1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Biznes-mijoz. Tushirilgan narxlar. Shaxsiy sotuvlar. Tanishuv ekskursiyalari



Download 3,49 Mb.
bet97/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

2. Biznes-mijoz. Tushirilgan narxlar. Shaxsiy sotuvlar. Tanishuv ekskursiyalari

Biznes-mijoz. Tushirilgan narxlar.


Begona korxonalar yoki tashkilotlar bilan birgalikdagi aksiyalar, sayohatga qo‘shimcha tariqasida takliflar yoki boshqa mahsulotlarni sotib olish uchun yig‘ilgan chegirma raqamli vaucherlar,kredit kartalari bo‘yicha sotib olishga ballar yig‘ish uchun pullik bo‘lmagan vaucherlar va boshqalar kabi tadbirlarda bepul namunalardan, arzon narxlardagi savdo-sotiqdan yoki tushirilgan narxlar bo‘yicha "degustatsion menyu"dan va vositasiz pochta aksiyalaridan foydalanish. Sotishlarni rag‘batlantirish o‘z ichiga mehmonlarning afzalroq a’zoligini yoki tez-tez tashrif dasturlari kabi loyallik chizmalarini oladi. Bu dasturlar jamlanish asosida ishlaydi, ballar takroriy harid natijasida qo‘shib boriladi va shunday qilib, brendga nisbatan loyallikni rivojlantiradi. Mazkur chizmalar bu sektorga keng joriy qilingan edi, lekin munosabatlar tabiati , hamda foydasi shubha tug‘dirdi. Sotuvni rag‘batlantirish ko‘pincha , maxsus kanallar orqali sotuvlar hajmini ko‘paytirishga harakat qilish uchun Internetdan harid qilish kabi aniq harid kanallariga muvofiqlashtirilgan.
Ruchkalar, taqvimlar, risolalar, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari, esdalik sovg‘alar va rag‘batlar ko‘pincha kompaniya xodimlariga sotuvni ko‘paytirish va maqsadlarga erishish bo‘yicha tanlovlarda taqdim qilinadi. Ular o‘z ichiga tanishuv safari sifatidagi ( keyingi bo‘limga qarang) bonuslar ko‘rinishidagi bepul yo‘l kirasini yoki tashkilot xonalarida yashashni olishi mumkin, shuning uchun sotuvni ko‘paytirish komandalari sotuvning o‘sishini ta’minlashga yoki mijozlar qoniqishining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga ko‘proq darajada qobiliyatlidir.


Shaxsiy sotuvlar
Shaxsiy sotuvlar sotuvchi va haridor orasidagi bevosita o‘zaro harakat uchun manfaatdor tomonlar bilan marketing kommunikatsiyalari qorishmasining bir qismidir. Bu muloqotning samarali shaklidir, chunki sotuvchi iste’molchining xususiy ehtiyojlariga individual, hamda qayishqoq yechim bilan javob berishi mumkin. Sotuvchi savollarga javob berishi, qarama-qarshi aloqada bo‘lishi va xabarni kerakli tarzda moslashtirishi mumkin. Bunday samaradorlik savdo xodimining ish tajribasi, sabablari va shaxsiy sifatlaridan kelib chiqadi. Savdoning xususiy usullari va boshqarish funksiyasi sifatidagi savdoni boshqarish marketingning ajralmas qismidir va u ko‘plab nazariyalashtirishlar va munozaralar uchun mavzu bo‘lmoqda. Savdoning shaxsiy usullari ko‘pincha eng samaralidir va yuqori darajada qarorlarga jalb qilingan, bunda kompleksli qaror chiqarishda yuqori darajada xatar mavjud. Avvalroq bu kitobda muhokama qilinganidek, bu usullarning tasniflari turizm va mehmonxona xizmatlarining ba’zi shakllariga mos keladi. To‘y marosimlarini, konferensiyalarni, muvofiqlashtirilgan tadbirlarni, asal oyi sayohatlarini, uzoq sayoxatlarni, uzluksiz yillik safarlarni rejalashtirishda, turizmdagi volontyorlar bu xizmatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda murakkab va yuqori aloqadorlikda bo‘lganligining yaqqol misolidir.
Savdo bo‘limining ko‘pgina masalalari va vazifalari mavjud:

  • Yangi mijozlar topish

  • Xizmatlarni sotish

  • Aloqa

  • Tashkilotning taqdimoti

  • Mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni tashkil etish va yuritish;

Turizm va mehmonxona sektori sohasida, ko‘plab holatlar mavjudki, unda xodimlarning majburiyatlari o‘z ichiga sotish vazifasini oladi. Bu sektorning xizmat yo‘nalishi, ko‘p imkoniyatlar borligini bildiradi, bu asosiy masala va sotish komandasining bir qismi bo‘lmasa ham bunda xodim sotish imkoniga ega bo‘ladi. Turistik operatorlar kurortning vakillari bo‘lib, misol uchun, ular ikki xil rolga egadirlar, ularning asosiy vazifalari sotish vazifasidir, lekin ularda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, safar vaqtida mijozlar bilan muloqotda bo‘lish bo‘yicha rol ham mavjud. Styuardessalarning asosiy rollari bu xizmatlaridir, lekin ularning ikkilamchi sotuv rollari ham bor. Ko‘pchilik mehmonxona biznesining ishchilari bir qator turli idoralarda xizmat ko‘rsatish sohasida mijozga duch kelgan holatlarda “ Yuqoriga sotish” yoki “ Kesishgan sotuv “ xizmatlarini amalga oshirishlari mumkin. Mazkur shaxsiy sotuv aspekti bu sektor uchun juda muhimdir va unga ilmiy adabiyotlarda kam e’tibor berilmoqda. Modomiki, ko‘proq va ko‘proq tashkilotlar asosiy xizmat ko‘rsatish (parvoz, paromli kechib o‘tish, joylashtirish, mehmonlarni jalb qilish va boshqalar)uchun past bazali narxlar asosida raqobatlashishlari kerakligini tushunib yetganlarida , ular yanada balandroq darajadagi foyda mijoz qo‘shimcha mahsulot va xizmatlarni sotish (belgilangan punktga turlar, esdalik sovg‘alari, bojsiz iste’mol buyumlari sifatidagi sovg‘alar va hatto skretch kartalar ) hisobidan ushlab qolinganda / xizmatlardan foydalanganda erishilishini tushunib yetadilar. Bu, oddiy ma’nodagiga nisbatan, shaxsiy sotuvlarning boshqa shaklidir, chunki sotish bo‘yicha mutaxassislar sotishlarga aloqa kanali sifatida e’tibor qaratadilar.
Kommunikatsion yondashuv sifatidagi shaxsiy sotishlarning muhim misollaridan biri bu tanishtiruvchi turoperatorlar yordamida tanishuv safarlaridan foydalanish va agentlarga munosabatlar bo‘yicha mehmonxona xizmatlarini sotish. Bunday safarlar turistik yo‘nalishni shakllantirishda ham keng foydalaniladi, mehmonxona va restoranlarda, ommaviy axborot vositalaridagi taqrizlar, reklamalardagi kontekstlarda va jamoatchilik bilan aloqalarda(PR), va keyingi bo‘limlarda muhokama qilinadi. Bu yerda turizm tarmog‘idagi turistik agentlar vositasida o‘tadigan safarlar roliga urg‘u beriladi.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish