ishlarini bajarish uchun mexanizatsiyalashtirilgan vositalar, shuningdek yo‘l
qurilishi korxonalari uchun texnologik asbob-uskunalar bilan kompleks tarzda
ta’minlash bo‘yicha tadbirlar yigindisi.
Moddiy-texnik ta’minot vazifalari: qurilishning moddiy resurslarga bo‘lgan
ektiyojini aniklash; uni rejalashtiruvchi organlarda asoslash; ta’minotchilar bilan
eng maqbul alokalarni o‘rnatish. Barcha resurslarni ularni tayyorlash joyidan
bevosita foydalanish (o‘rnatish) joyiga "anik va uz vaqtida" etkazib berish va bunda
xech qanday yo‘qotishlarsiz omborga taxlash va saqlashni ta’minlash
maqsadga
muvofiq va iktisodiy jikatdan ma’kuldir.
Moddiy-texnik baza tarkibiga yo‘l qurilishi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari
kam kiritiladi, bular: qurilish materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha karerlar, shag‘al
ishlab chiqarish korxonalari (KDZ), mineral kukun ishlab chiqarish, organik
bog‘lovchilar tayyorlash (suvsizlantirish va ishchi karoratigacha kizdirish), asfalt
(ABZ) va sementbeton (SBZ) korishmalar, yo‘l emulsiyalari va pastalar tayyorlash,
mustahkamlangan gruntlar tayyorlash, yigma temir-beton buyumlarini tayyorlash
korxonalari, rels oldi yuk tushirish bazalari.
Korxonalarni
joylashtirish, ularning quvvati va unumdorligini anikdash
texnik-iktisodiy kisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi, bunday kisob-kitoblar
yordamida yo‘l qurilishi uchun kelgusida materiallarga, yarim fabrikatlarga va
yigma konstruksiyalarga talab ham aniklanadi;
ular asosida, shuningdek,
maksulotning eng kam koplanish muddatida eng past qiymatini ta’minlovchi
uskunalarning turli quvvatlari kiyosiy baholanadi; ishlab chiqarish korxonalarini
tashqil etish uchun zarur kapital xarajatlar; dastlabki xom ashyoni etkazib berish
uchun eng kam xarajatlarni talab qiladigan transport alokalari;
sanitar- gigienik
sharoitlar; korxonani energetik resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlari aniklanadi.
Avtomobil yo‘llari va birinchi navbatda ish uchastkalari qurilishini tashqil etishning
umumiy sxemasi, ularning yo‘nalishi va tezligi ko‘p jixatdan asosiy yo‘l-qurilish
materiallari bilan ta’minlash manbalarining joylashuvi va quvvatiga bog‘liq.
CHetdan keltirilgan materiallardan foydalanilganda materiallar tushiriladigan temir
yo‘l stansiyalarining joylashuvi xisobga olinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi mahsulot ishlab chiqarish
xususiyatlariga xam bog‘liq. Qurilish materiallari (graviy, qum, tog‘ jinslari) konlari
doim xam davlat standartlariga to‘g‘ri kelavermaydi, ularni uzoq masofadan tashib
kelish xam maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin.
Avtomobil yo‘llari, ko‘p riklar va boshqa inshootlarni qurishda tuman
axamiyatidagi (maxsus) korxonalar tashqil etiladi. Qurilish ob’ektlari guruxiga yoki
xududiy yo‘l xo‘jalik lariga xizmat ko‘rsatish maqsadida tuzilgan bunday korxonalar
samaradorligi yuqori bo‘lib, sifati yuqorirok va tannarxi pastrok mahsulot ishlab
chiqarilishini ta’minlaydi.
Ba’zi bir mahsulotlarni (asfaltbeton va sementbeton korishmalar, bog‘lovchilar bilan
tuyintirilgan grunt) uzoq saklab bulmaydi, shuning uchun korishmalarni ularni
ishlatish joyiga etkazib berish vaqti muxim axamiyatga ega,
bu vaqt qurilish
me’yorlari va koidalari bilan tartibga solingan bo‘lib, 0,5-1 soat chegarasida yotadi
(xavo harorati va korishmalar etkazib beriladigan yo‘llar axvoliga bog‘liq holda).
Qattiq koplamali yo‘llarda transport vositalari tezligi 40 km/soatgacha chiqishi
mumkin, grunt yo‘l yoki yomon yo‘ldan xarakatlanayotganda esa tezlik 15
km/soatgacha pasayishi mumkin.
Korishmalar sifatini saklab kolishsh uchun xarakatdagi va oson ko‘chadigan
korxonalarga afzallik beriladi, ularni boshqa qurilish maydoniga 1-2 kun ichida
kuchirib o‘tqazish va Avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha potokka kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: