76
valentlik). Bundan tashqari, shakliy va mazmuniy valentlik ham ajratila boshladi.
Bog’lanuvchi elementlardan
qaysi biri biriktirib oluvchi, qaysi biri birikuvchi
ekaniga ko’ra faol valentlik va nofaol (passiv) valentlikka bo’lish odat tusiga
kirmoqda.
Qolaversa, lisoniy birliklar valentliklarning yuzaga chiqish zarurligi yoki
zaruriy emasligi belgisiga ko’ra majburiy (obligator) va
fakultativ valentliklarga
ham bo’linadi. Valentlikning mazkur turga bo’linishi pozision sintaksisning ta’siri
natijasidir. Valentlikni bu jihatdan o’rganish pozision sintaksisning rivoji uchun
keng imkoniyat yaratadi.
Pozision sintaksis talqiniga muvofiq, gap tarkibida markaziy o’rin egallagan
tayanch so’z, ya’ni predikat qator pozisiyalarga o’rin ochadi. Bu pozisiyalardan
ayrimlari gapning mazmuniy-grammatik shakllanishi uchun to’ldirilishi
zaruriy
bo’lsa, boshqalari zaruriy bo’lmaydi. Qo’shimcha axborot beradi. Masalan,
Ahmad
shkafdan kitob oldi
gapida
kitob
so’zi zaruriy,
shkaf
so’zi esa fakultativ valentlikni
to’ldirib kelgan birliklar sanaladi.
Leksik valentliklarning bevosita yuzaga chiqishi so’z birikmalarini hosil
qiladi. Semantik valentlik so‘z leksik ma’nolarining mantiqiy uzvlariga asoslanadi.
“Semantik valentlik ma’noning alohida uzvlari chatishuviga asoslanadi”.
(G.Helbig)
Bunda so‘zlar, ayniqsa, fe’llarning imkoniyatini shu o‘rinda alohida tilga
olish zarur. Ular nafaqat harakatni nomlash, balki
shu harakatning barcha
ijrochilarini,
kechimini,
vaziyatini
oldindan
ko‘rsatish
imkoniyatiga
ega.bordim(biror joyga), o‘qidim (biror narsani), mehr qo‘ydim (kimga)
Leksik-semantik valentlik so‘zning leksik ma’nosidan, ya’ni leksemaning
sememasidan boshlanadi. Agens valentligi- kesim ifodalangan so‘zning shu
so‘zdan anglashilgan harakat, holat, belgi mansub bo’lgan leksik birlikni birikma
uchun talab qiladi. U semantik agentiv fe’llarda faol kuzatiladi.suva devorni suva,
suvoqchi suvadi. Chal, yoz, o’qi, kuyla, sug’or kabi.
Mazmun valentligi aktanti
ma’nosi hamma vaqt predikativ vazifadagi so’zning ma’no uzvi bo’ladi.
I.Qo’chqortoyevning qayd etishicha, o‘zbek tilidagi fe’llarning mazmun valentligi
aktanti sintaktik jihatdan asosan to’ldiruvchi(vositasiz) va ko‘chima gap vazifasini
o’taydi. Sifatning mazmun valentligi gapning ajratilgan bo’lagida uchraydi.
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent:
Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Cedric Boeckx / Massimo Piatelli-Palmarini language as a natural object-
linguistics as a natural science // The Linguistic Preview/. Volume 22, Issue 2-4,
447-466.
2.Кедров Б.М. О современной классификации наук // Вопросы философии.
1980. №10. – Б.85.