Tabiiy ko’rgazmali materiallarning turlari.
Jonli ob’ektlar.
O’quv jarayonida tirik ob’ektlardan foydalanish o’quvchilar tomonodan yangi materiallarni o’zlashtirishda katta rol o’ynaydi.Shuning uchun ham Tirik ob’ektlarni boshqa o’quv vositalari bilan almashtirib bo’lmaydi.
Bahor va kuz fasllarida o’simlik va hayvonot dunyosining vakillari bilan tabiatda bemalol tanishish mumkin va ulardan demonstratsion yoki tarqatma materiallar sifatida foydalanish mumkin.
Jonsiz ob’ektlar.
Gerbariylar. Gerbariylar namunalari o’simlikni tabiiy holda saqlash imkonini beradi. Yig’ilgan va quritilga gerbariylar ayrim mavzular bo’yicha guruhlanishi mumkin.
Kollektsiyalar.
Quruq preparatlarga nisbatan umumiy belgilari bo’yicha guruhlangan ob’ektlar hisoblanadi. Ko’pchilik kollektsiyalar davlat tomonidan lshlov berilgan holda tayyorlangan bo’ladi. Kollektsiyalardan laboratoriya mashg’ulotlarida foydalaniladi.
Tulumlar (chuchelo).Ko’rgazmali materiallarning biri tulumlar hisoblanadi. Tulumlardan hayvonlarning morfologik belgilari, o’simlik va hayvonlarning hayotiy shakllarini o’rganish mumkin.
Tasviriy o’quv ko’rgazma materiallari.
Jadvallar.Mazmuni va foydalanish xarakteriga ko’ra: tasviriy, grafik,raqamli, matnli va aralash turlarga bo’linadi.
Grafik jadvallar- sxematik tasvirlar, chizmalar, diagrammalar hisoblanib ,ular matn va raqamlar bilan to’ldirilgan bo’ladi. Ekologiya fanida biror omilning Tirik organizmiga ta’sir etishi, populyatsiyaning o’sishi, hayotchanlik egri chizig’I kabi mavzularni o’tishda foydalanish mumkin.
Jadvallar- asosan raqamlar majmuidan iborat ma’lumotlarga ega, unda ba’zi bir matn va rasmlar ham bo’lishi mumkin.
Aralash yoki murakkab jadvallar- matn, tasvir, grafik va raqamlardan iborat materiallarga ega bo’ladi.
O’quv rasmlari- tabiiy sharoitda kuzatish qiyin bo’lgan tabiatdagi voqea va hodisalarni o’quv rasmlari yordamida ko’rsatish mumkin. Bularga Tirik organizmlarda kuzatiladiga biologik maromlar, Markaziy Osiyoning tog’li rayonlari uchun xos bo’lgan vertical mintaqaviylikni namoyish etuvchi rasmlar, to’qaylar, sharsharalar, shuningdek, dengiz tubidagi hayot, tuproq, suv, havo muhitlariga, Tirik organizmlarning adaptiv radiatsiyasi va hokazolarni misol qilish mumkin.
Sxemalar-boshqa o’quv ko’rgazma materiallaridan farqi shundaki, ular uchun ma’lum masshtab talab etilmaydi va tasvirlangan ob’ektning o’lchami bo’lmaydi.
Diagrammalar – O’qitish jarayonida keng ishlatiladigan ko’rgazmali materiallar.Odatda diagrammalar raqamlar nisbatini ifodalab, grafik tilde tushuntiradi.Diagrammalar chiziqli, ustunli, doiraviy turlarga ajratiladi.
O’quv haritalarining mavzusi ba mazmuni ham ekologiya o’quv dasturini aks ettirishi kerak.”O’zbekistonning ekologik haritasi”, “Orol va Orol bo’yi e kologik haritasi”, “Tabiiy zonalar haritasi” kabi haritalar ham, o’quv dasturini aks ettirishi kerak.
Portretlar – ekologiya kursini o’qitish jarayonida Yirik ekolog olimlarning portrretlari,mahalliy ekologlar, hozirgi davrda faoliyati ko’rsatayotgan, ya’ni respublikamizda Ekologik ahvolni yaxshilashda ish olib borayotgan nodavlat tashkilotlari va ularning va ularning rahbarlarining portretlari namoyish etiladi.
Bu o’z navbatida o’quvchilarni ekolog olimlar bilan tanishtirishga yordam beradi.
Fotosuratlar- o’quv ko’rgazma materiali sifatida foydalaniladi. Uning afzalligi shundaki, tabiiy sharoitda kuzatish qiyin bo’lgan ob’ektlar tasviri (kosmik suratlar, suv osti ko’rinishi) juda qimmatli hisoblanadi.
Plakatlar-ekologiya o’qitish jarayonida, inson ekologiyasi bo’limida, sanitariya va gigiena, tabiatni muhofaza qilishda foydalaniladi. Masalan: Chekish, ichish va giyohvandlikka qarshi kurash burchagida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |