2. O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali 1-mavzu: “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanining o’rganish obyekti, maqsadi va vazifalari


-mavzu:Tilshunoslik va logopediya. Tovushlarning me’yoriy talaffuzi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana23.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#697390
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR

11-mavzu:Tilshunoslik va logopediya. Tovushlarning me’yoriy talaffuzi. 
Me’yoriy talaffuzga o‘rgatish
Reja: 
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari 
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediya fanining 
metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning tamoyil va metodlari. 
3.Tovushlarning me’yoriy talaffuzi. Me’yoriy talaffuzga o‘rgatish 
Tayanch tushunchalar:
logopediya, sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish 
tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va 
mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning 
buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish.  
Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida 
nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. 


51 
Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, 
oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga 
qo‘shadilar. 
«Logopediya» termini grekcha 
logos
(so‘z, nutq), 
peydeo
(tarbiyalayman, 
o‘qitaman)
 
so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, tarjimada to‘g‘ri «nutqni tarbiyalash» 
ma’nosini anglatadi. 
Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan 
shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‘rganish 
ob’ekti – nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq 
normasidan biroz bo‘lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi. 
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar 
logopediyasi, o‘smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo‘linadi. 
Logopediyaning asosiy maqsadi
 
nutqida nuqsoni bor shaxslarni o‘qitish, 
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, 
Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm 
va chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning 
shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi. 
I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o‘zaro ta’sir 
haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi 
nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta’limoti, ruhiy 
funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M. Sechenov, I.P. 
Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik 
nazariyalari haqidagi ta’limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik 
asosidir. 
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik 
funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu esa 
signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan 
uzviy bog‘langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. 
Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga 
soluvchi ta’siri namoyon bo‘ladi. So‘z alohida xususiyatning signali, 
umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari 
orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, 
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida samarali logopedik
ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi. 
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1.
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini 
o‘rganish. 
2.
Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini 
aniqlash. 


52 
3.
Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‘z-o‘zidan va biror maqsadga 
qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs 
sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon 
qilishga, o‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. 
4.
Rivojlanishida turli xil farqlar bo‘lgan bolalarda (eshitish, ko‘rish, fikrlash 
qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning 
shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o‘rganish. 
5.
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va 
alomatlarini aniqlash. 
6.
Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish. 
7.
Nutq buzilishlarini tartibga solish. 
8.
Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari 
va vositalarini ishlab chiqish. 
9.
Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 
10.
Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy 
yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq buzilishlarini 
o‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan 
metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini 
olish, aniqlash va bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va 
amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir. Qo‘yilgan vazifalarni hal 
etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
1)
fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni 
o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, 
tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni 
hamkorlikda ish olib borishga jalb etish; 
2)
nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan 
va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi 
hamkorlikni ta’minlash; 
3)
nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini 
amalga oshirish; 
4)
nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar 
targ‘ibotini olib borish. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir 
kuchini belgilaydi. 
Logopedik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli 
nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida 
sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, 
nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat 
jarayonlarini rivojlan-tirish; Shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, 
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir 
etish nazarda tutiladi. 
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to‘g‘rilash bilan bir qatorda 
psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U 


53 
pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamol 
toptirish imkonini beradi. 
Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy 
ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri 
va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. Nutq 
vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi 
jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. 
So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat 
bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. 
Ular aynan o‘xshash emas va ma’lum darajada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda 
paydo bo‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat 
jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi. 
Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy, ijtimoiy 
aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi 
tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi. 
Bolaning nutqni o‘zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish 
va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatning turli shakllarini 
rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar 
yaratadi. 
U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga 
bog‘liq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning 
faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, 
ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu 
nutq va tafakkurning chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy 
aloqalarning cheklanganligi bilan bog‘langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-
muhitni idrok etishi amalga oshadi. 
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining 
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-
irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi 
salbiy 
fazilatlar 
(tortinchoqlik, 
qat’iyatsizlik, 
odamovilik, 
salbiylik, 
nomukammallik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin. 
Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o‘zlashtirishga, kasb 
tanlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning 
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish