Illyustratsiya metodi o’quvchlarga har bir mavzuga oid plakatla, rasmlar, jadvallar va doskadan foydalanish va boshqalar orqali ifodalanadi.
Деmonstratsiya (namoyish etish) metodi. Ushbu metod turi asboblarni namoyish etish, tajribalar qo’yish, texnik qurilmalar, kinofilmlar kabilarni ko’rsatish bilan bog’liq.
Кuzatish metodi bu tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sirida yuzaga keladigan turli hodisalarning ko’rish va idrok etish hamda o’rganish demakdir.
Ekologiyani o’qitishda amaliy metodlari.
Ekologiyani o’qitishda amaliy metodlari, talabalarning amaliy faoliyatiga asoslangandir: ularga ob’ektlarni ochish, aniqlash, tajriba o’tkazish,mashq va masalalarini yechish hamda o’quvchilarning ishlab chiqarish mehnati kiradi. Ushbu ishga o’qituvchi Umumiy rahbarlik qilishi lozim.
Аmaliy metod, talabalarning bilim olish faoliyatini odatda 5 bosqichga ajratiladi:
1-bosqich. O’qituvchining tushuntirishi. Ushbu bosqich ichki nazariy fikrlardan iborat.
2 -bosqich. Ko’rsatma, yo’;l-yo’riq berish bosqichi.
3- bosqich. Namuna. Ushbu bosqichda 2-3 o’quvchi ishni bajaradi, qolgan o’quvchilar kuzatuvchi bo’lib o’qituvchi rahbarligida xatolari tuzatiladi.
4-bosqich. Ishni bajarish. Ushbu bosqichda har bir o’quvchi topshiriqni mustaqil bajaradi.
5-bosqich. Nazorat. Ushbu bosqichda o’quvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi.
Laboratoriya metodi o’quvchilarni ekologiyani o’rganish jarayonida mustaqil tajribalar olib borish asosida tashkil etiladigan metod hisoblanadi.
Ekologiyani o’qitishda laboratoriya metodi maxsus jihozlarni talab etadi va bunda o’quvchi va o’qituvchi puxta tayyorgarlik ko’rishlari zarur, shuningdek shu metoddan foydalanish ancha kuch sarf qilinadi.
Аmaliy mashg’ulot – keng ma’noda mashq, seminar va laboratoriya ishlarining umulashganidir.
Аmaliy mashg’ulot turlaridan biri seminar. Unda ma’ruzalarda bayon qilingan nazariy qoidalar mustahkamlanadi, fan bo’yicha bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Talabalarni ilmiy tadqiqot bilim qobilyatini o’stiradi, nazariy o’qish jarayonida egallagan bilimlarini amalda tasdiqlanadi.
Videometod. Ushbu metoddan o’quv jarayonida foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:
1.O’quvchilarga o’rganilayotgan hodisa, jarayonlar haqida to’liq va ishonchli ma’lumotlar beradi.
2. O’quv jarayonida ko’rgazmalilikni oshiradi.
3. O’quvchilarning istak va qiziqishlarini qondiradi.
4. O’qituvchini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari hamda boshqa ishlarini nazorat qiladi.
5. Мuloqot samaradorligini oshiradi.
6. Nazoratni to’liq va tizimli tashkil etish hamda o’zlashtirishni to’g’ri baholashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |