Me’morligi va tasviriy san’ati
Tunis hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning , rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va b.) saklanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-a., Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-a.). 11 — 15-a.larda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-a.larda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-a.da shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O.K. Kakub, X. Amara va b. tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis sh.dagi yangi turar joy binolari, "Dyu Lak", "Afrika" mehmonxonalari, Monastir sh.dagi "Palma" mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan.
Tunis zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-a.ning 90-y.larida asos solindi. 20-a.ning 20—30-y.larida Yaxyo Turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy sanʼat asarlari yaratdilar. Hoz. zamon tasviriy sanʼatida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yoʻnalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernizm oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr Turkiy va b. mashhur. T. zamonavii amaliy bezak sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish, kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat.
Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, rim, ayniqsa, arab va turk madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi. T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar anʼanalari negizida marosim va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan. Turkumli janr nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va b.) hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda T. da 13 tasi saklangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati taʼsirida bashraf (cholgu kuy) lar keng oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor kuchaydi. 60-y.larda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, "Rashidiya" jamiyati orkestri (hoz. radio orkestri) ishlay boshladi. Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta musiqa oʻquv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan Karfagen musika festivali folklor sanʼatining jahon markaziga aylandi.
Teatri
Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-a.dan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826 y. Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 y.larda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893 y. livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning "Antara" spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913 y. u "AshShaxama alArabiya" va "Aladab" jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 ylarda misrlik rej. Jorj Abyad "Arab teatri"ni tashkil etdi. 1955 y. ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959 y. tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982 y. Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 y.lardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa sh.larida teatrlar ishlay boshladi. 1960 y.dan Monastir sh.da Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964 y. tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
Kinosi
1897 y. Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907 y. doimiy kinoteatr ochildi. 1922 y. Sh. Shikli qisqa metrajli "Zuhra", 1924 y. esa toʻliq metrajli "Ohu koʻzlari" filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — "Etikdoʻz Maʼruf" (1921, rej. R. Dessor), "Yasmina" (1926, rej. A.Yugon), "Kayruvonlik telba" (1939, rej. J.A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), "Bim" (1949, rej. A. Lamoris) va b. yaratildi. 1946—54 y.larda T.da "Afrika" kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan "Tong" (1966), "Qoʻzgʻolonchi" (1967), "Fallohlar" (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-y.larda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi "Sejnan" (rej. A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid "Elchilar" (rej. N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi "Sirtlon quyoshi" (rej. R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan "Aziza" (rej. A. Bin Ammar), shuningdek, "Kechuv" (rej. M.B.Mahmud), "Farishtalar" (rej. R. Baxiy) kabi filmlar bor.
www.tridantus.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |