Kurilishni tashqil qilish va yo‘l qurilishi ishlarini olib borishni
loyihalashtirish. Loyihalarni tuzish.
Qurilishni tashqil qilish loyihasi (QTQL) texnik loyihaning tarkibiy
qismidir. QTQL ning asosiy vazifasi — texnologik qurilish sxemasini va ob’ektning
smeta qiymatini aniklash uchun zarur bo‘ladigan tashqiliy ma’lumotlarni aniklash.
Qurilishni tashqil qilish loyixdsida asfalt-beton va sement-beton zavodlarni
joylashtirish joylari belgilab quyiladi. Ko‘p incha ABZ va SBZlar yo‘l quruvchilari
tomonidan foydalaniladigan maxsus temiryo‘l tupiklarida (shoxobchalarda)
joylashtiriladi. Birok buning doim ham ilojisi bulmaydi. YAqin atrofda temiryo‘l
stansiyalarining yo‘qligi tufayli QTQLda relslar (pirslar) oldidagi materiallar bilan
ta’minlash bazalari nazarda to‘tiladi. Bir yilda 50 km dan ortiq yo‘l qurilishi ishlari
olib borilayotda bunday bitta baza ABZ va SBZlar ishlaydigan 1-3 ta trassa oldi
ob’ektlariga xizmat ko‘rsatishi lozim. QTQLda bu zavodlarni yo‘l buylab
joylashtirish, shuningdek ularni ombor xujaligi, elektr energiyasi, bug va suv bilan
ta’minlash masalalari xal etiladi.
Ishlarni amalga oshirish loyixdsi (IAOL) loyixd tashqiloti tomonidan yoki
uning buyurtmasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan trest tomonidan tuziladi. Bu loyixd
ishchi chizmalar, texnik loyixd va uni tuzish uchun
zarur barcha dastlabki
materiallar asosida ishlab chiqiladi.
IAOL qurilishning tashqiliy-texnik darajasini oshirish va yo‘lning uz vaqtida
ishga tushirilishini ta’minlashga mo‘ljallangan. IAOL mavjud sharoitlarda optymal
bo‘lgan ishlar usullarini belgilaydi va bunda ularning sifatini nazorat qilishning,
mehnat sarfini va qiymatini pasaytirishning, qurilish muddatlarini kiskartirishning
samarali choralarini ta’minlashga aloxsda e’tibor karatadi. IAOL bo‘lmagan da
ishlarni bajarish taqiqlanadi. IAOLni tuzishda birinchi galda qurilish sharoitlariga
javob beradigan eng ilgor texnologiya aniklanadi. Qabul qilinadigan texnologiya
belgilangan sifat darajasini hamda yo‘lni ishga tushirish muddatlarini ta’minlashi
lozim.
IAOLda
tarmokli
rejalashtirish,
dispetcherlashtirish,
qurilishni
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi, eng unumli yoki barcha mashinalardan ikki
smenada foydalanishga asoslangan kompleks mexanizatsiya nazarda to‘tiladi.
Ushbu masalalar bilan shugullanadigan muhandis-texnik xodimlar mazkur
ob’ektdagi kichik mexanizatsiya vositalarini, rejalarni yuqori sifat bilan oshirib
bajarishni ta’minlash uchun sharoitlarni yaratib bera oladigan texnologik
jarayonlarni, xavfsizlik texnikasi choralarini va atrof-muxitni muxofaza qilish
choralarini yaxshi bilishlari lozim.
Ishlarni olib borish usullarini tanlashda ular asosan iktisodiy ko‘rsatkichlar
asosida baholanadi, bu ko‘rsatkichlar qurilish-montaj ishlari gannarxi, qurilishning
davomiyligi va ishlarning mehnat sig‘imi bilan belgilanadi. QTQL va IAOLni
tuzishda qurilishning umumiy muddatini aniklash uchun amalga oshirilgan
xarajatlar taqqoslanadi.
QTQL va IAOLni ishlab chiqishda namunaviy
loyiha hujjatlaridan keng
foydalaniladi. -TKLva IAOL loyiha hujjatlarining maxsus shakllari bo‘yicha
rasmiylashtiriladi. Bu shakllar qo‘shimcha tarzda aniklashtirilishi mumkin.
QTQL texnik-iktisodiy asoslash hujjatlari, tadqiqotlar materiallari,
quruvchilar bilan kelishilgan ta’minot sxemalari va ishlarni tashqil qilish usullari,
ishchi kadrlar bilan ta’minlash xakidagi ma’lumotlar, rejalashtirilayotgan qurilish
tashqilotlari quvvatlari xakidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
QTQL ga qurilishning kalendar rejasi; qurilishning bosh rejasi; qurilish va montaj
ishlari hajmlari axborotnomasi; qurilish konstruksiyalari, buyumlar, yarim
fabrikatlar va asbob-uskunalarga eo‘tiyoj grafigi; asosiy qurilish mashinalariga
eo‘tiyoj grafigi; ishchi kadrlarga eo‘tiyoj grafigi; moddiy-texnik baza korxonalari,
turarjoylar, tashqi yo‘llar, ularga to‘tashgan MPS stansiyalari, aloxa va elektr uzatish
liniyalari joylashuvi; daraxt kesish va
erlarni ajratish axborotnomasi; qurilish
sharoitlari tavsifi va asosiy texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlar kiradi. Maxalliy qurilish
materiallaridan foydalanish, mexanizatsiyalash vositalarini qo‘llash, maxalliy
qurilish materiallari bilan ta’minlashda transport sxemasini tanlash bo‘yicha
karorlar bosh pudratchi qurilish tashqiloti bilan kelishiladi.
IAOLga qurilish-montaj tashqilotining tashqiliy-texnik tadbirlar rejasi,
amaldagi operativ rejalashtirish tizimi, qurilishni boshqarish va hisobini yuritishni
hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. IAOLga kompleks tarmokli va kalendar grafik
(unda qurilish-montaj ishlar hajmlari uamda ishlab chikilgan texnologiya asosida
ishlarni bajarish izchilligi va muddatlari belgilanadi, mehnat resurslariga eo‘tiyoj,
shuningdek barcha turdagi asbob-uskunalarni etkazib berish muddatlari
aniklanadi,); yo‘l yoki uning uchastkalarining sxematik rejasi tusiklar orqali o‘tish
joylari, grunt sharoitlari, doimiy va vaqtincha transport yo‘llari, elektr va iseiklik
ta’minoti ob’ektlari,
aloka tarmokdari, omborlar va qurilish uchunzarur boshqa
inshootlar va qurilmalar joylashuvi ko‘rsatilgan holda; transport sxemalari uamda
moddiy-texnik resurslarni etkazib berish, mashinalar, moslamalar va transport
vositalaridan foydalanish va kayta joylashtirish grafiklari; muayyan yo‘l
uchastkalariga va tabiiy tusiklardan o‘tish joylariga bog‘langan murakkab ishlarni
bajarish (bu ishlar kuchma bulinmalar - poezdlar, kolonnalar, brigadalar tomonidan
ixtisoslashtirilgan potoklarda bajariladi) bo‘yicha texnologik kartalar va sxemalar;
qurilishning maxalliy sharoitlarga bog‘langan individual va namunaviy bosh o‘tish
joylari rejalari; vaqtincha qurilish bazalarining (bitum eritish bazalari, ombor va xk.)
anik trassa uchastkalariga boglagan brosh rejalari kiradi.
IAOLda shuningdek, qurilish konstruksiyalari, detallar,
yarim fabrikatlar,
materiallar va uskunalarning ob’ektga kelib tushishi grafigi; ishchi kadrlarga
eo‘tiyoj grafigi; asosiy qurilish mashinalariga eo‘tiyoj grafigi; murakkab ishlar va
yangi usullarda bajariladigan ishlar bo‘yicha texnologik kartalar; kolgan ishlar
bo‘yicha - ob’ektga va maxalliy sharoitlarga, yoki texnologik sxemalarga
bog‘langan namunaviy texnologik kartalar (ishlar ketma-ketligini, mehnat
xarajatlari uamda materiallar va mashinalarga eo‘tiyojlarni, xo‘jalik hisobi usulida
ishlaydigan brigadalar uchun bosqichlarni bayon kilgan holda) uam ko‘rsatilishi
lozim.
Odatda, zamonaviy sharoitlarda mehnatni brigada
pudrati usulida tashqil
qilish, uning asosiy shakli sifatida esa - karama-qarshi potokli brigada pudratidan
foydalanish maqsadga muvofiq» Bunda, agar yo‘l qurilishining yirik ob’ektlari katta
xududda yoki yangi uzlashtirilgan mintaqalarda joylashgan bo‘lsa, ishlarni tashqil
qilishning ekspeditsion- vaqta va vaqta usullarini tavsiya qilish mumkin. IAOLda
shuningdek, mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha loyiha
ishlanmalari; ishlarning sifatini nazorat qilish va baholashni amlga oshirish uchun
hujjatlar xam nazarda to‘tiladi.
Tushuntirish xatida ishlarni bajarish bo‘yicha echimlar asoslab beriladi; elektr
energiyasi, suv, gazga extiyoj xisoblab chiqiladi; vaqtinchalik (inventar) binolar va
inshootlar ruyxati beriladi va qurilish uchastkalariga bog‘lanadi; ishlatilayotgan
kommunikatsiyalarning ishdan chiqishini oldini olish tadbirlari; IAOLda qabul
kilingan echimlarning texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlari keltiriladi.
IAOLda quyidagi asosiy texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlar beriladi: qurilish-
montaj ishlarining tannarxi va mehnat sig‘imi; mazkur ob’ekt qurilishiga
chalgitilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglar qiymati;
qurilish
davomiyligi; loyihada qabul kilingan echimlarni tavsiflovchi boshqa
ko‘rsatkichlar.
Ishlarni tashqil qilish loyihalari (ITQL) loyiha tashqiloti ishlab chikadigan yo‘l
loyihasi tarkibiga kiradi. Loyihalar texnologik kartalarda bayon kilingan namunviy
ishlab chiqarish echimlaridan foydalanishga asoslangan. Ular xar xil bo‘ladi, chunki
yo‘l konstruksiyasi toifasi va boshqa ma’lumotlarga bog‘liq holda turli xil maxalliy
sharoitlarni, turli mashinalarni va materiallarni loyiha talablarini xisobga oladi.
Turli ishlarni tashqil qilish loyihalarini tavsiflash uchun texnologik kartalarni
tuzishga misollar yo‘lning tegishli elementini qurish ishlari texnologiyasi va ishlarni
tashqil qilish bayonida tegishli bulimlarda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: