108-rasm. Xususiy potoklarning so‘tka davomidagi ishi davomiyligi
grafigi:
1- yorug kun davomiyligi; 2 - sement-beton koplamani qurish bo‘yicha smena davomiyligi; 3
sement-grunt asosni qurish bo‘yicha smena davomiyligi.
Bu operatsiyalarda ishlar davomiyligi bir yarim yillik yoz oylarida (may -
avgust) tegishlicha so‘tkasiga 13,6 va 14,3 soatga etdi (bu paytda yorug kun
davomiyligi 15 soatni tashqil kilgan).
Yo‘l to‘shamai qurilishi sur’ati uzgarmasdan so‘tkasiga 830 metrni tashqil
kilgani sababli, sement-beton va sement-grunt korishmalarini kuyishda
smenalarning ko‘p aytirilishi DS-110 jamlamasi unumdorligining o‘rtacha 9 foizga
kamayishiga oib keldi. Birok bu samosvalga maksimal extiyojning kamayishi, ya’ni
mashina parkining 1,5 baravarga kiskarishi xisobga koplandi.
Avtomobil transportiga extiyoj epyurasini tekislash, birinchi varinatda bo‘lganidek,
qumni ob’ekt oldidagi omborlar va zavodlarga tashish xisobiga amalga oshirildi.
Kuz va bahor paytlarida qum qattiq koplamali mavjud yo‘ldan ABZ va SBZga
etkaziladi.
Optimal kalendar grafikni (qurilish muddatlari va odamlar va texnikadan
samarali foydalanish
bo‘yicha ) faqatvariantli loyihalashtirish asosida tuzish
mumkin. Masalan, grunt ishlarini bajarish ketma-ketligining, yo‘l to‘shamai
qurilishi bo‘yicha potok yo‘nalishining, chiziqdi binolar va inshootlar qurilishining
turli variantlarini kurib chiqish mumkin. Koplamani qurishda samosvallarga extiyoj
epyurisini tekislashga SBZni kayta bazalashtirish xisobiga, asos qurilishida esa -
muayyan hajmdagi sement-grunt korishmasini karerda emas, balki bevosita yo‘lning
o‘zida tayyorlash hisobiga erishish mumkin.
Yo‘l qurilishi jarayonlari juda murakkabdir. To‘g‘ri karorlar qilish uchun
zarur axborot hajmi ko‘p ayib boradi. Bunda xar qanday axborot emas, balki uz
vaqtida beriladigan, xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan, raxbariyat e’tiboriga
molik axborot kerak. Raxbariyatni butun axborot oqimini shaxsan taxlil qilishdan va
uning asosida ayni paytda rejani bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy vokea-
xodisalarni ajratishdan ozod kila oladigan tizimga zarurat paydo bo‘ladi. Ko‘p incha
bunday tizim bo‘lmagan da e’tibor asosiy vokealarga emas, balki ikkinchi darajali
holatlarga karatiladi, natijada qurilishda yashirin shaklda oksashlar ko‘p aya boradi,
ular esa ishlar barcha zarur vositalar bilan ta’minlangan sharoitda xam rejaning
bajarilmasligiga olib kelishi mumkin.
SHunday usul kerakki, uning yordamida qurilishni samarali rejalashtirish va
boshqarish mumkin bulsin. Tarmokli rejalashtirish va boshqarish usullari bunday
talablarga javob beradi, ularda asosiy dasturilamal hujjat tarmokli grafik
xisoblanadi.
109-rasm. Ish mehnat qilish jarayoni bo‘lib, mehnat xarajatlarini, resurslarni, hajmni talab
qiladi.
Ish tushunchasiga ko‘tish jarayoni, ya’ni tarmokdi grafik kurilayotgan
ob’ektning grafik modeli bo‘lib, u barcha ishlarni texnologik alokada va uzaro
bog‘liqlikda ifodalaydi. Grafik masshtabsiz strelkalar bilan birlashtirilgan
rakamlangan doirachalar ko‘rinishiga ega (6.16-rasm). Uzluksiz chiziqlar bilan
chizilgan strelkalar odamlar va mashinalar ishini shuningdek, texnologiya bo‘yicha
oldingi ishlar bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Doirachalar keyingi ishlarni boshlash
uchun zarur natijani ifodalaydi. Bu natija vokea deb ataladi. U guyoki ishlarni
"biriktirish" xususiyatiga ega. Barcha strelkalar - ishlar - bitta tomonga (oxirgi
vokeaga) karatilgan xamda zanjir, yoki yo‘lni xosil qiladi. SHunday qilib, tarmokdi
grafik asosiy uchta elementdan iborat. Bular: ish, vokea, yo‘l. mednat xarajatlarini,
resurslarni talab kilmaydigan, birok vaqtni oladigan jarayon xam kiritiladi, masalan,
betonning kotishini ko‘tish grafikda uzluksiz strelka bilan belgilanadi va ko‘tish
vaqti ko‘rsatiladi. "Mantikiy aloqa", yoki "fiktiv ish", ya’ni xech qanday xarajatlarni,
vaqtni talab kilmaydigan jarayon xam shu erga kiritiladi, u punktir chiziq bilan
belgilanadi. Ishlar davomiyligi t xarfi bilan belgilanadi. Grafikda ishni bajarish
uchun zarur vaqt (so‘tkalarda yoki smenalarda) strelka tagida ko‘rsatiladi.
Vokea - bitta yoki bir nechta ishlarni bajarish natijasi. Bu jarayon emas, shuning
uchun vaqt davomiyligiga ega emas. Vokeaga kirgan barcha ishlar bajarib bulingan
bo‘lsa, vokea yuz bergan xisoblanadi. Tarmokdi grafik boshida turgan, birorta xam
ish kiritilmagan vokea dastlabki vokea xisoblanadi; grafikning oxirida turgan, undan
birorta xam ish chikmaydigan vokea yakunlovchi vokea deb ataladi. Grafikda vokea
doiracha bilan belgilanadi, uning ichiga tartib rakami yoki kod yoziladi.
To‘liq yo‘l - tarmokning dastlabki vokeasidan boshlanadigan va yakunlovchi
vokeada tugaydigan uzluksiz ketma-ketlikdagi ishlar yigindisi. To‘liq yo‘l
davomiyligi tj bilan belgilanadi. Qurilish grafigida (6.16- rasmga karang) turtta
to‘liq yo‘l bo‘lib, ularning xar biri davomiyligi quyidagicha:
0, 1,2, 6,9 = 3+3+3+4= 13;
0, 1,4, 5, 7,9 = 3+2+6+8=19;
0, 1, 2, 3, 5, 7, 9 = 3+3+2+6+8=22;
0, 1,8,9 = 3+3+4=10.
Yo‘llarni solishtirganda ularning eng uzuni aniklanadi. Mazkur holda bu t
1
0,
1, 2, 3, 5, 7, 9 bo‘lib, u 22 kunga teng. Bunday yo‘l kritik deb ataladi va t
Kp
deb
belgilanadi. Kritik yo‘l grafikda tuk chiziq bilan, bo‘tun grafik kaysi rangda
chizilgan bo‘lsa, usha rangda yoki kizil chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Kritik yo‘l operativ tarzda ob’ektiv usullarda aniklanadi (EXM yordamida). U
qurilishning xdkikatdagi axvoliga bog‘liq; bo‘lib, ishlarni boshqarish uchun zarur
bo‘lgan eng muham axborot xisoblanadi. Mazkur vaqt davomida kritik yo‘ldagi
ishlarni bilgan holda, mavjud resurslar va imkoniyatlar chegarasida e’tiborni shu
ishlarga jamlash va xavfli oksashlarga yo‘l ko‘ymaslik mumkin. Bunda qurilishning
kundalik boshqaruvchi hujjati hisoblanmish tarmok grafigini o‘zgartirishga xojat
bulmaydi.
Tarmok usulining asosiy afzalliklari:
loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlari davomida rejalashtirish, ishlarni tashqil
etish va nazorat qilish borasida qabul qilinadigan karorlar ob’ektiv asosga ega
bo‘ladi, bu esa rejaning bajarilishi ko‘rsatkichlarini ancha jiddiy (15-30%ga)
yaxshilash imkonini beradi, ya’ni qurilishda ritmiklik, katiylik va ishchanlik muxiti
mustahkamlanadi;
-
boshqaruv oksayotgan zvenolarni doim tortib turish asosida emas, balki
nosozliklarni oldini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
-
Tarmokli rejalashtirish va boshqarish (TRB) usuli ishlarning umumiy
davomiyligini xamda vaqt rezerviga ega bo‘lgan ishlarni aniklash imkonini beradi;
tegishlicha, raxbarlar bo‘tun dikkat-e’tiborni va kuchni kritik yo‘ldagi ishlarga
karatishlari mumkin;
-
bunday usul ishlarni amalga oshirish loyihalarini to‘zib chiqish sifatini oshiradi,
chunki tarmok grafiklarini tuzishda eng malakali ijrochilar - bevosta ob’ekt
quruvchilari: ustalar, brigadirlar, yo‘l qurilishi boshqarmalarining boshliklari va
bosh muhandislari ishtirok etadi; xar bir mutahassisning mas’uliyati va javobgarligi
aniklashtiriladi;
-
usul jarayon xakida anik tasavvur beradi;
-
qurilishning borishi xakidagi axborot muntazam, uz vaqtida va talab etilgan
miqdorlarda tushib turadi, bu esa rperativ nazoratning eng munosib tarzda tashqil
etilishini ta’minlaydi. Natijada xar bir axborot asosida kritik yo‘lning yangi xrlati
aniklanadi yoki oldingisi tasdiklanadi, kritik yo‘lga tushmagan barcha ishlar
bo‘yicha vaqt zaxirasi ko‘rsatiladi.
Bularning xamma si raxbarlarning okilona boshqaruv ishlarini olib borishlari uchun
kulay imkoniyat yaratadi, ular yo‘l qurilishini nafaqatuz tajribasi, vijdoni va
intuitsiyasi asosida, balki hisob-kitob usullari, tashqiliy tadbirlar va nazorat uslublari
majmuasidan iborat tizim asosida boshqaradilar.
TRB usulining kamchiliqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: rejalashtirish,
tashqil etish va nazorat qilishning tarmok usullari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini
yaxshilash imkonini bersada, vazifani ishlab chiqarishning barcha sharoitlarini
hisobga oladigan kat’iy matematik bog‘liqliklar asosida optimal xal qilishni
ta’minlamaydi; katta hajmdagi ishlarda va murakkab ob’ektlarda tarmok grafiklari
ishlarni tashqil qilish, quvvatlarni va vositalarni joylashtirishning yakkol kurgazmali
sxemasi bula olmaydi. Birok bu kamchiliqlar jiddiy emas. Birinchi aytilgan
kamchiliq usulning mukammal emasligini, uni kaysi yo‘nalishda rivojlantirish
kerakligi, xususan, yo‘l qurilishini tashqil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ikkinchi
kamchiliq tarmok grafiklarini ishlab chiqishda bartaraf etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |