TUNIS
Davlat tuzumi
TUNIS respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959 y. 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987 y.dan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy toʻgʻri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shim. va shim.gʻarbiy qismini Atlas togʻlarinnng sharqiy tarmoklari (TelAtlas, Tunis tizmalari va b.) egallaydi. Tunis tizmasining gʻarbiy qismida mamlakatdagi eng baland nukga — Shambi choʻqqisi (1544 m) bor. Togʻlar oraligʻida platolar, shim.da Tunis payettekisligi va jan.gʻarbda Tunis sohili, T.ning markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali kazilmalardan fosforit, temir, qoʻrgʻoshin, marganets va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniklangan. Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka jan.da tropik choʻl iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. Oʻrtacha tra yanvarda 10°, iyulda 26°, jan.da yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400—1500 mm, Tunis tizmasidan jan.da 100— 200 mm. Dare kam, yirik daryosi — Majarda (uz. 460 km). Tuproq va oʻsimliklari, asosan, Oʻrta dengiz atrofiga xos. Togʻlardagi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarida aralash oʻrmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda choʻl va chala choʻlga xos oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi: shim.da qoplon, toʻngʻiz, alqor, chala choʻllarda qoraqulok,, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar koʻp. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xoʻjaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. Oʻrta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va b. milliy boglari, qoʻriqxona va rezervatlar tashkil etilgan.
Aholisining 97% dan koʻprogʻi tunislik arablar, 1%dan ortigʻi barbarlar, ozroq yevropalik (fransuz, italyan va b.)lar. Rasmiy til — arab tili. Fransuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%.
Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayruvon.
Tarixi
Tunis. hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-a.da T.ga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan T.da asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shaxardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. T. Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 y. barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 y. T. Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 y. T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 y. arablar Qayruvon sh.ga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shim. Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 y. ular Karfagenni, 703 y. esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil T. Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 y. barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.
1535 yil T.ni Ispaniya bosib oldi, 1574 y. turklar ispanlarni quvib chiqarib, T.ni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari T.ni nomigagina idora qilar edi. 1591 y.dan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705 y. Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861 y. Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881 y. fransuz qoʻshinlari T.ni bosib oldi. 1934 y. Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 y.larda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida T. ozodlik armiyasi (1952 y. Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 y. 31 iyulda Fransiya T.ga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955 y. 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan T.ni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956 y. 20 martda Fransiya T. mustaqilligini tan oldi. 1957 y. monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. T. — 1956 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 26 noyab.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Yangilanish harakati partiyasi, 1939 y. tuzilgan, 1993 y.gacha T. kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934 y. Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964 y.gacha Yangi dustur, 1988 y.gacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973 y. tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 y.larda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988 y. tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988 y. tashkil etilgan. T. umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946 y. asos solingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |