Xx asr boshlarida mavzu doirasidagi tadqiqotlar jadallashdi va 20-30 yillarda bir qator ilmiy asarlar dunyo yuzini ko‘rdi



Download 37,59 Kb.
bet1/4
Sana21.07.2022
Hajmi37,59 Kb.
#834617
  1   2   3   4
Bog'liq
123 uz-assistant.uz



1.2. Mavzuning tarixshunosligi
XX asr Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibini etnotoponimlar misolida tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu borada keng qamrovli ishlar olib borilmagan bo‘lsa-da, bevosita mavzu doirasida turli rakurslarda tadqiqotlar amalga oshirilganligi ko‘zga tashlanadi. Aslida Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi va toponimlari bo‘yicha dastlabki ilmiy izlanishlar XIX asrning so‘nggi choragida boshlangan bo‘lib, asosan rus sharqshunos va etnograf olimlari vohaga tashrif buyurib, bu borada o‘zlarining dastlabki fikr-mulohazalarini bildirgan edilar. Bundan ancha oldin N. Xanikov tomonidan boshlangan bu tarzdagi izlanishlar A.D. Grebenkin tomonidan yanada izchillik bilan davom ettirildi. Vohaga tashrif buyurgan mashhur rus turkologi V.V. Radlov bir qator viloyat va tumanlarda bo‘lib, mahalliy aholining etnik tarkibi, til va lahja xususiyatlari masalalarni o‘z asarlarida ancha batafsil yoritdi1.
XX asr boshlarida mavzu doirasidagi tadqiqotlar jadallashdi va 20-30 yillarda bir qator ilmiy asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Xuddi shu yillarda mahalliy tadqiqotchilar ham lingvistik materiallar to‘plash mobaynida voha aholisining etnik tarkibi, etnonimlar bilan bog‘liq joy nomlariga ham birmuncha to‘xtalib o‘tishgan. Ayniqsa, tilshunos va adabiyotshunoslar orasida G‘. Olim Yusupov, H. Zarif, S. Ayniy kabi mahalliy ziyolilar voha tarixi va etnik xususiyatiga doir o‘z qarashlarini eʼlon qildilar2.
Mavzuning yoritilishi masalasiga sovet davri va mustaqillik yillari, shuningdek, xorijda amalga oshirilgan tadqiqotlar misolida qarab chiqadigan bo‘lsak, avvalo aytib o‘tish kerak, Zarafshon vohasi etnik tarixi va etnotoponimikasi masalasida turlicha fikr va mulohazalar o‘rtaga tashlanganligi anglashiladi. Shu bilan birgalikda, ular orasida muayyan darajada farqliliklar borligi ko‘zga tashlanadi.
1.2.1.XIX –XX asrlar ilk choragida Zarafshon vohasi aholisi etnik tarkibini o‘rganilish tarixi
Qadimdan asosan o‘troq dehqon, qisman esa ko‘chmanchi chorvador aholi uchun makon bo‘lib kelgan Zarafshon vohasi miloddan oldingi mingyilliklardayoq Markaziy Osiyo mintaqasining chorrahasida joylashgan o‘lka sifatida bo‘lib kelgan. Bu haqda turli tillardagi tarixiy manbalarida (grek-yunon, xitoy, arab, hind) muhim maʼlumotlar mavjud.
XX asrning 20-yillaridan O‘rta Osiyo aholisini etnografik jihatdan tadqiq etishning yangi bir bosqichi boshlandi. Bu davrda etnografik tadqiqotlar xarakteri va ahamiyati haqida tarixshunoslik tadqiqotlarida tahlil etilgan. Bu tadqiqotlar XIX asr oxiri–XX asr boshlarida olib borilgan ko‘plab tadqiqot natijalariga tayangan, yangi ilmiy materiallar to‘plashga katta ahamiyat berilgan bo‘lib, asosan, Turkistonning milliy-hududiy chegaralanishi bilan bog‘liq keng qamrovli tadqiqotlardan iborat bo‘lgan, shuningdek, Zarafshon vohasini o‘rganishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab nashr etila boshlagan “Samarqand viloyatini maʼlumot kitobi” nomli statistik jurnal alohida manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu statistik maʼlumotlar jurnalida ko‘pgina tarixiy, etnik va etnografik maʼlumotlar berib borgan tadqiqotchilardan V.L. Vyatkin, jurnal muharriri M.M. Virskiy3, M.Andryev tadqiqotlari o‘z aksini topgan. V.L. Vyatkin4 tomonidan Abu Tohir Hojaning “Samariya” kitobi tarjimasi, Samarqandning tarixiy obidalari, jumladan “Afrosiyob” qadimiy shaharning o‘rganilishi asnosida “Afrosiyob” nomli kitobini nashr qilgan. XX asrning 20- yillarida o‘zbeklar etnogenezi va urug‘-qabilaviy tuzilishi, ijtimoiy va oilaviy turmushi, xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid bir necha etnografik asarlar paydo bo‘ldi. Ilk nashrlardan professor YE.D. Polivanov5 va etnograf A.P. Potapovlarning6 ishlari diqqatga sazovordir. Bu davrdagi statistik maʼlumotlarda nafaqat Zarafshon vohasi balki Turkiston o‘lkasining barcha xududlaridan to‘plangan aholi etnik tarkibi, turli etnoslar hamda etnik jamoalar soni, joylashuv xususiyatlari, aholining barcha okrug, uyezd, volost, qishloq jamoalari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar umumlashtirilgan.
XX asr boshlarida Turkistondagi etnik holat, shu jumladan, Zarafshon vohasining etnik tarkibi, turmush-tarzi, xo‘jaligi bo‘yicha M.S. Andryev7, I.I. Zarubin8, I. Magidovich9 kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar voha tarixshunosligi uchun muhim manbadir. I.I. Zarubinning “Samarqand viloyati aholisi” nomli kitobida viloyatda istiqomat qiluvchi axolining soni, etnik tarkibi va joylashuvi taxlil qilgan bo‘lsa, M.S. Andryev viloyatdagi tarixiy obidalardagi rang-tasvir, yodgorliklardagi yozuvlarni o‘rganish orqali aholining etnografiyasini tahlil etgan. I.P. Magidovich esa nafaqat vohaning balki O‘rta Osiyo mintaqasining geografik xaritasini tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil etib, ularning joylashuv o‘rni, aholi punktlari o‘rnini ko‘rsatib bergan.
Biroq shuni alohida taʼkidlab o‘tish o‘rinliki, mustamlakachilik siyosati negizida olib borilgan tadqiqotlar va keyinchalik sovet davlatining “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” boshqaruv tizimi halqning etnik holatini, uning urf-odatlari, joy nomlarini o‘rganishda bir taraflama talqin etilganligini bilamiz. Bu tadqiqotlarda faqatgina aholi soni, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, aholining ko‘chirilishi, chetdan kelgan elatlarning mashg‘ulotlariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lsa, endilikda aholi sonining o‘sishi, ularning mahalliy aholi bilan ko‘shilib ketishi dinamikasi, o‘tmish ajdodlarimiz bo‘lgan urug‘ va elatlarning shakllanish jarayonini o‘rganish, har bir etnik guruhning yuzaga kelishidagi sabablarni ilmiy yoritish dolzarb masala hisoblanadi.
Qisqasi, XX asr ilk choragida Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibini vohada mavjud etnik guruhlar va etnotoponimlar asosida yoritishga harakat qilgan xorijlik tadqiqotchilar, xususan, rus harbiylari, sharqshunos, geograf va boshqa kasb egalarining izlanishlari ham ilmiy manba, ham ilmiy tadqiqot sifatida muhim ahamiyatga ega. Chunki ushbu tadqiqotlarda o‘sha davr mintaqa fani uchun anchagina begona, biroq g‘arb tadqiqotchiligida qo‘llanilgan yangicha ilmiy uslublar qo‘llanilgan bo‘lib, ular birmuncha izchilligi va aniqligi bilan ajralib turadi10. Shuningdek, mahalliy mualliflar uchun odatiy va oddiy tuyulgan urf-odatlar, etnografik materiallar anchagina farqli madaniyatga mansub bo‘lgan rossiyalik mualliflar uchun qiziqarli va muhim hisoblangan. Shu bois ular Turkistonning qaysi hududida bo‘lmasin, mahalliy aholining tili, etnik tarkibi, demografik holati, maishiy va kundalik turmush tarzi, xo‘jalik hayoti kabi masalalarga ancha izchil yondashganlar. Shu bilan birgalikda, mazkur tadqiqotchilarning izlanishlarida birmuncha xato va kamchiliklar uchraydi11. Xususan, etnonim va toponimlar mahalliy shaklining birmuncha buzilgan holatda berilishi, etnolingvistik qonunlariga amal qilinmaganligi mualliflarning ayrim masalalarni o‘z dunyoqarashi, milliy va diniy mansubligidan kelib chiqib turlicha yoritganliklari, chuqur kuzatishlar olib bormasdan baʼzan biryoqlamalilik va noxolislikka yo‘l qo‘yganliklari ko‘zga tashlanadi.
Bu asosan mintaqaning qaysidir bir etnosiga taʼrif berayotganda bo‘rttirib yoki oshirib tasvirlash, boshqasiga nisbatan esa aksincha yo‘l tutilganligi kabi holatlarda ko‘rinadi12. Ayniqsa, Turkiston o‘lkasi xalqlari bo‘yicha materiallar to‘plagan rus tadqiqotchilarining ko‘pchiligida o‘lka xalqlari etnik tarkibini tahlil qilishda evolyusionistik nazariya asosida yaʼni mahalliy aholining qay biri yanada qadimiy va mahalliy, qay biri aksincha ekanligi masalasida yaqqol seziladi. Yaʼni o‘lka xalqlari tarixiga doir yozma manabalar va etnografik materiallar chuqur o‘rganilmagan va mintaqa xalqlarining umumiy tarixi ilmiy jihatdan yoritilmagan bir pallada turkiy xalqlarni ko‘chmanchi va kelgindi, eroniy (tojik) aholini esa bu yerning qadim mahalliy aholisi, mintaqadagi mavjud madaniyatning yaratuvchisi sifatida bilish va masalaga shunday yondashish kayfiyati ancha-muncha sezilib turadi13. Holbuki, bu paytda mintaqa aholisining katta bir qismi, xususan, o‘troq aholisining aksariyat qismi turkiy aholi edi.
XX asrning 20- yillarida dunyoning ko‘plab joylarida, xususan, Rossiyada va uning tarkibidagi Turkiston o‘lkasida yuz bergan siyosiy jarayonlar mintaqa hayotining hamma jabhalarida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Bu jarayon Zarafshon vohasi va uning demografik holatni o‘rganishda ham o‘z aksini topdi. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston aholisining etnik tarkibini keng ko‘lamda o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, ularning aksariyati 1924 yilda Turkistonning parchalanishi va mintaqada milliy chegaralanish siyosati bilan bog‘liq edi14. Shu bilan birgalikda, “rayonlashtirish” deb ham yuritilgan ushbu siyosat Markaziy Osiyoning deyarli barcha hududlarida bo‘lganidek Zarafshon vohasida ham amalga oshirilib, Zarafshon daryosining yuqori qismi dastlab 1924 yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibidagi Tojikiston Sovet Sotsialistik avtonom respublikasiga, keyinchalik mazkur muxtor respublika asosida Sovetlar Ittifoqi tarkibidagi Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hududida joy oladi. Aynan bu davrda Zarafshon daryosining o‘rta va quyi havzalaridagi Samarqand va Buxoro viloyatlari esa O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritilgan. Bu tarzda milliy chegaralanish siyosatini olib borish Sovet hokimiyati asosan mintaqa xalqlarining milliy tarkibidan kelib chiqishga harakat qilib, qaysi hududlarda aynan qanday millatlarning ko‘pchilikni tashkil qilishiga eʼtibor qilinishini eʼlon qiladi va shu maqsadda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Jumladan, aholining etnik mansubligini aniqlash, buning uchun joylarda so‘rovnomalar o‘tkazish, hujjat va statistik maʼlumotlarni yig‘ish va hokazo. Bunday tadbirlarni o‘tkazish jarayonida har bir shahar, qishloq, ovul kabi aholi maskanlarini ro‘yxatga olish, sanoq ishlarini yuritish, mahalliy aholining milliy mansubligini, hatto qaysi urug‘ yoki etnosga taalluqliligini aniqlash kabi ishlar ham olib boriladi.
XX asrning ilk choragida Zarafshon vohasining yuqori va o‘rta havzalari (Panjikent tumani va Samarqand viloyati) Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi, keyinchalik Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR) tarkibidagi Samarqand viloyati hududlari hisoblanib, mahalliy aholining katta qismi asosan o‘zbeklar va qisman tojiklardan iborat edi15. Bu holat vohaning quyi havzasidagi Buxoro viloyatida ham ko‘zga tashlanib, 1924 yilda o‘tkazilgan milliy chegaralanish paytida BXR va TASSRning muhim bir qismida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilish mobaynida Markazdan kelgan buyruq asosida, aholidan so‘rab-surishtiruv ishlari yetarlicha olib borilmasdan amalga oshirilishi oqibatida bir qancha aholi maskanlarining u yoki bu respublika tarkibiga o‘tkazib yuborilganligi anglashiladi16.
Bu holat esa aynan bu davrda aholining noroziligiga sabab bo‘lgan va shu bois bir necha komissiyalar tuzilib, milliy chegaralanish bilan bog‘liq chora-tadbirlar qaytadan ko‘rib chiqilishiga olib kelgan edi. Komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda aholining talab va istaklarni inobatga olinishi, joylarda milliy chegaralanish bilan bog‘liq tushuntirish ishlari olib borilishi shart qilib qo‘yilgani bois, bu davrda yig‘ilgan maʼlumotlar XX asr boshlarida Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi va etnotoponimlar masalasini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birgalikda, yuqorida aytib o‘tilgan sabablar: mahalliy aholining etnik mansublik masalasini turlicha talqin qilishi, ikki tillilik, baʼzi joylarda tuzilgan komissiyalarning o‘z ishiga masʼuliyatsizliq bilan qarashi natijasida yig‘ilgan maʼlumotlarning biri-ikkinchisiga to‘g‘ri kelmasligi, hatto mutlaqo teskari bo‘lishi kabi holatlar ham borligini aytib o‘tish kerak. Jumladan, ayrim joylarda aholi o‘ziga berilgan “millatingiz” degan savolga ko‘pincha “musulmon” deb javob berishlari17, ayrim joylarda esa bunday savolga o‘zlari yashaydigan joy nomi bilan “samarqandlik”, “buxorolik” deb javob qaytarishlari18, baʼzan esa o‘zlari so‘zlashadigan til xususiyatidan kelib chiqib emas, qo‘shni aholi maskanlari aholisi tomonidan kasb-hunari asosida qo‘yilgan nom (mas. “tojik”)ga tayanib etnik mansubliklarini eʼtirof etishlari kabi hollar ancha-muncha uchraydi.
Shu bois XX asr boshlarida Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi bo‘yicha bir qator muammolar ko‘zga tashlanadi. Bu asosan o‘tgan asrda amalga oshirilgan tadqiqotlarda farqliliklar va hatto bir-biriga zid fikrlar uchrab turishida, hatto yaqin yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarda ham xilma-xil va qarama-qarshi talqin va mulohazalar bildirilayotganida o‘zini namoyon qiladi. Masalan, bu davr O‘zbekiston tarixi bilan jiddiy ravishda shug‘ullanayotgan rossiyalik S. Abashin va amerikalik olim A. Xalid tomonidan yozilgan tadqiqotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu holat yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Jumladan, ko‘plab arxiv hujjatlari asosida tadqiqot olib borgan S. Abashin milliy chegaralanish siyosati yuritilgan paytida mahalliy hokimiyat tomonidan ko‘plab yanglishliklarga yo‘l qo‘yilgani, qo‘shni respublikalarning chegara hududlaridagi aholi maskanlarining qaysi hududga o‘tishi masalasida ko‘pincha mahalliy aholining talab va istaklariga emas, oldindan Markazda buyurilgan rejalar bo‘yicha ularning taqdiri hal qilinganini Zarafshon vohasini ham qamrab olgan holda ko‘plab misollar asosida yoritgan19.
Turkistonning parchalanishi va turli “sovet millatlari”ning shakllantirilishi masalasiga eʼtibor qaratgan A. Xalid esa bu davrda jadidlar tomonidan yuritilgan milliy siyosatni yuksak baholab, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va hokazo kabi bir necha farqli iqtisodiy-madaniy saviyadagi hududlarda yagona millatni tashkil toptirish ishi muvaffaqiyatli yakunlangani eʼtirof etadi. Unga ko‘ra, XX asr boshlarida “Katta Turkiston” g‘oyasini amalga oshirishni niyat qilgan mahalliy ziyolilar – jadidlar Sovetlar qarshiligiga uchragach, “Kichik Turkiston”, yaʼni O‘zbekistonni barpo qilishda ijobiy rol o‘ynaydilar20. Ayniqsa, bunda Farg‘ona va Toshkent jadidlari bilan birgalikda Buxoro taraqqiyparvarlarining xizmati katta bo‘ladi. Zarafshon vohasi mahalliy aholisining aksariyat qismi o‘zbek (turkiy) tilida so‘zlashishi va o‘zlarini asosan “o‘zbek” deb atashlariga tayanib ish yuritgan Buxoro jadidlari, nihoyat “O‘zbekiston” degan davlatni barpo qilishda va mamlakat bo‘ylab ushbu etnik nomning keng tarqalishida asosiy rollardan birini o‘ynaydilar. Tadqiqotchiga ko‘ra, ayni o‘sha yillarda davlatga va uning aksariyat ko‘pchiligini tashkil qiladigan millatga nom berishda M. Behbudiy, A. Fitrat, F. Xo‘jayev kabi jamoat va davlat arboblarining saʼy-harakatlari katta o‘rin tutib, ayrim joylarda baʼzi nufuzli guruhlar tomonidan taklif va targ‘ib etilgan etnonimlar (mas. “sart”) rad qilinadi va “buxoroliklar guruhi”ning fikri g‘olib chiqadi21. A. Xalidning taʼkidlashicha, shu asosda yagona o‘zbek millatining tamal toshini qo‘ygan o‘zbekistonlik mahalliy ziyolilar qariyb yetmish yillik sovet tuzumi davrida o‘zlarining maqsadini amalga oshirish niyatida turli xil targ‘ibot-tashviqot ishlaridan foydalanadilar. Xususan, matbuot, taʼlim, ilmiy va badiiy adabiyot, radioeshittirishlar (keyinchalik teleko‘rsatuvlar ham) vositasida jipslashgan o‘zbek ziyolilari millatining barqarorligini taʼminlashdi.
XX asr boshlarida Markaziy Osiyo aholisi etnik tarixini o‘z asarlarida yoritgan tadqiqotchilar orasida bir-birini mutlaqo rad qiladigan fikrlar ham uchrab turadi. Jumladan, R. Masov, N. Negmatov kabi tojikistonlik tarixchilar bu davrda o‘tkazilgan milliy chegaralanish siyosatini boshqacha baholab, mintaqaning ayrim millatlariga ko‘proq, ayrim millatlariga esa kam ahamiyat berilgani, turkistonlik jadidlarning katta qismi mahalliy hokimiyat bilan til biriktirib, baʼzi respublikalarning “keng imtiyozga ega bo‘lishi”ni taʼminlaganliklarini olg‘a suradilar22. Bu masalada ko‘plab bo‘rttirishlar va biryoqlamaliklarga yo‘l qo‘ygan mazkur tadqiqotchilar aholining o‘z milliy mansubliklarini ifodalashlari bilan bog‘liq so‘rovnoma va statistik maʼlumotlarda ataylab buzib ko‘rsatishlar qilinganini yozib, bu masalada “panturkist” jadidlarning qo‘li borligini taʼkidlaydilar. Biroq har ikkala tarixchining bu kabi daʼvolari bir necha jihatdan o‘zini oqlamaydi. Birinchidan, Turkistonni parchalashni niyat qilib olgan kommunistlarning katta qismi mahalliy millatlar vakillari bo‘lmay, milliy chegaralanish ishlarini asosan Markazdan berilgan topshiriqlar asosida amalga oshirganlar. Bunda birorta mahalliy millat vakillari mutlaq ko‘pchilikni tashkil etmagan, bu kabi chora-tadbirlarda qatnashganlariga ham hech bir imtiyoz berilmagan.
Qisqasi, XX asr boshlarida mintaqa aholisi etnik tarkibi masalasini Zarafshon vohasi misolida u yoki bu darajada qarab chiqish natijasida shu fikrga kelish mumkinki, bu davr tariximizning nihoyatda ziddiyatli va muammolarga boy bir pallasi sifatida o‘zini namoyon qildi. Bu davrda ijtimoiy va madaniy sohalarda ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritilishi bilan birgalikda muayyan xatoliklar va biryoqlamaliklarga yo‘l qo‘yildi.

Download 37,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish