2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


Logopediya fanining metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

Logopediya fanining metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning 
tamoyil va metodlari. 
Nutq buzilishini o‘rganishda va tuzatishda logopediya fani 


59 
nutq va fikrning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi 
umumiy va maxsus qonuniyatlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi nazariy 
qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi 
omillarning o‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi 
kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.
 
Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish 
maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va 
metodlardan foydalaniladi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: 
sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik 
rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish, 
faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga 
olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va 
tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar. 
Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema to‘g‘risidagi 
tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari o‘zaro chambarchas aloqada 
bo‘ladi. SHu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini 
tuzatishni o‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha 
tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi.
Nutq buzilishlarining o‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib 
tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik 
jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq 
rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi 
muhim jihatlarini tuzatish nuqtayi nazaridan tahlil qilish zarur bo‘ladi. Bunday 
hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik 
xususiyatga ega bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib, nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda komplekslilik 
tamoyili muhim o‘rin tutadi. 
Nutq buzilishlarini o‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar 
rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir. 
Rivojlanish tamoyili, Shuningdek, bolaning yaqin rivojlanishi doirasida o‘rin 
olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarini logopedik ish jarayoniga 
ajratishni ham ko‘zda tutadi.


60 
Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, Shuningdek, ular bilan olib 
boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini 
(predmetli-amaliy, o‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Tuzatish – logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari 
namoyon bo‘lish izchilligini, Shuningdek, bolaning ontogenezidagi (ontogenetik 
tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi. 
Nutq buzilishlarining paydo bo‘lishi ko‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning 
o‘zaro murakkab ta’siri bilan bog‘langan bo‘ladi. Nutq buzilishlarini samarali 
logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, 
mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko‘rsatish, 
nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o‘zaro munosabatlarini aniqlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq buzilishlarini o‘rganish va tuzatishda didaktik 
tamoyillar: ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondashish va 
boshqalar muhim o‘rin tutadi. Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir 
necha guruhlarga bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruh – tashkiliy metodlar: qiyosiy longityudinalь (dinamikada 
o‘rganish), kompleksli. 
Ikkinchi guruhni empirik metodlar tashkil etadi: observatsion (kuzatish), 
eksperimental (laboratoriya, tabiiy, shakllanuvchi yoki psixologik-pedagogik 
sinov), psixodiagnostik (testlar, standartlashtirilgan va xayoliy loyihalashtirilgan, 
anketalar, suhbatlar, intervьyu) faoliyatini, Shuning bilan bir qatorda nutqiy 
faoliyatini ham tahlil qilishning praksimetrik usullari, biografik metod (anomnestik 
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish). 
Uchinchi guruhga olingan ma’lumotlarni miqdor (matematik-statistik) va sifat 
analizi kiradi. Bunda olingan ma’lumotlar E1. 
HMni 
qo‘llagan 
holda 
mashinada ishlab chiqiladi. 
To‘rtinchi guruh – interpretatsion metodlar, uslublar, o‘rganilayotgan 
hodisalar o‘rtasidagi aloqalarni nazariy tadqiq qilish usullari (qismlar va butunlik 
o‘rtasidagi, alohida jihatlar va umuman hodisa o‘rtasidagi, funksiyalar va shaxs 
o‘rtasidagi hamda boshqa aloqalar). 
Tadqiqotning ob’ektivligini ta’minlovchi texnik vositalar: kompьyuter
intonograflar, spektograflar, nazometrlar, video nutq, fonograflar, spirometr va 
boshqa apparaturalar, Shuningdek, butun nutq faoliyati va uning ayrim 
komponentlarini dinamikada o‘rganishga imkon beruvchi rentgenokinofotografiya, 
glottografiya, kinematografiya, elektromiografiyalardan keng foydalaniladi. 
Logopedning shaxsi: Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar 
tizimini egallagan bo‘lishi kerak. Bu bilimlarning majmui va kengligi unda 
nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini 
olish va uni bartaraf etish usullari haqidagi, ruhiy-pedagogik ta’sir etish metodlari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. 
Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish 
usul hamda metodlarini egallagan bo‘lishi, bunday nuqsonlarning oldini olishga 


61 
doir profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha 
tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo‘yicha o‘qitishning maxsus 
metodlarini qo‘llay olishi, g‘ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik 
xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagan 
bo‘lishi, ulardagi oliy miya qobig‘i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish 
uslublaridan qo‘llana olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo‘yicha chuqur bilimga 
egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo‘yicha qo‘llanmalarni 
bilishni o‘z ichiga oladi. 
Bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib 
boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi 
darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o‘zida namoyon etadi: 
kasbiga qiziqishlik; bolalarni sevish, o‘ziga va atrofdagilarga talabchanlik; 
pedagogik ijodiy xayol va kuzatuvchanlik; samimiylik, kamtarlik, mas’uliyatlilik, 
so‘zda va amalda qat’iylik hamda izchillik. 
Logoped ilg‘or tajribalarni umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning 
eng yaxshi vositalari bo‘yicha izlanish olib borishi kerak. 
U egallab olishi lozim bo‘lgan malakalar keng va turlichadir: o‘quv-bilish 
(adabiyotlar bilan ishlash, bolani kuzatish, pedagogik jarayonni modellashtirish, 
tuzatish-tarbiyalash orqali ta’sir etishning samarali yo‘llarini tanlash va boshqalar): 
o‘quv-tashkiliy (muqobil va kalendar rejalashtirish, yakka tartibda va guruhli 
mashg‘ulotlar o‘tish, jihozlarni yaratish, keng qamrovli ta’sir etishni ta’minlash 
hamda bu qamrovda ishtirok etish va boshqalar); o‘quv-pedagogik (har bir voqeani 
tahlil qilish, tuzatishning aynan bir xil vositalarini tanlash va hokazo). 
Bundan tashqari, logopedning ishi deontologiya tamoyillariga qat’iy amal 
qilishga asoslanishi kerak (logoped nutqi buzilgan shaxs, uning qarindoshlari, ish 
joyidagi hamkasblari bilan bo‘ladigan o‘z munosabatlarini qanday tashkil etishi 
lozim). 
Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va 
pedagogik odobi haqidagi ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. Unga amal qilishda 
logopeddan nutqida kamchiligi bor bolaning ota-onalari psixologiyasini tushunishi 
va ular bilan bir qatorda qayg‘urishi talab qilinadi. Logoped juda sabotli, tabdirkor 
va xayrihoh, nutqi buzilgan shaxsga va uning ota-onalariga vrachning bemorga va 
uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo‘lishi, nutq 
buzilishlarining og‘ir jihatlari va muhimi, mexanizmlarini aniqlashda, ular haqida 
oldindan ma’lumot to‘plashda ehtiyotkorlik qilishi, nutq buzilishlarining tashqi 
ko‘rinishini, ularning mohiyatini hisobga olishi kerak. 
Logoped va bolalar muassasasi vrachi, logoped va tarbiyachi, logoped va 
pedagog o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro to‘g‘ri munosabatlar pedagogik 
deontologiyaning muhim sharti hisoblanadi. 


62 
Logoped nutqi atrofdagilarga – nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham 
namuna bo‘lishi lozim. Logoped yagona nutqiy tartibni ta’minlaydi, maxsus 
bolalar muassasalaridagi o‘rta va kichik xodimlarga nutq madaniyatini o‘rgatadi, 
qator hollarda, masalan, maxsus bolalar uylari sharoitlarida barcha o‘quv-
tarbiyaviy jarayonni boshqaradi. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Logopediya so‘zini izohlab bering. 
2.
Logopediyani fan sifatida ta’riflab bering. 
3.
Logopediyaning predmeti, ob’ekti va ahamiyatini sharhlang. 
4.
Logopediya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
5.
Logopediya qaysi fanlar bilan bog‘langan? 
6.
Logopediyaning metodologik asoslarini sharhlang. 
7.
Logopediya qaysi tamoyillarni o‘z ichiga oladi? 
8.
Logopediya fanining metodlarini yoriting. 
9.
Logoped shaxsini ta’riflang. 
10.
Logopediyada kategorial apparat tushunchasini ta’riflang. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish