Ekologiyani o’qitishda darslik va kitob bilan ishlash.
Uahbu metod, talabalarni kitob bilan mustaqil ishlashga o’rgatadi.
Даrslik va kitob bilanmustaqil ishlashning usullari:
1. Кonspekt olish.
2. Маtn rejasini tuzishтн.
3. Теzis yozish.
4. Маtndan tsitata keltirish.
5. Qisqacha mazmunini bayon qilish.
6. Таqriz qilish.
7. Ма’lumotnoma tuzish.
8. Rasmiy, mantiqiy model tuzish.
9. Маvzuviy tezaurus tuzish.
10. Nushalar g’oyasini tuzish.
O’zlashtirish uchun topshiriqlar:
1. Metodlar va ularning roli haqida tushuncha bering.
2. Ekologik ta’limda qaysi metodlar foydalanish uchun eng ma’quli, izoxlang.
3. Hozirgi vaqtda qaysi metodlar ekologik ta’limni rivojlantirishda samarali hisoblanadi.
8-mavzu. Ekologik dunyoqarashning shaklllanishi.
Mashg’ulotning maqsadi: Ekologik dunyoqarashning tabiatni muhofaza qilishdagi ro’li va ahamiyati, ekologik dunyoqarashning mazmuni, tarkibiy qismlari, ularning ekologik ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati haqida tushuncha olish.
Mashg’ulotning mazmuni: Ekologik dunyoqarash tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar majmuasi, xukmron iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy qarashlardan tortib, oddiy kundalik tasavvurlargacha o’z ichiga oladi.
Umumiy dunyoqarashning tarkibiy qismi bo’lgan ekologik madaniyatni, keng va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda Ekologik madaniyat, insoniyatning kishilar ijtimoiy- tarixiy amaliyoti jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan, moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuasidir. Tor ma’noda esa kishilarning amaliy va nazariy faoliyati, tabiatni muhofaza qilishdagi madaniyati deb qaraladi.
Insonning moddiy va ma’naviy madaniyati o’rtasidagi aloqa tarixiy taraqqiyot mobaynida tarkib topgan bo’lib, tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan ziddiyatda bo’lib kelgan.
Таbiat muhofazasiga oid yangi an’analarni hayotga joriy qilish, Ekologik faoliyatning tarkibiy qismiga, amaliy yo’nalishiga aylanishi lozim. Bunday an’analar, yoshlarning Ekologik madaniyatini, vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirishga, nazariy bilimlarini amaliy ko’nilmalarini mustaxkamlashga yordam beradi. Lekin hozirgi vaqtda bu sohada olib borilayotgan ishlarni qoniqarli deb bo’lmaydi. Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarning bajarilishida sustkashliklar, ma’muriy buyruqbozlikning salbiy oqibatlarni keskin tanqid ostida qolmoqda.
Vaholangki, inson ruhiyati uni o’rab turgan tabiatdan kuch oladi, tabiatdagi o’simliklar ham, daryo va tog’lar ham, xatto toshlar ham, inson ruhiyatini shakllantirishda unda go’zallik tuyg’usini paydo qilishda o’z o’rniga ega. Ular inqirozga uchrasa, inson ruhiyatidagi xususiyatlar ham yemirilib boradi. Hozirgi kunda jamiyatimizda yuzaga kelayotgan ekologik nohushliklarning, insonlardagi odamgarchilik xislatlariga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani sir emas.,o’zaro iliq munosabat, samimiyat, muruvvatlilik va odamgarchilik xislatlari kabilar kamayib ketmoqda. Zero kishilarning ijtimoiy borliqlari ularning ekologik ongini belgilaydi. Insonga ong tabiatni xo’rlash, zo’rlik bilan vayron qilish uchun emas, balki uning qo’ynida yashash va uni avaylash uchun berilgan. Ekolgik ong va tafakkurga ega bo’lgan har bir kishi o’z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’rib ongli ravishda ish tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |