yuklash-tushirish ishlarini avtomatlashtirish
va robotlashtirish, materiallar,
konstruksiyalar va buyumlarni saqlash texnikasini takomillashtirish, moddiy
kimmatliklarni saklashda, hisobga olishda va berishda yo‘qotishlarga yo‘l
ko‘ymaslikdan iborat.
Bularning barchasiga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, yo‘l qurilishi
sharoitlarida bevosita yo‘l ishlarida omborxonalar imkoni boricha kichik hajmlarda
tashqil etiladi va buning uchun bir kator xollarda ularni ximoya qilish uchun saroy
va bostirma turidagi vaqtinchalik inshootlardan foydalaniladi.
Qurilishga keltiriladigan
barcha turdagi materiallar, buyumlar, shuningdek
ularni qabul qilish Davlat standartlariga, texnik shartlarga, shuningdek etkazib
berish shartnomalarida nazarda to‘tilgan qo‘shimcha talablarga mos kelishi kerak.
Materiallar va buyumlar sanab o‘tilgan hujjatlarga mos kelmasa, yoki etkazib berish
muddatlariga rioya etilmasa, yo‘l qurilishi tashqilotlari
etkazib beruvchi
tashqilotlarga yoki transport tashqilotlariga belgilangan tartibda reklamatsiya beradi.
Materiallar va buyumlar omborlardan faqatlozim tarzda rasmiylashtirilgan va
tasdiklangan hujjatlar (shakllar) bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar hajmi uchun
belgilangan normalar asosida extiyojga qarab beriladi.
Yo‘l qurilishidagi omborxonalar tarkibiga modsiy-texnik ta’minot omborlari,
asosiy texnologik va ixtisoslashtirilgan omborlar kiradi.
Moddiy-texnik ta’minot omborlariga turli materiallar va buyumlarni (taxta-yogoch,
mashinalar va uskunalar uchun suyuk yonilgi, kora va rangli metall, extiyot sismlar,
motorlashtirilgan aslaxalar va xk.) saqlash bo‘yicha markaziy omborlar kiradi.
Asosiy texnologik (ekspluatatsion) turdagi omborlarga xom ashyo va yonilgi,
yarim fabrikatlar va tayyor mahsulot (temir-betor va b.) omborxonalari kiradi.
Ixtisoslashtirilgan omborlarga karbit kalsiy, ammiak, portlovchi materiallar,
zaxarli ximikatlar va maxsus saqlash sharoitlarini taqozo etuvchi boshqa
materiallarni saqlash omborlari kiradi.
Ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga xizmat ko‘rsatishning optimal sharoitlarini
ta’minlash va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish uchun mazkur mintaqadagi
barcha qurilish boshqarmalari uchun omborlarni kooperatsiyalash, omborlarning
SBZ, ABZ ishlab chiqarilishi yaqinida joylashtirilishi imkoniyatlari xisobga olinadi.
Bir kator xollarda omborxonalar relslar oldida kuriladi.
Aloxida toifa korxonalari bo‘yicha (yongin va portlash xavfi bo‘yicha )
omborxonalar ekspluatatsion va zaxira (bazisli) omborlariga tasniflanadi.
Ekspluatatsion omborlar qurilishning va korxonalarning joriy extiyojlariga xizmat
qiladi; zaxira omborlar materiallarni uzoq muddatda saqlash uchun mo‘ljallangan,
bu muddatlar maxsus yuriknomalar va nizom lar da belgildnadi.
Tashqi belgilari bo‘yicha omborlar ochik (ximoyalanmagan), yopik (binolar) va
silosli omborlarga bulinadi.
Ochiq omborlarda
atmosfera yogingarchiliqlari, namlik yoki quruq havo,
quyosh nurlari va xk. ta’siridan o‘zgarmaydigan materiallar saqlanadi. YOpik va
silosli omborlar yonilgi, mashinalar va jihozlar, sement, mineral kukun va xk.larni
saqlashga mo‘ljallangan.
Bunday omborlar maydonchalari yuk operatsiyalarini bajarish uchun kirish
yo‘llari va frontga ega bo‘lishi kerak. Materiallarni bo‘t saqlash va ularni
joylashtirish kulay bo‘lishi uchun ochik omborlar maydonchalari qattiq koplamada
rejalashtiriladi va o‘rnatiladi.
Omborning kamda yuk operatsiyalarini mexanizatsiyalashda ko‘llaniladigan
jikozlarning texnologik sxemasiga bog‘liq kolda ochik omborlarda kranli
estakadalar, yuk platformalari kamda shtabellar uchun tayanch devorlar o‘rnatiladi.
YOpik omborlar turli materiallarni saqlash galablaridan kelib chikib, isitiladigan va
isitilmaydigan bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy omborlar barcha yuk operatsiyalari bo‘yicha kompleks tarzda
mexanizatsiyalash-gan va avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Odatda,
bu doimiy amal
qiluvchi markaziy omborlardir.
YOpik omborlarni qurishda namunaviy loyikalardan foydalaniladi va ular maxalliy
sharoitlarga bog‘langan bo‘ladi.
Mazkur turdagi ishlarni kompleks mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish)
usullari va vositalarini tanlash kisob-kitob yo‘li bilan aniklanadigan iktisodiy
samaradorlik (kurilgan xarajatlar bo‘yicha ) ko‘rsatkichlarini takkoslash asosida
amalga oshiriladi.
Sochiluvchan va agdariladigan yuklarni tushirish va taxlash uchun
estakadalardan, transheyalardan, baland temiryo‘l liniyalaridan, rele osti
bunkerlaridan, silovlardan (pnevmatik
yuk tushirishda mineral kukun, sement),
lentali konveyerlardan, greyverli kranlardan, itaruvchi va sikib chikaruvchi maxsus
moslamalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: