1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet98/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

Tanishuv ekskursiyalari
Vositachilar va safarni yoritish bo‘yicha matbuotchilar uchun tanishuv safarlari turizm va mehmonxona xo‘jaligi industriyasi bilan assotsiatsiyalanadi. Ommaviy axborot vositalari, sayohatlar , oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar orasidagi bog‘liqlik bu turdagi ilgarilatishlarga suyanadi, u esa o‘z navbatida xizmatlarni tashkil etishda yoki belgilashda ko‘pincha katta ijobiy ta’sirga ega. Tanishuv safarlari turizm sohasidagi nomoddiy aktivlarni yengib chiqish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Misol




Ba’zida belgilangan punkt yoki turistik tashkilot to‘g‘risidagi reklamalar favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tanishuv safarlari ba’zi holatlarda aloqaning ulkan muammolarini yengib o‘tishga yordam beradi. 2007 yilning may oyida dunyoning media vositalari diqqat markazi 3 yoshli britaniyalik qizcha Madlen Makkannning bayram tadbiri vaqtida yo‘qolishiga qaratilgan edi, bu Ocean Club Prayya-de-Lujda Algarva nomli Portugaliya sohilida , operator Mark Uorner tomonidan Buyuk Britaniya bo‘ylab tashkil qilingan turda amalga oshirilgan. Shubhasiz, "Meddi" oilasi joylashgan kvartiradan, bayram o‘tayotgan joydan uyqusi vaqtida o‘g‘irlangan. Mark Uorner va kurort xodimlari yo‘qolgan qizchani qidirish va bu holatni yoritib berish bo‘yicha yuqori ishlab chiqarish mediakampaniyasini o‘tkazib, Portugaliya hukumatiga va kurortda qolgan qizchaning oilasiga yaqindan yordam berishdi. Mark Uorner Madlenning yo‘qolishida javobgarlikka ega ekanligi hech qanday shubha tug‘dirmaydi, lekin kompaniya o‘z xavfsizligini qaytadan ko‘rib chiqdi va kurort majmuasining rejalashtirilishi ancha ochiqligini hisobga oldi. Uornerning xodimlari Madlenning yo‘qolishidan qattiq xijolatda edilar, va kompaniya yordam berish uchun kurortga o‘zining maslahatchilarini yubordi. Kompaniya, o‘sha vaqtda shu kurortda yashovchi faqatgina boshqa mijozlar bilan ishlamay, shu mavsumda kechroq yashashga buyurtma bergan mijozlarga alternativa taklif qildilar. Kompaniya savdo reklama kompaniyasini ham bekor qildi.
Shunga qaramay, 2007 yilning sentyabr oyida, Madlen hali ham topilmaganligiga qaramay ( hozirga qadar uni topisha olmagan), kompaniya kurortga yana yo‘llanmalar sotish jarayonini boshlashi kerak edi. Favqulodda vaziyatlarni Kompaniya qanday qilib eplaganini va Ocean Club oilaviy-do‘stlik kurorti sifatida uzoq muddatli salbiy obro‘ topmasligini ta’minlash uchun qanday harakatlar qilganini ko‘rsatish maqsadida kompaniya 30 ta agent uchun tanishuv safarini tashkil qildi. Sotuvlar ozgina tushganligi to‘g‘risida kompaniyaning xabar berishiga qaramay, mijozlar kurortdan o‘zlarini olib qochishlari mumkinligi ehtimoli bor edi va bu sotuvlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risidagi taklifdir. Agentlarning tanishuv safari shunday ishlab chiqilgan ediki, ular Ocean Club biznes uchun ochiqligiga ishonishdi va agentlar kompaniyaga o‘z fatvolarini berib, kelib chiqqan vvaziyatga ma’naviy ishlov berganligi uchun Uornerni yuksak baholashdi. Shundan keyin, baxtli yechim ehtimolining yanada kamayishi sari bu qayg‘uli voqeaga ommaviy axborot vositalarining qizg‘in e’tibor davri o‘tganidan keyin, Mark Uorner o‘zida bo‘lgan hamma yaxshi tomonlarni ko‘rsatishi kerak edi va agentlarga, OAV ning e’tibori Madlen voqeasiga jamlangan vaqtda, Prayya-de-Luz kurortini sinashga imkon berishlariga ijozat berish kerak edi. Buning uchun tanishuv safari eng yaxshi usul edi, Bunda reklamaning shaxsiyatsiz tabiatini hisobga olgan holda Uorner vaziyatga yaqinlashishi mumkin edi va salbiy ta’sirning kuchli imkoniyatini qo‘llagan holda, sotishni vositasiz rag‘batlantirar edi.
Manbalar va qo‘shimcha dalillar ( ssilki):
http://www.travelweekly.co.uk/Articles/2007/09/27/25313/agents- praise-mark-warners-madeleine-resort-fam-trip.html
http://www.travelweekly.co.uk/Ar ticles/2007/05/10/24303/mark- warner-prays-for-abducted-girls-safe-return-10-may.html
http://www.ttglive.com/NArticleDetails.asp?aid 8573

Agar og‘izdan-og‘izga o‘tish marketing kommunikatsiyalarining eng muhim va samarali shakllaridan biri bo‘lsa , bundan belgilangan joylarda, mehmonxonalarda yoki restoranlarda odamlarning boshdan kechirgan voqealaridan esda qoladigan, emotsional, yorqin assotsiatsiyalar yaratish mumkin. Tanishuv safarlari juda muhim, chunki turistik agentlar turistik xizmatlar sohasida jamoatchilik fikrining yetakchilari sifatida o‘ylab chiqilgan (2-bobga qarang)bo‘lishlari mumkin, shuning uchun vositalarga ehtiyoj, birinchisi vositasiz ahamiyatga ega, chunki bunda kurort yoki mehmonxona sotuvlar vazifasiga ulkan ulush kiritishi mumkin. Agentlar yoki tanishuv safarlarini taqdim qilgan operatorlar belgilangan joyni sotishda ko‘proq imkoniyatga egadirlar, shuning uchun ham operatorlar va marketing tashkilotlari bo‘yicha bu safarlardan foydalanishni savdo personali orasida loyallikni rag‘batlantirishning shakllaridan biri deb hisoblash mumkin.


Shaxsiy sotuvlar foydalidir, agar tashkilot uni strategiyani ilgarilatish uchun tanlagan bo‘lsa, lekin u investitsiyalarni xodimlarga va sotuvlar qayerda ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi bilimlar bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikka sarflashni talab qiladi, shuning uchun hududlarni sotishni o‘xshatish mumkin – masalan segmentlash, muvofiqlashtirish va pozitsiyalashtirish (STP) yordamida, bu jarayon 6 bobda muhokama qilingan. Shaxsiy sotuvlar majmuada muloqotning boshqa shakllarini to‘ldirishi mumkin, xususan reklamaning, shuning uchun brend iste’molchining ongida bo‘ladi, savdo xodimi esa brendning vakili sifatida namoyon bo‘ladi.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish