80
morfem maydon, fonem maydon, so‘z
yasovchilar maydoni, leksik maydon,
mazmuniy maydon, mikro va makro maydon , nisbiylik maydoni, vaqt maydoni,
son maydoni , inkor maydoni, mavjudlik maydoni, mayl maydoni, shaxs maydoni,
leksik-grammatik maydoni,
transformatsion maydoni, mutlaq maydon, faoliyat
maydoni, holat maydoni va hk. Keyinchalik Sh.Iskandarova o‘z
tadqiqot ishida
leksik maydon tushunchasini, asosan, shaxs otlari maydon tushunchasi ostida
o‘rganib, shaxs maydoni dastlab 2 ga ajratiladi. Afsonaviy va real.
Afsonaviy
shaxs nomlari 2 ga ajratiladi. 1) afsonaviy ertak qahramonlari 2) diniy-afsonaviy
shaxs nomlari; Real shaxs nomlari 2 ga ajratiladi. 1) umumlashgan 2) xususiy
shaxs nomlari. afsonaviy ertak qahramonlari 2 ga ajratiladi: 1) ijobiy 2)salbiy Shu
tariqa shaxs maydoni 9 bosqichgacha kichik maydon va maydonchalar,
qatorlar
tashkil etib boradi. Afsonaviy ertak qahramonlari 3 bosqichgacha, real shaxs
nomlari ancha quyi bosqichga qadar ajratiladi.
45
Leksik birliklarni bir mazmuniy uyaga birlashtirish va tahlil qilish lug‘at
turlarida ham mavjud. Ideografik lug‘atlar shu asosda yaratilib, ular tilning biutun
leksik sistemasini qamrab oladi. O.Axmanova bunday lug’atlarda so’zlar
mavzu
qatorlari asosida joylashishini aytadi. Bunday lug‘atlar VI-VIII asrlarda arab
tilshunosligida
(
al-Xalil,
Feruzabodiy,
Sibaviyhiy)
shakllangan.
M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, muallifi noma’lum “At –tuhfatuz
– zakiyati fil-lug’atit turkiya” asari, Muhammad Chingiy “Kelurnoma” asari va
boshqa bir qancha asarlarni shunday lug‘atlar safiga kiritish mumkin. Muhammad
Chingiy “Kelurnoma”asari Avrangzeb davrida (1658-1707) yaratilgan bo’lib, u 15
bob, 9 guruhdan iborat, oxirgi bobda ismlar 9 mavzuiy guruhga, ya’ni osmon bilan
bog’liq, yer bilan bog‘liq,
egarlanadigan hayvonlar, qushlar, odam a’zolari,
qarindoshlik nomlari, qurol, sanoq, olmosh, ravish bilan bog‘liq so‘zlarni o‘z
ichiga olgan.
Xullas, tilni maydon sifatida o‘rganish olam–ong–til dialektik munosabatini
asosli yoritishga yordam beradi. Shuningdek ideografik lug‘atlar yaratishdamuhim
ahamiyat kasb etadi.Shu sababdan maydon nazariyasini keng va atroflicha
o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Fizikada maydon nazariyasi shakllanishi
fanda qanday kashfiyotlar
yaratilishiga sabab bo‘ldi?
2. Tilshunoslikda maydon nazariyasining shakllanishi qaysi davrlarga borib
taqaladi?
3. Maydon nazariyasi bo’yicha o‘zbek tilshunosligida qanday tadqiqotlar
olib borilgan?
45
Iskandarova Sh. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish (shaxs mikromaydoni):
f.f.d....diss.avtoref. –T., 1999.
81
4.Maydon turlari: fonem, morfem, leksik, grammatik maydon haqida batafsil
ma’lumot bering.
5. Morfem maydon bo‘yicha kimlar tadqiqot ishlari olib borishgan?
6. Leksik maydon bo‘yicha kimlar tadqiqot ishlari olib borishgan?
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent:
Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
3.
Iskandarova Sh. O‘zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o‘rganish
(shaxs mikromaydoni): f.f.d....diss.avtoref. –T., 1999.
Internet adreslari
www.ziyonet.uz
www.ziyouz.com
17-mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: