadi. Samolyotga chiqdi va o‘rniga joylashdi. “Pechenye o‘g‘risi”dan qutulganiga shukr qildi.Bir ora, uning adabini bermaganiga afsuslandi.“Janob, – deyishi kerak edi u. – Shukr qiling, sizdek nazokatsiz emasman. Aks holda yuzingizga shapaloq tushirgan bo‘lardim. Ammo siz qilgan ish rasman o‘g‘rilik sanaladi. Pechenye o‘g‘riligi...

Bildingizmi?!”

Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor:

Ayol samolyotning uchish vaqti kelgach nima qildi?

Chuqur tin oldi.

Nimaga shukr qildi?

Pechenye o‘g‘risidan qutulganiga. Nimaga afsuslandi?

Uning adabini bermaganiga.

To‘rtinchi xatboshini qayta ishlash:

Shularni xayol qilib, qo‘lini sumkaga uzatdi. Chala qolgan kitobini olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi uning sumkasida turardi. Bir og‘iz ham gapirmay, eng oxirgi pechenyesini ham u bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech edi...

Qo‘pol va jur’atli “pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga ko‘tarildi... Tizim savol-javob rejimida ishlashga tayyor:



Ayolning sumkasida nima bor edi?

Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi.

Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi?

Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risining.

METAKOP (sabab zanjiri ): O‘g‘rilik



  • PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi): Samolyotning uchishi;

  • ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega bo‘lishi,

nazorat qilishi): Ayolning yuklariga egalik qilishi;

  • ATTEND (voqealarga turtki bo‘lgan holat yoki narsa): Pechenye

sotib olinishi;

  • PROPEL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish): Sumkadan kitobning olinishi.

ATB (affektiv mazmunli bloklar, insonning psixologik holati):

  1. Asabiylashish.

  2. Shukr qilish.

  3. Afsuslanish.

  4. Kulimsirash.

BORIS tizimini takomillashtirish komyuter lingvistikasining istiqbollaridan biri bo‘lib, matn mazmunini o‘zlashtirishdagi yuqori samaradorligi bilan ahamiyatlidir. Nafaqat kompyuter lingvistikasida, balki istalgan badiiy matn tahlilida BORIS tizimidagi savol-javob usulini qo‘llash

mazmunni o‘zlashtirishga, aytilmagan o‘rinlarga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.




Download 44,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish