Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o‘zi-ga xos xususiyatlari



Download 26,48 Kb.
bet2/4
Sana15.04.2022
Hajmi26,48 Kb.
#555546
1   2   3   4
Bog'liq
Ikki yoshgacha bo

1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan davr nutq o‘sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish qobiliyatlari ular­ning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o‘zib ketadi. Takdid qilish-ning o‘sishi natijasida ikki yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ta­laffuz etadigan so‘zlari soni ortib, 200 — 300 taga yetadi; ular­ning lug‘atidagi so‘zlar tarkibida tevarak-atrofdagi kishilarni anglatadigan so‘zlar (qiz bola, o‘g‘il bola, xola, amma, tog‘a, amaki, buvi, buva), uyda va uydan tashqarida (bog‘da, hovlida, ko‘chada) bo‘la-digan narsalarni anglatuvchi so‘zlar, ba’zi bir hayvonlar va o‘sim-liklarni, kunda ko‘rib turadigan xatti-harakatlarini anglatuvchi so‘zlar mavjud bo‘lib, ular lug‘at to‘plamini kengaytirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar iboralar (kosa stol ustida turib-di; sut kosada; u yerda; bu yerda) ma’nosini to‘g‘ri tushunish qobili-yatiga ega bo‘ladilar va ularni o‘z o‘rnida ishlata olish ko‘nikma^si sekin-asta shakllana boradi. Endi bolalar katta va kichik narsalar­ni bir-biridan farqqiladilar, ranglarni ajrata oladilar (kizil, ko‘k, sariq, zangori), buyumlarning boshqa sifatlarini (toza, if-los, mazali, shirin va hokazolarni) bilishga intiladilar. Bola nutqining bu xususiyatlari lug‘atining boyib borishiga, faolla-shishiga katta ta’sir etadi. Bolalar ikki yoshga qadam qo‘yganlarida ularda umumlashtirish qobiliyati tarkib topa boshlaydi. Bu nutq faoliyatini harakterlovchi asosiy xususiyatdir. Masalan, bola 10 oylik va 1 yosh bo‘lganda «Kosa qani?» degan savolga faqat o‘zining har doim ovqat yeydigan kosasini ko‘rsatadi. Ikki yoshga qadam qo‘igan-da esa u muomala qilish, tevarak atrofdagi buyumlar bilan tani-shish jarayonida bu savolga javoban turli rangdagi va kattalikdagi kosalarni ko‘rsatadi. Kosalarni suratlar ichidan ham tanib oladi.
Ikki yoshli bola buyumlar o‘rtasidagi bog‘lanish va munosabat-larni ham tushuna boshlaydi. Shuning uchun kattalar bolalar diqqa-tini buyumlar bilan harakatlar orasidagi o‘zaro aloqadorlikka jalb qilishi kerak. Masalan, qog‘ozga rayem chizish uchun qalam kerak, ov-qat yeyish uchun qoshiq kerak va hokazo.
Bolaning nutqi ma’noli bo‘lib boradi. Ilgari uning so‘zlari faqat ehtiyojlarini ifodalagan bo‘lsa, endi nutqning nom berish xizmati tobora kuchayib boradi. Bu bolaning «Bu nima?», «Nomi nima?» degan savollarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Endi u sekin-astalik bilan imo-ishora orqali o‘z istak hamda talablarini ifoda etadi. Katta yoshdagi kishilar talaffuz qilgan so‘z va iboralarga takdid qilib, ularni takrorlaydi, ashula, she’r, ertaklarni eshitib, undagi ayrim ohanglarni kuylashga, ayrim so‘zlarni takrorlashga odatlanadi. Uning nutqi grammatik jixatdan ancha shakllanadi. U ba’zi bir olmoshlarni {men, sen, biz, menga kabi) qo‘llay boshlaydi, ravishlarni (u yerda, bu yerda), sifatlarni (kat­ta, kichkina, yaxshi, yomon, shirin) o‘z o‘rnida ishlatishga harakat kiladi. Ular ish-harakatlarni bildiruvchi fe’llarni ham to‘g‘ri qo‘llay bosh-laydilar. Nutqida bosh ran bilan ergash gapdan tuzilgan dastlabki qo‘shma gaplar ham paydo bo‘ladi.
Bola tovushga takdid qilishdan odatdagi so‘zlarni ishlatishga o‘tadi (soatni «chiq-chiq» deyish o‘rniga soat deb, kuchukni «vov-vov» demasdan, kuchuk deb ishlatadi va hokazo).
Bola o‘ziga berilgan savollarga tushunib, javob qaytaradi, kat-tal arga ko‘proq savollar beradigan bo‘ladi. Kattalar bolani savol­larga javob berishga o‘rgatishlari zarur. Buning uchun bolaga savol berib, so‘ngra o‘zi shu savolga javob qaytarishi lozim.
Masalan, «Alisher qayerga boradi? — Sayr kilgani boradi». Bola kattalarning javobini takrorlaydi. Keyinchalik esa bunday savol­larga o‘zi mustaqil javob bera oladigan bo‘ladi.
Bola hayotining ikkinchi yoshi uning nutqini rivojlantirish-ning muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik jarayonning butun tizimida nutqni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bola nutqini rivojlantirishga ta’sir etishda kundalik tartib da-qiqalaridan, mustaqil o‘yinlardan, maxsus mashg‘ulotlardan, nar-sa-buyumlar bilan kilinadigan harakatlarni rivojlantirishga kara-tilgan mashg‘ulotlardan foydalaniladi. Kattalar (hamshira-tarbiya-chi) ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishda ular bilan so‘zlashishni to‘g‘ri tashkil etishi kerak. Bola bilan so‘zlash-ganda turli xil usullardan foydalaniladi. Masalan:
1) buyumning nomi aytiladi (mana paypoqcha, mana shippak va hokazo);

  1. nimanidir qayerdaligini ko‘rsatishni so‘raydi (ko‘ylakning cho‘ntagi qayerda, kuchukchaning quloqlari qani, mushukning dumi qani vaboshqalar);

  2. buyumlarning sifatini tushuntiradi (katta ayiq, kichkina ayiq, shirin choy, issiq suv, sovuq suv);



  1. «Bu kim?», — deb savol beradi, bolaga topshiriq beradi (ko‘rsat, olib kel, olib bor, top, so‘ra va hokazo);

  2. bolaga faol nutqni talab etuvchi topshirikdar beriladi: («Komildan mushukchasini so‘ra», «Sharifa xolangga, uyqum kelyap-ti deb ayt» va hokazo).

Bunday topshirikdarni bergandan so‘ng, albatta uning bajari-lishini nazorat qilib turish kerak. Buning uchun «Sen aytding-mi?», «Sen so‘radingmi?» «Sen bajardingmi?» degan savollardan foydalanish lozim.
Shunday qilib, 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar nutqining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, «Bolalar bog‘chasida ta’lim:tar-biya dasturi» bolalarda tevarak-atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni o‘stirishga; bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga turli munosabatlar bilan murojaat qilishga undash, sa­vollar bera olishga, o‘zining istaklarini va iltimoslarini, kurgan-bilganlarini 2 — 3 ran bilan ifodalashga, atrofdagilarning gapi-ga diqqat bilan quloq solishga, ularning so‘z bilan ifodalangan talablarini bajarishga, savollarga (bu kim?, bu nima? va hokazo) javob berish qobiliyatini o‘stirishga alohida o‘rin ajratgan.
Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivoj­lantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uslubi-yotlari
«Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»da 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni bajarishga yordam beruvchi mashg‘ulotlarning ro‘yxati berilgan. Ushbu nutqni ri-vojlantiruvchi mashg‘ulotlar to‘rt guruhga taqsimlangan. Bunda mash-g‘ulotda foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘rgazmali vositalar hisobga olingan. Ko‘rgazmali vosita sifatida jonli (mo‘shuk, kuchuk, jo‘ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush va hokazo) va jonsiz (o‘iin-choklar) ob’ektlar, narsa-buyumtar, o‘yinchoqlarning tasviri tushi-rilgan suratlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Nutqni rivojlanti­rishda bolalarni hayvonlar va harakatlanuvchi transport vositalari (avtomobil, tramvay, trolleybus,matoroller va hokazolar) bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega. Bu ob’ektlarni guruh xonasida olib boriladigan mashg‘ulotlarda va sayr vaqtida kuzatish mumkin.
Tabiiy sharoitda hayvonlarni va harakatlanayotgan turli trans­port vositalarini kuzatish bolalarda ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa tarbiyachining kuzatilayotgan ob’ekt-ning muhim belgilariga, harakatlariga bolalar e’tiborini qarata olishiga yordam beradi. Masalan, sayr vaqtida hamshira-tarbiyachi: «Salim, qaragin, kuchukcha yuguryapti. Ana, u nimanidir qidiryapti. U suyak topib oldi, uni g‘ajiyapti. Kuchukcha qochib ketdi», «Qarang-lar, mushuk kelyapti. Yurib, yurib, to‘xtadi. Boshini burib, bizga qarayapti. Cho‘qqayib o‘tirdi. Hali ham o‘tiribdi. U charchagan. O‘tirib, dam olyapti. Uning ko‘zi qani? Qulokdari-chi? Dumi qani? Ana, mushukcha yurib ketyapti, endi yuguryapti. Mushukcha ketib qoldi».
Bolalar tomonidan hayvonlarni yoki transportlarni kuzatish bola xotirasida uzoq saqlanadi. Oradan bir qancha vaqt o‘ttach, ilga-ri hosil qilingan taassurotlarni bola xotirasida jonlantirib, uni so‘zlashishga jalb qilish mumkin.
Takroriy kuzatishga bolalarni oldindan tayyorlash kerak. Tay-yorgarlikning mazmuni quyidagicha bo‘ladi: «Bugun sayr qilgani bo-ramiz, ko‘chada qanday mashinalar yurayotganini kuzatamiz. Qushlar-ning uchishini kuzatamiz. Daraxtda qo‘nib o‘tirgan qushlarni kuzata­miz, qanday sayrashini tinglaymiz».
Bolalarni jonsiz ob’ekt bilan tanishtirish sayr vaktida tash­kil etilishi mumkin. Masalan, bolalar bog‘chasi binosining tashqi ko‘rinishi bilan tanishtirish mashg‘uloti quyidagicha o‘tkaziladi: (Ushbu mashg‘ulot yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi.)

Download 26,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish