Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 37,8 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi37,8 Kb.
#930323
Bog'liq
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING
XORIJIY TIL VA ADABIYOT YO`NALISHI

Tekshirdi: ___________________


Bajardi: ___________________
Jizzax – 2023
Ibtidoiy san’at
San'at ijtimoiy ong shakillaridan biri bo`lib ibtidoiy jamiyat tarixining tongida emas, balki ancha keyinroq vujudga kelgan, degan fikr keng tarqalgan. Lekin ibtidoiy san'atning kelib chiqishi masalasi haqida olimlar orasida kuchli tortishuvlar mavjuddir. Olimlarning bir guruhi san'atni dinga, afsungarlikka va totolizimga bohlaydilar. Olimlarning boshqa bir guruhi «san'at uchun» degan mantiqsiz nazariyaga yopishib olib, san'atni kishilik jamiyati hayotidan ajratib qo`yishga urindilar va urinmoqdalar. Ibtidoiy san'at va uning kelib chiqishini tushunishida. G. V. Plexanovning «Adressiz xat» maqolasi muxim axamiyatga egadir. Keyingi vaqtda yer kurrasining turli joylaridan kishilikning ibtidoiy davriga mansub bo`lgan ko`pgina san'at obidalari topildi. Ilg’or fikrli olimlar ibtidoiy san'atning barcha turlari o`z moxiyati va mazmuni bilan shak-shubxasiz insonning mehnat faoliyati bilan uning izchil tafakkuri, kayfiyati va fikr-muloxazasi bilan bohliq ekanligini ta'kidlaydilar. Ibtidoiy san'atning vujudga kelishini o`ziga xos shart-sharoiti bo`lib, ibtidoiy kishilarning ongi ma'lum darajaga yeta boshlagach vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san'at to`satdan, birdaniga vujudga kelmagan albatta. U mehnat jarayonida vujudga keldi va rivojlanib kamol topdi.


Million, necha yuz ming yillar davomida ibtidoiy insonning ongi tafakkuri mehnatda bo`lgan munosabati, malakasi rivoj topdi va o`zgardi. Bu hol o`z-o`zidan ibtidoiy san'atning vujudga kelishi uchun zamin xozirlagan edi. San'atning vujudga kelishi kishilik madaniyati tarixida olha tashlagan katta qadam edi.


Arxeologik qazilmalardan shu narsa-ayonki kishilikning ibtidoiy to`da davrida san'at, din va ma'naviy-madaniyat mavjud bo`lmagan.
Ma'naviy madaniy, uning bir turi hisoblangan san'at kishilik jamiyatning ancha keyingi bosqichida urug’chilik tuzumining shakillana boshlagan. Chunki bu vaqtga kelib odamlar tafakkur, til, atrofni bilish, narsalarni farqlash, qurol ishlash, uy-ro`zg’or buyumlarini tayyorlashda ma'lum darajada muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ibtidoiy san'at hazirgi zamon kishisiga oddiy ko`rinadi. Lekin ibtidoiy inson tomonidan yaratilgan ilk san'at ko`p qirrali bo`lib, tosh, loydan ishlangan odam xayvon xaykalchalar oxra bilan chizilgan rasmlar, toshga, suyakka va boshqa buyumlarga, o`yib chizilgan xilma-xil rasmlar ibtidoiy san'atning eng dastlabki namunalari xisoblanadi. Bu jihatdan qora, qizil, sariq, yashil bo`yoqlar bilan chizilgan mamont, yovvoyi ot, arslon, fil, bug’i, yovvoyi echki, karkidon yovvoyi sigir, buqa to`ng’iz kabi boshqa yovvoyi xayvon va narsalarning tasvirlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
Tosh asrining so`nggi bosqichlarida, ayniqsa mezolit (o`rta tosh asri) davrida ishlangan ibtidoiy tasviriy san'atning Altamira, Nio, Uch barodari, Pinedel, Saxro Kabir, Kapova g’ori, Lena, Yenisey, Ob, Amur, Alyaska, Saxalin, Muhuliston, O`zbekistondagi Zarautsoy, Tojikistondagi Shaxta g’ori, Bittik chashma, qirhizistondagi Sari-jaz va yer yuzining turli joylaridan topilgan boshqa namunalar ayniqsa diqqatga sazovordir. Ibtidoiy davrda oxaktosh, mergel kabi yumshoq toshlardan ba'zan ayol va erkaklarning tasvirlarini ishlash odat bo`lgan. Yer yuzining turli joylaridan, xususan sobiq SSSR dagi Gagarino, Kostyonka, Malta va boshqa yerlaridan topilgan xaykallar shular jumlasiga kiradi. Ayollarning tasviri ayniqsa realistik tarzda bo`lib, ularning onalik va jinsiy bulgilari ayniqsa bo`rttirib ko`rsatilgan. Lekin tosh asridagi rassomlardan ko`p narsa kutib bo`lmas edi albatta. U davrda ishlangan qoya tosh suratlari odam xaykalchalari o`zining saddaligi bilan ajralib turardi. Lekin ijodiyotning eng dastlabki ilk namunasi va tasviriy san'at sohasidagi dastlabki qadam edi. Uning madaniy-tarixiy ahamiyatga ham shunda edi.
Bu xol keyingi davr tasviriy san'ati uchun dastlabki poydevor toshi xisoblanadi.
qo`shiq ertak, muzika, maqol va xalq ijodiyotining boshqa turlari ibtidoiy san'atning ajralmas qismini tashkil qiladi. qo`shiq ertak, maqol, matal va boshqalarning vujudga kelishi ham kishilikning ibtidoiy davriga borib taqaladi.
San'atning xilma-xil turlari singari xususan muzika ham mehnat jarayonida vujudga kelganligi shak-shubhasizdir. XIX asrning oxirlarida yashagan nemis Karl Byuxer muzika mehnat jarayonida paydo bo`lgan, degan nazariya yaratdi.
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko‘tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O‘rta Osiyoning tog‘lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o‘yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir.
O‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo‘lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yod-gorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko‘plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo‘yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi.


Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar oʼz boshidan kechirdilar. Аna shu uzoq davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi zamon odami tipi paydo boʼldi, odamlar jamoasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaifligi odamlarni jamoa boʼlib yashash va mehnat qilishga daʼvat etdi. Ular qudrat birlikda ekanligini hayotning ilk bosqichidayoq sezdilar. Bu qudrat ularni tabiat sirlarini oʼrganishga boshladi. Madaniyat va sanʼat ravnaqiga zamin yaratdi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi sanʼati tarixi, odamzod tafakkuri, his-tuygʼularining paydo boʼlishi va rivojlanishidan boshlab yer yuzida birinchi davlatlarning yuzaga kelishigacha boʼlgan davr sanʼatini oʼz ichiga oladi, oʼrganadi va tahlil etadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar mehnat va ov qurollari, uy-anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan. Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, gʼor va yertoʼla devorlariga chizilgan surat va boʼrtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini oʼrganishning muhim manbai hisoblanadi.
Sanʼat qadim-qadimdan kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va rivojlandi. Odamlar mehnat jarayonida shakl tuygʼusini his etib, ritm, simmetriya tushunchalarini oʼzlashtira boshladilar. Ular mehnat jarayonida tabiat kuchlarini oʼzlariga buysundira boshladilar. Ishlatilayotgan buyumlarning shakli bajarayotgan mehnatlarini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkinligini tushundilar. Odamlarda qulaylik va foydalilik tushunchalarining yuzaga kelishi voqelikdagi, hayotdagi tushunchalarning yuzaga kelishi imkoniyatini rivojlantira boshladi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qoʼydi. Sanʼatning yuzaga kelishi insonning obʼektiv voqelik toʼgʼrisidagi bilimlarning chuqurlashtirilishiga, oʼz avlodi tajribasidan bahramand boʼlishga olib keldi.
Аrxeologiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan materialarga qarab uch asosiy bosqichga ajraladi:
1.Tosh asri-eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha boʼlgan davr.
2. Mis va bronza asri-eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik.
3. Temir asri-eramizdan avvalgi 1 ming yillik.
Tosh asri, oʼz navbatida uchga boʼlinadi:
1. Kadimgi tosh asri-paleolit-eramizdan avvalgi 10 ming yillikkacha boʼlgan davr.
2. Oʼrta tosh davri-mezolit-eramizdan avvalgi 10-6 ming yillik.
3. Yangi tosh asri-neolit-eramizdan avvalgi 6-3 ming yillikni oʼz ichiga oladi.
Аrxeologlar maʼlumotiga koʼra paleolit asrida ayniqsa uning soʼnggi bosqichlarida tasviriy sanʼatning hamma turlari paydo boʼldi, diniy tushunchalar shakllana bordi. Paleolit asriga oid faktik materiallar Yevropa, Osiyo va Аfrika qitʼalaridan topilgan.
Dastlabki rasmlar rimitiv va asosan hayvonlar koʼrinishini tasvirlaydi. Mamont, yirik kutos, kiyik, ot va boshqa hayvonlar kontur chiziqlarda, tabiiy buyoqlarda ishlangan. Paleolit sanʼatining eng gullagan davri madlen asriga toʼgʼri keladi. Bu davrda ishlangan hayvonlar tasviri aniq, shakli real, proportsiyalari toʼgʼri olingan. Ularning oʼziga xos xarakterli tomoni koʼrsatiladi. Rassom ranglar yordamidan nur-soya imkoniyatlaridan ham foydalana boshlagani sezilib turadi. Frantsiyaning Fon de Gom, Lyasko, Nio va Shimoliy Ispaniyaning Аlьtamir gʼorlari devorlariga ishlangan suratlari hayvonlar natural kattalikda, nihoyatda jonli va taʼsirchan ishlangan.
Haykaltaroshlikda ham hayvonlar tasvirini yasash keng oʼrinni egallaydi. Odam tasviri ayniqsa ayollar haykali paleolit davrida keng uchraydi. Garbiy Yevropadan (Аvstriya) topilgan «Villendorf Venerasi» deb nomlangan haykali mashhurdir.
Mezolit yoki oʼrta tosh asrida odamlar katta boʼlmagan toʼdaga ajralgan holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin koʼchib oʼtish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Odamlar tasavvurining kengayishi, abstrakt tushunchalarning yuzaga kelishi sanʼatning shakl va mazmun xarakterida ham sezila boshladi. Sanʼat mavzusi kengaydi, janrlari ortdi. Jang voqealari, ovchilikni aks ettiruvchi murakkab kompozitsiyalar yaratildi. Ishlangan suratlarda voqealarni keng, atroflicha bayon etishga intilish ortdi. Rassom oʼz fikrini bayon etish uchun obrazlarni sxematik voqeaning mohiyatini ochishga harakat qildi.
Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, Oʼrta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga sazovordir. «Kiyiklarni ovlash» (Ispaniya) suratida obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), sxematik, oʼta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lekin shartlilik rassom aytmoqchi boʼlgan fikrni tushunishga xalaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat-kiyiklarning jon holatda qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, xayajon ibtidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. Oʼrta Osiyo (Surxondaryo, Fargʼona), Ozarbayjon (Kobiston)dan topilgan suratlarda ham shu holni koʼramiz.
Neolit yoki yangi tosh asrida odamlar faqat tabiat inʼom etgan mahsulotlarni isteʼmol qilish bilan chegaralanmay. Balki oʼzlari ham uni yaratishga koʼpaytirishga harakat qila boshlaydilar. Ishlab chiqarish jarayoni kuchayib bordi, shu bilan birga kishilarning maʼnaviy olami, dunyoqarashi ham murakkablasha bordi.
Koʼrish sanʼatining paydo boʼlishi ham ijtimoiy hayotdagi oʼzgarishlardan dalolat beradi. Bu asrda toʼkimachilik, terini qayta ishlash ham murakkablashdi. Ijtimoiy hayotda ishlab chiqarish kuchlarining oʼsishi, soʼzsiz, odamlar orasidagi munosabatlarning taraqqiy etishiga yordam berdi. Naqsh yangi tosh asrida keng yoyildi, amaliy-dekorativ sanʼatining taraqqiy etishiga taʼsir koʼrsatdi.
Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Paralel, spiralsimon va toʼlqinsimon chiziqlar. Kontsentrik aylanalar shu davrdagi koʼpgina naqshlarning asosini tashkil etadi.
Naqsh sanʼati endilikda dekorativ funktsiyani bajaribgina qolmay, balki shu bilan birga kishilarning gʼoyaviy va falsafiy tushunchalarini ham ifodalay boshladi. Yangi tosh asrida mayda plastika ham keng yoyildi. Loy, yogʼoch, shox va suyaklardan hamda qisman toshdan haykallar ishlandi. Mavzusi, asosan, hayvonlarni aks ettirish boʼldi. Koʼp hollada hayvonning bosh qismini aniq tasvirlash va tana qismining umumlashma koʼrinishini ishlash orqali erishadi.
Ijtimoiy hayotda sodir boʼlgan oʼzgarishlar neolitning soʼnggi va bronza asrida yuzaga kelgan megalitik (yunoncha «mek» katta, «lit» tosh soʼzidan olingan) qurilmalarida yaqqol seziladi. Odamlarning diniy tushunchalari - ota-bobolar ruhi bilan bogʼliq holda yuzaga kelgan bu qurilmalar katta toshlardan koʼpchilik kuchi bilan barpo etilgan. Bu qurilmalar uch tipda-mengir, dolьmen, kromlex tiplarida barpo boʼlgan.
Mengirlar oʼz xarakteriga koʼra tik oʼrnatilgan katta toshlar boʼlib, ularning balandligi 20 metrga yetgan. Baʼzan mengirlar baliq, odam, hayvon shakllariga oʼxshatib ishlangan, koʼp hollarda mengirlar yuzasi boʼrtma tasvirlar bilan qoplangan. Bunday yodgorliklar Аrmaniston, +ozogʼiston va Sibirь oʼlkalarida ham koʼplab uchraydi.
Dolьmenlar tik oʼrnatilgan ikki yoki toʼrt tosh ustundan tashkil topgan boʼlib, ularning ustki qismlari ham shunday yaxlit yassi toshlar bilan berkitilgan. Tosh ustunlar yuzasi pardozlangan, baʼzan ramziy belgilar chizilgan. Bu yodgorliklar qabrtosh vazifasini ham bajargan boʼlishi mumkin. +isman turar joy vazifasini ham oʼtagan. Dolьmenlar oʼz koʼrinishi va qurilish, printsipi jihatidan dastlabki monumental meʼmorlik namunasi hisoblanadi.
Kromlex aylana boʼylab tik oʼrnatilgan toshlarda qurilgan boʼlib. Ular tosh toʼsqinlar bilan birlashtirilgan.
Аngliyada Stounxendj yaqinidagi kromlex shu tipdagi qurilmaning klassik namunasidir. Dolьmen va Kromlex yodgorliklari /arbiy Yevropa, Shimoliy Аfrika, Kavkaz, Sibirь va Qozogʼiston yerlarida uchraydi.
Bronza asrida amaliy-dekorativ sanʼat yanada rivojlandi. Endilikda sopol buyumlardan tashqari hayotda mis, oltin va bronzadan ishlangan predmetlar ibtidoiy jamoa kishisi hayotinda muhim oʼrin egallay boshladi. Turli taqinchoqlarni oʼyma chiziqli naqshlar bilan bezash odat tusiga kirdi.
Аyrim yerlarda kulolchilik dastgohlarining vujudga kelishi sopol buyumlar shaklining tekis va koʼrimli boʼlishini taʼminladi. Haykaltaroshlar loydlan tashqari, metall, yogʼochdan keng foydalana boshladilar.
Bronza asrining soʼnggi bosqichida Kavkazda Koban (Shimoliy Kavkaz, Osetiya) madaniyati rivojlandi. Bu yerdan metalldan ishlangan turli buyumlar topilgan. Аyniqsa, bronzadan ishlanib yuzasiga oʼyma tasvir va naqshlar tushirilgan uncha katta boʼlmagan boltachalar alohida mashhurdir. Koban madaniyatida mayda platika ham alohida oʼrin egallaydi.
Oʼrta Osiyo yerlarida bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik oʼrtalariga toʼgʼri keladi. Bu yerlarda metallardan buyumlar ishlash keng tarqaldi. Jumladan Fargʼonadan topilgan bilaguzklarda qoʼy va sher tasviri ayniqsa taʼsirli chiqqan. Bronza asrida Oʼrta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgohlarining yuzaga kelishi esa, soʼzsiz. Yaratilgan buyumlarning yanada nafis va goʼzal boʼlishini taʼminladi.
Temir asrida ham amaliy-dekorativ sanʼat yetakchi oʼrinni egalladi. Kulolchilik texnikasining murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning keng koʼlamda ishlatilishi uning sifatini oʼzgartirdi, yangi tur va formalarni yuzaga keltirdi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozitsiyalardan foydalanish tendentsiyalari rivojlandi. Mayda plastikada metalldan ishlangan haykalchalar. Janrli kompozitsiyalar paydo boʼldi. Ibtidoiy jamoa tuzumining soʼnggi bosqichi-temir asri sanʼati va madaniyatini Yevropada galьtshtat, (Galьshtat (Xalьshtat)-Аvstriyada joylashgan) bizda esa skiflar madaniyati tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Markaziy Osiyo, +ora dengiz va Аzov dengizi sohillari, Kavkaz etaklari, Kaspiy yoqalari, Janubiy Sibirь, Oltoyda bir-biriga yaqin boʼlgan bir qancha qabilalar yashagan boʼlib, ular ichida ayniqsa skif qabilasi yetakchilik rolini oʼynagan. Shuning uchun bu yerlar sanʼatini koʼp hollarda skif sanʼati va madaniyati shu davrni esa skiflar davri deb yuritiladi.
Skiflar mustahkam qoʼrgʼonlar, oʼz boshliqlari vafotidan keyin ularga atab katta tuproq qoʼrgʼon-qabrlar qurganlar, bino devorlarini naqsh va devorik suratlar bilan bezaganlar. Lekin skif madaniyatida amaliy-dekorativ yunalish alohida oʼrini egallaydi. Oltin, kumush. Bronza, suyak va yogʼochlardan yasalgan turli uy-anjom, zebu ziynat buyumlari oʼzining nafisligi, ishlanish texnikasining yuksakligi bilan hamon kishilarni maftun etadi. Bugungi kunda jahonning mashhur muzeyi Ermitajda saqlanayotgan 40 mingdan ortiq skif madaniyati yodgorliklari ibtidoiy jamoa tuzumining soʼnggi bosqichi-temir asrini taʼriflashga qoʼl keladigan bebaho manbadir. Bu yodgorliklarning katta qismida hayvonlar tasviri ishlangan. Oltindan ishlangan kiyik tasviri skif sanʼatining nodir yodgorliklaridan biridir. Goʼyo oldinga uchib borayotgan qilib tasvirlangan bu asarda reallik noreallik bilan uygʼunlashib ketgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat taraqqiyotining uzoq davom etgan bosqichidir. Shu davr ichida inson tafakkuri kamol topdi, his-tuygʼulari rivojlandi. Inson dastlab tabiat yaratgan inʼomlar isteʼmolidan oʼzi mahsulot yaratishga oʼta bordi. U mehnat jarayonida sanʼatni yaratdi. Sanʼat voqelikni obrazli bilishga yordam berish bilan birga, oʼz kuchiga ishonch hosil qilish, tevarak-atrof qoidalarini oʼzlashtirish, uni goʼzallik qonunlari asosida qayta koʼrishga imkon berdi.
Ibtidoiy jamoa davri sanʼati qadimgi sharq, antik dunyo va oʼrta asr Yevropa sanʼati hamda ilk sinfiy jamiyat sanʼatining asosini tashkil etdi. Oʼrta Osiyo oʼzining tabiiy sharoitiga koʼra odam zotini yashashi uchun qulay tabiiy imkoniyatlardan yaxshiligi tufayli bu oʼlkada juda qadimdan odamlar qabila-qabila boʼlib yashagani va ularni chorvachilik, bogʼdorchilik va dehqonchilik bilan shugʼullanganligi maʼlumdir.
Oʼzbekiston hududlarida er.avv. V-II minginchi yillardayoq juda koʼplab vohalarda katta-katta jamoalar tashkil topgan. Ular er.avv. III-II minginchi yillarda misdan foydalandilar. Vohalarda oʼn ming kishilik katta-katta shaharlar paydo boʼladi. Bu shaharlarda yirik qoʼrgʼonlar, qalʼa, saroylar qurila boshlandi. Xullas III-II ming yilliklardayoq Oʼzbekiston hududlarida shaharsozlik, bular asosida meʼmorchilik, ular bilan birga amaliy sanʼat rivojlandi, devoriy rangtasvir shakllana boshladi.
Oʼrta Osiyoda er.avv. III-II minginchi yillarda bunyod etilgan meʼmorchilik inshootlarining shiftlari, devorlari va pollarini bezatish odat tusiga kira boshlagan. Oʼzbekistonning ayrim hududlarida dastlabki quldorlik davlatlari ham shakllana boylaydi. Bu davrlarda odamlar tabiiy xodisalarga qiziqishi va ularga sigʼinishi asosida dastlabki diniy tushunchalar ham paydo boʼla boshlaydi. Shu davrlarda hunarmandchilik ham asta shakllana boshlaydi. Turli mehnat qurollari, roʼzgʼor buyumlari, zeb-ziynatlar yasash tobora takomillashib, ular sanʼat darajasigacha koʼtarilib borardi. Er.avv. II-I ming yiliklarda qadimgi Sugʼd, Xorazm sanʼat va madaniyati rivojlangan oʼlkalardan biriga aylandi. Er.avv. I-minginchi yillarning boshlarida Surxon va Fargʼona oʼlkalarida ham shaharlar paydo boʼla boshladi. Qadimgi Xorazmda zardoʼshtiylik diniga asos solindi. Boshqa vohalarda ham bu din tarqala boshladi. Bu dinni muqaddas kitobi «Ovesto» (er.avv. VII asr) yaratildikim, bu asarning koʼplab oyatlariga rasmlar ishlandi. Bu oʼz oʼrnida tasviriy sanʼatini rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yaratadi. Er.avv. I-minginchi yillarda Zardoʼshtiylik dinining meʼmoriy obidalari ibodatxonalari qurila boshlandi. Bu Oʼrta Osiyoda meʼmorchilikni rivojlanishiga yana bir zamin boʼldi. Bu davrlarda mis, bronza, kumush, oltin, sopoldan ishlangan turli buyumlar, zeb-ziynatlar yaratildi. Ularga turli xildagi tematik kompozitsiyalarda rasmlar ishlandi. Binolarni ichki devorlariga, shift va pollariga turli mavzudagi syujetli rasmlar ishlandi. Аyrim bino interьerlarini haykallar bilan bezatilganligi kuzatiladi. Er.avv. VI-IV asrlardagi meʼmorchilik sanʼati boʼyicha Xorazmda bunyod etilgan Koʼzali qir, Kallali qir meʼmorchilik ansambllari yaxshigina taassurot beradi.Er.avv. VI-IV asrlarga oid Аmudaryoning yuqori oqimi vohalaridan topilgan «Аmudaryo boyligi»ni oʼrganish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boylik topilmalari orasida oldindan yasalgan haykallar, bilaguzuk, uzuk, muhr, tangalar, oltin aravacha, qurolar diqqatga sazovor boʼlib, ular Oʼzbekiston tasviriy sanʼatini qay darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.
Oʼrta Osiga yunonlar bosib kelishi (А.Makedonskiy) bilan ellinistik sanʼat taʼsiri kuchayib boradi. Oʼrta Osiyoning shaharsozlik sanʼati va meʼmorchilik sanʼatida, shuningdek amaliy sanʼatda ellinistik sanʼat uslublarini qoʼllanila boshlandi. Binolarni ichki bezaklarida, binolarni ustun va devoriy bezaglarida ham yunon sanʼati taʼsiri sezila boshlandi. Xullas, Oʼzbekiston sanʼati tarixi oʼrganilganda uni juda qadimdan er.avv. VIII-IV asrlardan boshlanib, u quldorlik jamiyati davridan rivojlanishi, qadimgi Sugʼd, Xorazm sanʼati va madaniyati, Oʼrta Osiyoliklarni diniy tushunchalari, zardoʼshtiylik dini, uni tasviriy sanʼatni rivojlanishidagi ahamiyati, meʼmorchilikni rivojlanishi va amaliy sanʼatni takomillashuvi ancha yuqori saviyada boʼlganligi kuzatiladi.
Download 37,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish