Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirish usullari va ularni tasnifi. Gurux: 113-20.OTE Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul katta rol o‘ynaydi. Bu usul bilan ularning ta’mi, hidi, rangi, konsistentsiyasi, tashqi ko‘rinishlari kishi sezgi organlari yordamida baholanadi. Organoleptik usulning qulaylik tomonlari shundan iboratki, u ko‘p xarajatlar, kimyoviy reaktivlar, asMA’RUZAlar talab qilmaydi hamda mahsulotning sifati to‘g‘risida tezda ho‘losa chiqarish mumkin bo‘ladi. Uning kamchiligi esa bu usulning sub’ektivligidadir. Sub’ektivlik deganda shuni tushunish kerakki, kishi sezgi organlari hammada ham bir xil darajada rivojlangan bo‘lmaydi.Demak, bu mahsulot sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin degan fikrni anglatadi. Bundan tashqari organoleptik usul bilan tovarlarning sifati tekshirilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi yoki mahsulotlarning sifati to‘g‘risida butunlay atroflicha ma’lumot ham olish qiyin. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda organoleptik usul katta rol o‘ynaydi. Bu usul bilan ularning ta’mi, hidi, rangi, konsistentsiyasi, tashqi ko‘rinishlari kishi sezgi organlari yordamida baholanadi. Organoleptik usulning qulaylik tomonlari shundan iboratki, u ko‘p xarajatlar, kimyoviy reaktivlar, asMA’RUZAlar talab qilmaydi hamda mahsulotning sifati to‘g‘risida tezda ho‘losa chiqarish mumkin bo‘ladi. Uning kamchiligi esa bu usulning sub’ektivligidadir. Sub’ektivlik deganda shuni tushunish kerakki, kishi sezgi organlari hammada ham bir xil darajada rivojlangan bo‘lmaydi.Demak, bu mahsulot sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin degan fikrni anglatadi. Bundan tashqari organoleptik usul bilan tovarlarning sifati tekshirilganda ularning sifat ko‘rsatkichlarini raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi yoki mahsulotlarning sifati to‘g‘risida butunlay atroflicha ma’lumot ham olish qiyin. Masalan, bu usul bilan mahsulotning biologik qiymatini yoki uning bezararligini aytish juda qiyindir. Biroq mahsulotning sifatiga organoleptik usul bilan baho berish yuqori malakali, tajribali degustatorlar ishtirokida olib borilsa, yo‘l qo‘yiladigan xatolar ham shuncha kam bo‘ladi. Ammo shuni nazarda to‘tish kerakki, sezgi organlarimiz mahsulotning boshqa tekshirish usullari bilan aniqlash qiyin bo‘lgan va aniqlab bo‘lmaydigan o‘ziga xos xushbo‘y ta’m xususiyatlarini tezda seza oladi. Masalan, choy, kofe va vino mahsulotlari tarkibiga kiruvchi xushbo‘y hid beruvchi murakkab moddalarni aniqlash juda qiyinligi uchun organoleptik usul ularning sifati va turini belgilashda yagona usuldir
Do'stlaringiz bilan baham: |