Keltirilgan transport yo‘l-qurilish trestiga tegishli bo‘lib, uni oldindan,
qurilish
mavsumi boshlanishidan ilgari ajratiladi.
So‘nggi yillarda avtomobil transporta ishlari xo‘jalik xisobi: mustakil
balansdagi to‘liq xo‘jalik xisobi asosida - qurilish yuklarining vazirliklar, idoralar
va ularning xududiy bulinmalari, trestlar (tashqi transport)ning maxsus avtotransport
korxonalari kuchlari bilan markazlashtirilgan tashuvlarda yoki ichki sex xo‘jalik
hisobi asosida - yo‘l poyini ko‘tarish, ko‘p riklar, karer trassalari buylab liniyadagi
binolar qurilishi va x.k.larga bog‘liq ishlarda olib boriladi.
Avtomobil transporta ishi harakatlar grafigi asosida tashqil etiladi. Transport
ishining qanchalik anik olib borilishi qurilish tashqilotining samarali faoliyatini
belgilab beradi. Avtomobillarning junatilishini dispetcherlik xizmati nazorat qiladi.
Tashqi transport yordamida sement, moylovchi materiallar, benzin, dizel yonilgisi,
bitum, metall, propan gazi (gazgolderlarda) etkazib beriladi. Tashqi transport -
temiryo‘l va daryo transporta. Daryo transporta faqatyoz mavsumida ishlaydi.
Temiryo‘l va daryo transporta ulardan foydalanuvchi tashqilotlar ixtiyoridadir.
Tashqi transportning normal ishlashini ta’minlash
xamda tashuvlarga ehtiyojni
qondirish maqsadida yo‘l qurilishi tresti ta’minotchilar bilan kafolat shartnomalarini
tuzadi.
Ichki transport qurilish xududi ichida yuklarni tashiydi. Ichki transportning
asosiy yuklari yo‘l qurilishi materiallari: tosh, shag‘al, maxalliy karerlardan olingan
qum, asfalt va beton korishmalari, bitum, liniyadagi ishlar uchun emulsiyalardir.
Transportdan foydalanishning xal qiluvchi omili tashuvlar qiymati hisoblanadi.
Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda (yukning turi, uni yuklash sharoitlari,
harakatlanish uzoqligi va tezligi) 1 tonna yukni tashishdagi transport ishi birligi
qiymati eng past bo‘lgan transportdan foydalaniladi.
Avtomobillardan tulakonli foydalanilishiga xos xususiyat kiska masofalardagi ishlar
bo‘lib, unda tannarx ancha oshadi, o‘rtacha xarakatlanish tezligi esa pasayadi. Katta
tonnali avtomobillar, tirkamalar bilan ishlash, traktorlar va tirkamali tyagachlardan
foydalanish tashuvlar tannarxini kamaytiradi.
Transport
vositalaridan, ayniksa avtomobillardan samarali foydalanilishi
uchun yuklarni tashish yo‘llarini yaxshi holatda saqlash zarur.
Yo‘l qurilishida, odatda, "ombordan" deb ataluvchi tashuvlar tizimidan
foydalaniladi. Bu asosan tayyor mahsulotni ishlab chiqarish
korxonalaridan olib
etkazib berish uchun muxim axamiyatga ega.
Avtomobillarning normal ishlashi uchun yaxshi yuklash maydonchalari,
kirish va chiqish yo‘llari quriladi. Maydonchalar va yo‘llar qattiq koplamaga ega
bo‘lishi kerak. Yo‘llar halka tizimini qo‘llagan holda karama- qarshi tashuvlarni
istisno etadigan tarzda quriladi. Tungi smenadagi ishlarda yuklash joylari yoruglik
yogdiruvchi projektorlardan foydalaniladi.
Moddiy-texnik ta’minot, xususan qurilish materiallarini tashish iilan bog‘liq
barcha masalalar qurilish tashqilotlarini moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha
ma’lumotuomalarda batafsil bayon kilingan.
YUkni tashish samaradorligining shak-shubxasiz sharti
uning dastlabki sifatini
saqlash bo‘lib, shuning uchun tashuvlar uchun transport vositalari va yo‘nalishlarini
tanlashda yukning mazkur toifasining transportda qanchalik tashilishi mumkinligini
(transportabelligini) xisobga olinishi lozim. Transportabellik - yukning tashish
jarayonida o‘zining dastlabki sifatini sakdab kolishsh kobiliyati. Masalan, beton
korishmalari va suyukliklar tashilganda tarkibiy qismlari ajralib kolishshi,
plastikligini yo‘qotishi, sachrashi mumkin. SHuning uchun ularni tashishda maxsus
transport
- beton tashuvchi, beton koruvchi, eritmalar tashuvchi avtomobillardan
foydalanish zarur. Samosvallarga kelsak, beton korishmalarini
tashishda ulardan
foydalanish ancha cheklangan.
Yo‘l qurilishida temir yo‘llar yuklarni relsli yuklash bazalari va temiryo‘l
stansiyalaridagi vaqtinchalik omborxonalarga etkazib berish uchun tashqi transport
turi sifatida ko‘llaniladi (100-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: