Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o‘zi-ga xos xususiyatlari
Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutqni egallash jarayoni ikki davrdan iborat bo‘ladi:
1 yoshdan 1 yoshu 6 oygacha.
1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha.
Har ikki davrda ham bola nutqini rivojlantirish bo‘iicha quyi-dagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
.a) nutqni tushunish va takdid kilish malakasini rivojlantirish;
b) bolalar lug‘atini boyitish;
v) nutqni atrofdagilar bilan muomala kilish vositasi sifatida shakllantirish.
1 yoshdan 1 yoshu 6 oygacha bo‘lgan davrda nutqni rivojlantirish -ning muhim vazifasi: 1) bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish; 2) kattalar nutqiga takdid kilish orkali faol nutqni o‘stirish. ,
Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish. Bu ja-rayon ma’nosiga tushunadigan so‘zlar to‘plamini kengaytirish bo‘lib, uning mazmuniga quyidagilar kiradi: 1) o‘z ismini, yaqin kishila-ri ismini; 2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovokdar nomini; 3) bir joydan ikkinchi joyga borishda transport vositalari nomini; 4) o‘ziga tanish bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar nomini; 5) o‘z tanasining, o‘yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari (qo‘l- oyokdar, bosh, og‘iz, ko‘z, quloq) nomini bilib olishi.
Maishiy hayotda bajariladigan oddiy ish-harakatlarni bildiruvchi so‘zlarni (yot, uxla, o‘tir, kiyinamiz, o‘ynagani boramiz va hokazo) o‘yin va mashg‘ulot jarayonida ishlatadigan so‘zlarni (o‘chir, kiydir, och, bekit va hokazo) bilib olish hisobiga bolada ma’nosiga tushunadigan so‘zlar to‘plami kengayib boradi.
Faol nutqni o‘stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib turiladi-gan tovush birikmalari va so‘zlarga takdid qilish orqali erishiladi.
1 yoshdan 1 yoshu 6 oylikkacha bo‘lgan bola ajablanish, shodlik, norozilik, xafalik va shu kabilarni ifodalovchi ba’zi bir into-natsiyalarni takrorlay bilishi, yaqin kishilarni (oyi, dada, opa, aka va hokazolar) hamda tanish buyumlar va o‘yinchokdarni (Piyola, karavot, stol, ayikcha, qo‘g‘irchok va boshkalar), tanish ish-harakat-larni (o‘tir, tur, menga ber, qo‘yib yubor va boshkalar) bildiruvchi so‘zlarni aytib, o‘z lug‘atini faollashtirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar qisqa hikoyalarni, she’r, hazil-mutoyibalarni tu-shunadilar; uncha murakkab bo‘lmagan topshirikdarni bajaradilar. Endi bola lug‘at to‘plamining kengayishi asosida, ilgari tushunib, bilib olgan so‘zlarini faol ishlata boshlaydi, kiska gaplarni va ayrim jumlalarni takrorlaydi. Bola 1 yoshu 6 oylik bo‘lganida ba’zi narsa-larning sifatini, holatini va vazifalarini bilib olishga harakat qiladi. Lekin o‘zi bu belgilarni ayta olmaydi. Shuning uchun kattalar yordamiga muhtoj bo‘ladi. Masalan, kattalar (hamshira-tarbiyachi) shunday deydilar: «Qara, menda kichkina kubik, senda katta kubik bor», «Mana bu — olma, uning rangi kizil, o‘zi shirin» va hokazo. Bolalar 1 yoshu 6 oylik bo‘lishlari bilan kattalarning bo‘lib o‘tgan hodisalar haqidagi gaplarini tushuna boshlaydilar.
Masalan: Bugun sayrda bolalar quyonchatarni ovqatlantirdilar. Gulchexra kuyonchaga sabzi berdi.
Bola sekin-astalik bilan kattalarning nutq ko‘rsatmasi asosida uncha murakkab bo‘lmagan topshirikdarni bajara boshlaydilar. Bu topshirikdar «Ko‘rpani top. Qo‘g‘irchoqni o‘ra» kabi yumushlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bola 1 yoshu 6 oylik bo‘lganda u talaffuz etadigan so‘zlar miq-dori 30 — 40 taga yetadi. (Masalan, «oyi», «xola», «amma», «buvi», «tog‘a», «aka», «opa» va boshkalar.) Ana shu so‘zlar bilan bir qator-da, bolalar o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni ham bilib oladilar. Chunonchi, «ma», «ol», «ber» va boshkalar. Odatda bu yoshdagi bola ayrim so‘zlarni uzuq-yuluq qilib, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday nutq «situativ nutq» (vaziyat nutqi) deb ataladi. Chunki bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga yaqin odamgina, ya’ni uning onasi yoki otasigina tushuntirib bera oladi. Bola nutqi taraqqiyotidagi bu davrning harakterli belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so‘zlar mikdori juda kam bo‘ladi. Bu davrda, ya’ni bolaning 1 yoshdan 1 yoshu 6 oylik davri-gacha faol lug‘ati g‘oyat sekin to‘lib boradi. Bu davrda nutqning o‘si-shi asosan tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliya-tining o‘sishi, o‘ziga qarata aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushuna borishi asosida sodir bo‘ladi. Uning passiv lug‘ati boyib boradi, bola o‘zi hali gapira olmaydi, boshqalarning so‘zlarini ko‘proq eshitadi, so‘z va jumlalarni o‘zlashtirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |