9 mavzu tarix qisqartma
1 Shayboniyxon davrida mamlakat hududi : Xorazm, Xuroson, Movaraunnahr
2 Shayboniyxon o’limidan so’ng butun xorazm mustaqil bo’lib oldi (1511), Xurosonni esa Eron savafiylari bosib oldi
3 Abdullaxon II davriga kelib yana ikkita hudud qayta bosib olindi lekin o’limidan so’ng yana xorazm mustaqil bo’lib oldi va Xurosonni esa Eron savafiylari bosib oldi
4 XVI asr boshlarida Shayboniyxonni Movaraunnahr va Xorazmga yurishlari davomida 500-600 ming Dashti qipchoq aholisi kirib kelgan
5 XVI asr boshlarida Buxoro xonlik aholisi ko’chib kelgan o’zbeklardan tashqari turk chig’atoy va tojiklardan iborat bo’lgan
6 XVII asrlarda manbalarda esa Buxoro xonligi o’zbek ,tojiklardan iboratligi qayd etilgan
7 Buxoroda markaziy boshqaruv 2 ga bo’linardi dargox(amir qarorgohi) va devonxona (vazirlik)
Dargoxni xon boshqargan, devonxonani devonbegi yani vazir boshqargan
8 Xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlar va tumanlarga, qishloqlarga bo’lingan
Viloyatlarni- suloladan bo’lgan hokimlar boshqargan ularning viloyatda boshqaruv mahkamasi bo’lgan.Keyinchalik markaziy hokimiyat zaiflashgach kuchli qabila boshliqlari-Amirlar ham shu lavozimga tayinlangan
Tumanlar boshqaruvi-tuman hokimlari boshqargan
Amlokdorlik-(bir necha qishloqlar yigindisi ) yani mamuriyatning eng quyi bosqichi. Amloklarni tuman hokimi tomonidan tayinlangan amlokdor boshqargan .Amlokdorlikda (bir necha qishloqlar)- 1 amlakdor, 2 mirzo(kotib), 3 mirob(suv taqsimlovchi),4 amin(soliq yig’uvchi),oqsoqol (qishloq boshlig’i) lavozimlari bo’lgan
9 Devonbegi yani vazir davlatning moliya va xo’jalik ishlarini boshqarardi
10 Biroq devon faoliyati yani vazirlik faoliyati temuriylar davridagidek nufuzli bo’lmagan chunki dargoxdagi mansablar mavqeyi past edi
11 Buxoro xonligida shayboniylar davrida Xonning viloyatlardagi oborayotgan siyosati ta’siri u tayinlagan otaliqlar (shaxzodalar tarbiyachisi ota o’rnida ota shaxzoda ba’logatga yetguncha viloyat boshqaruvchisi) nufuziga bog’liq edi. Yani xon tayinlagan otaliq nufuzi baland bo’lsa xon u viloyatni ko’p tergamasdi chunki otaliq uning ishongan kishisi edi
12 Parvonochi lavozimi- xonning farmonlari,qarorlarini rasmiy hujjatlarini mas’ul ijrochilarga yetkazishdan iborat edi .
13 Dadxoh lavozimi- Dargoxga tushgan arizalarni qabul qilgan va mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilib brogan
14 Ko’kaldosh mansabi- Xon sulolasiga eng yaqin shaxslargina tayinlangan bu mansabga va u shaxs xon siyosatiga fuqorolarning munosabatini o’rgangan shu bilan birga valiahdlarning va davlat amaldorlarining hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo’lgan. Hozirda bu shaxs vazifasi Davlat Xavfsizlik xizmati rahbariga to’gri keladi
15 Xon yasovuli -Xon va shaxzodalar o’rtasidagi munosabat bilan shug’ullangan
16 Eshikog’aboshi- dargox (yani qasr hukmdor yashaydigan joy) xavsizligi uchun va unda o’rnatilgan tartibga ma’sul shaxs bo’lgan
17 Shayxul-islom lavozimi- Shariat qonun qoidalari bajarilishi ustidan nazorat o’rnatgan
18 Qozikalon (bosh qozi )- barcha bosqichdagi sud ishlariga rahbarlik qilgan
19 Muhtasib (rais) – mamlakatda jamoat tartibini saqlanishini va diniy marosim amallarga rioya etilishi bozorlarda narx navo va tarozining to’griligiga javob beruvchi shaxs hisoblangan
20 Mehtar lavozimi – Zakot va boshqa tushumlarni zarur o’rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi
21 Naqib – bu davlat lavozimi hisoblanmagan bo’lsada Naqib unvoniga ega shaxs Xonning eng yaqin ishongan kishisi va Xonning eng yaqin maslahatchisi va zarur o’rinlarda elchilik vazifasini ham o’tagan
22 Shayboniylarda taxt otadan bolaga meros bo’lib o’tmagan shayboniyxondan so’ng taxtga uning amakisi Ko’chkinchixon o’tirgan edi chunki u eng kattasi edi uning ukasi Suyunchi valiahd deb e’lon qilingan ko’chkinchidan oldin suyunchi o’lib ketganligi uchun ko’chkinchidan keyin uning o’gli Abu Said o’tirdi shu bilan ananaga chek qo’yildi bu esa XVI asrning 40 yillaridan taxt otadan bolaga qoladigan bo’ldi
23 Ashtarxoniylar davrida Otaliq lavozimi xondan keying o’rinda turuvchi Devonbegi (vazir) lavozimiga tenglashtirildi.
24 Ashtarxoniylar davrida Devonbegi xondan keying o’rinda turuvchi shaxs hisoblangan
25 Saroy qutvoli-Ashtarxoniylar davrida davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilishlar qal’a devorlari va imoratlar obodonchilik ishlariga mas’ul bo’lgan
26 Ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni kuchsizlanishiga devonxona (vazirlik )tizimi deyarli barbod bo’lishi sabab bo’ldi devon barbod bo’lib barcha ishlar dargohda yigilib qoldi shu sababli devonlar yani vazirlar viloyatlarni boshqarish huquqidan mahrum bo’ldi bu esa viloyatlarni hokimlar mahalliy kuchlar tomonidan boshqarilishga olib keldi bu markaziy hokimiyatni deyarli yo’qqa chiqardi !
Do'stlaringiz bilan baham: |