Mashg‘ulotning mavzusi: «Bizning bog‘cha».
Maksadi: bolalarni bog‘cha binosining tashqi ko‘rinishi bilan tanishtirish.
Hamshira-tarbiyachi bolalarni sayrga olib chiqqandan keyin, bolalar 15-20 daqiqa o‘ynaydilar. So‘ngra hamshira-tarbiyachi bolalarni to‘plab, bog‘cha binosigadiqqat bilan qarashni aytadi.
Mashg‘ulotning borishi. «Salim, Komila, Oliya, qaranglar, mana bu katta bino bizning bog‘chamiz. Biz hammamiz unda yashaymiz. Mana bu eshik, biz undan sayr qilish uchun chikdik. Sayrdan keyin, shu eshik orqali o‘tib, o‘z guruhimiz xonasiga kiramiz. Bog‘chamizning eshiklari juda ko‘p. Mana yana bitta eshik. Bu eshik orqali oshxonaga kiriladi. Bular esa deraza. Qaranglar, qancha ko‘p deraza. Mana dera-za, mana yana deraza. Mana bizning guruhimiz xonasining derazasi».
Bu mashg‘ulot bir necha marta takrorlanadi (2 — 4 marta). Takror-lash vaqtida quyidagi savollarni berish mumkin: «Bizning bog‘cha-miz qani? Bu nima? Sayrdan keyin biz qaysi eshikdan ichkariga kiramiz? Bizning guruhimizning eshigi qani?» Keyingi mashg‘u-lotlarda esa bolalarga katta va kichkina uylarni ko‘rsatib, har bir uyning derazasini va eshigini ko‘rsatishni taklif etish kerak. Ikki yoshli bolalar bilan o‘yinchokdar yordamida mashg‘ulot o‘tkazishda quyi-dagilarga katta ahamiyat beriladi: 1) o‘yinchoqning xususiyati bilan tanishtirish uchun bitta o‘yinchoqni ko‘rsatish; 2) o‘xshash va farkdi tomonlarini anikdash uchun ikkita o‘yinchoqny taqqoslash; 3) bir qancha o‘yinchoq ichidan bitta o‘yinchoqni tanlab olish; 4) bir qancha o‘yinchoqni ko‘rsatish — «Ajoyib xaltacha»; 5) o‘yinchoqni ko‘rib chi-qish va u hakda hikoya qilish uchun o‘yinchokdarni kidirib topish.
O‘yinchoqlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni ikki kismdan iborat qilib tashkil etish maqsadga muvofikdir. Mashg‘ulotning •birinchi qismida o‘yinchoqlar ko‘rsatiladi, u orqali turli harakat-lar qilib ko‘rsatiladi, turli so‘zlar aytiladi, bolalar tarbiyachi (kattalar) tomonidan aytilgan turli so‘zlarni takrorlaydilar.
Masalan: hamshira-tarbiyachi (ota-ona) qo‘g‘irchoqni bolaga ko‘rsa-tib: «Lola, kara, qo‘g‘irchoq qanday rasmga tushadi, tinglagin, u qanday ashula aytadi? Uni chaqir va shunday degin: «Karima, bizning yonimizga kel».
Mashgulotning ikkinchi qismida o‘yinchoqlar bolalarga tarqa-tib chiqiladi. Bolalar bu o‘yinchokdar bilan turli harakatlarni bajaradilar: u bilan o‘inaydilar, gagshashadilar, ovoziga takdid qiluv-chi tovushlarni aytadilar, kattalarga har xil masala (o‘yinchoqdari orqali) yuzasidan murojaat etadilar.
Tarbiyachi (yoki ota-ona) bolaning murojaatiga albatta e’tibor berishi, javob kaytarishi, bolada o‘yinchoqdar bilan turli harakatlarni bajarish istagini vujudga keltirishi kerak.
Bola nutqini rivojlantirishning samarali vositalaridan biri bu rasmlar asosidagi mashg‘ulotlardir. Bunday mashg‘ulotlarni ikki yoshdan boshlab o‘tkazish tavsiya etiladi.
Avval bitta rayem bo‘yicha mashg‘ulot yakkama-yakka o‘tkaziladi.
Bolaga bitta rayem ko‘rsatiladi va uning diqqati rayemdagi tasvirga yo‘naltiriladi. Masalan, tarbiyachi (ota-ona) kuchuk rasmini, bolaga ko‘rsatib shunday deydi: «Shuxrat, karagin, mana kuchukcha,
kuchukcha «vov-vov» deb vovullaydi. Kuchukcha qani, ko‘rsat?». Agar kerak bo‘lsa, tarbiyachi bolaning ko‘rsatkich barmog‘i bilan tasvirda-gi kuchukchani ko‘rsatadi. Shundan so‘ng bolaning qo‘liga rayemni beradi va uni yashirishni taklif etadi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda rayemda tasvirlangan predmetlarga (narsalarga) qiziqishni yuzaga keltiradi.
Olgan taassurotlarni, tushunchalarni mustahkamlash, tasvirda-gi narsani tanish uchun ikkita rayem bilan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Avval bitta rayemni bir necha marta ko‘rsatib, uning nomini aytadi, so‘ngra ikkinchi rayemni ko‘rsatadi. Shundan so‘ng har ikkala rayemni bir vaqtda ko‘rsatadi. Agar bola rayemda tasvirlangan narsa-buyumning nomini aytib turish orqali to‘g‘ri topishga o‘rganib olsa^ u
vaqtda sekin-astalik bilan bolaga notanish bo‘lgan, ya’ni narsa-buyum tasviri tushirilgan rayem tanish rasmlar qatoriga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |