O’zlashtirish uchun topshiriqlar:
1. Xotin-qizlar odobi va ekologik ta’lim-tarbiya mutanosibligini tushuntiring.
2. Allomalarimizning xotin-qizlar odobi haqidagi fikrlarini izoxlang.
10- amaliy. Eko’logik e’tiqod.
Mashg’ulotning maqsadi: Insonning tabiatga ko’rsatayotgan salbiy ta’sirini, ushbu ta’sirlarning oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, Insonning noto’g’ri munosabati tufayli tuproq tarkibining buzilishi yuzaga kelayotganligini anglashdan iborat.
Mashg’ulotning mazmuni: Biz keyingi vaqtlarda tabiat yaratgan, asrlar osha bunyod etilgan, bebaho hazinalarimizni, o’z befarqligimiz, vaxshiyligimiz tufayli talon-taroj qilishga o’rganib qoldik. Ko’pchilik odamlarning ona tabiatga, tabiat boyliklariga e’tiborsiz munosabatda bo’layotganliklarining guvohi bo’lamiz, ana shunday holatlarga, atrof-muhitga bo’lgan e’tiborsizliklarga, odatiy xoldek qarashga, hayotning har bir lahzasidan rohatlanishga o’rganib qoldik “Mendan keyin olam yonib ketmaydimi” qabilida ush tutayotgan insonlarni ko’rib ko’rmaslikka oldik. Bu bilan biz “o’zimiz o’tirgan shoxga o’zimiz bolta urayotganimizni payqamadik go’yo”. Tinimsiz boylik, mansab ketidan quvib, atrof-muhitga panja orasidan qaraydigan, yedirib – ichirgan, non – tuz bergan, ona tabiatimizni oyoq osti bo’lishiga, tabiiy boyliklarimizning sifati buzilib, yo’qolib ketishiga sababchi bo’ldik.
Insonni yedirib ichiradigan yerdan noto’g’ri foydalanish, shaharlar qurilishida, turli ishlab chiqarish korxonalarining (zavod, fabrikalar va boshq.), iqlim sharoiti hisobga olinmasdan osmono’par binolarning qurilishi, zaharli moddalardan o’rnida fydalanmaslik, bebaho suvning isrofgarchiligiga yo’l qo’yilganligi, shuningdek Orol dengizining ayanchli taqdiri, daryo qirg’oqlaridagi changalzorlarning kamayib ketishi, ayniqsa onalar va bolalar salomatligi kabi, odamni o’ylantiradigan, qayg’uga soladigan muammolarning yuzaga kelishiga faqat o’zimiz sababchi ekanligimizni unutmasligimiz kerak.
Bundan tashqari, tabiat muvozanatining buzilishida, ekologik e’tiqodning yo’qligi, atrof-muhitni asrab-avaylamaslik, o’z shaxsiy mulkiga qaragandek qaramaslik, loqaydlik, javobgarlikni his qilmaslik, ter to’kib vijdonan mehnat qilmaslik kabi illatlar ham muhim rol o’ynaydi. Bu kabi illatlarning paydo bo’lishiga ish jarayonida soxta ma’lumotlar berish, o’zi bo’larchilik, obro’ ketidan quvib yuzaga keladigan noxushliklarni ko’ra bilmaslik kabilar ham sabab bo’ladi.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, ekolgik tanglik, ekologik muammolar haqida ommaga yetarlicha ma’lumotlar berilmaydi. Bunda ayniqsa, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, madaniyat hodimlari va san’atkorlarning ayblari bor albatta, olimlarimiz tomonidan ekologiya mavzusidagi olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining juda kam yoritilishi, yozuvchilar, dramaturglar ekologiya va Ekologik inqiroz mavzusida deyarli asarlar yaratmayotganliklari ham misol bo’la oladi. Rassomlarni ham bu sohada faol deb bo’lmaydi, chunki ularning shu vaqtgacha, ekologiya sohasiga oid eslashga arzigulik ko’rgazmalar o’tkazmaganliklarini nima bilan izohlash mumkin. Bu bilan ularni o’z kasblarini yetarli sevmaydilar deya olmaymiz, lekin, ularda ekologik e’tiqod, ona tabiatimizga hurmat va sinchkovlik yetishmaydi desak to’g’riroq bo’ladi. Ona tabiatimizga, uning go’zalliklariga e’tiborsizlik, e’tiqodsizlikning oqibati esa fojeadir. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek “Yurtimiz deb xalqim deb yonib yashamoq kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |