Muhokama qilish uchun savollar
Reklamaning iste’molchilarga ta’sir qilish yo’llari atrofidagi debatlarni muhokama qiling. Iste’mol jarayonlariga, “kuchli” va “ojiz” reklama nazariyalariga va boshqa mos tuzilmalarga e’tibor bering.
Marketing aloqalari muhitida reklama ishonchliligi masalalarini muhokama qiling.
Marketing aloqalariga turlicha yondoshadigan bir nechta tashkilot reklama e’lonlarini tanlang. Aloqa nazariyalariga asoslangan holda kampaniyalar asosiy maqsadlarini atroflicha tasvirlang va tushuntiring.
Reklama uchun asosiy OAV turlarini sanang hamda ular o’rtasida muvozanatning o’zgarishi sabablarini tushuntiring.
|
9 –mavzu. Turizm va mehmonxona xo’jaligida sotishni rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalar strategiyalari
Sotishni rag‘batlantirish. Sotishni ilgarilatish bo‘yicha ishlar. Sotishni rag‘batlantirish usullari.
Biznes-mijoz. Tushirilgan narxlar. Shaxsiy sotuvlar. Tanishuv ekskursiyalari.
Homiylik. Brenddan qulay bo‘lgan assotsiatsiyalar yaratish. Reklama imkoniyatlarini yaratish. Qo‘shimcha ommaviylikni yaratish.
Korporativ mehmondo‘stlik imkoniyatlarini yaratish. Korporativ ijtimoiy ma’suliyat profilini yaratish.
Ommaviylik va jamoatchilik bilan aloqalar.
1. Sotishni rag‘batlantirish. Sotishni ilgarilatish bo‘yicha ishlar. Sotishni rag‘batlantirish usullari.
Sotishni rag‘batlantirish, qoida bo‘yicha nuqtasi sotuvni rag‘batlantirishdan yoki bevosita iste’molchilarga o‘zlarini ma’lum tarzda tutish maqsadida boshqa tarzda ta’sir ko‘rsatishdan boshlanadigan faollikning “ pastki darajasidan” boshlanadi. Sotishni rag‘batlantirish va reklama o‘rtasida unchalik katta farq yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, chunki ko‘pchilik reklama ma’lumotlari reklama tashuvchi orqali yetkazib beriladi, farq shundaki, 8 chi bobda aytib o‘tilganidek reklama brendni ishlab chiqish uchun yoki tashkiliy xabardorlik uchun foydalaniladi. Haqiqatda, ko‘pchilik reklamalar tovarni ixtisoslashuvini ilgarilatish orqali sotishni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi, bundan cheklangan vaqt davomida, hamda shu vaqtning o‘zida brendning tanilishi uchun foydalanish mumkin. Ko‘pincha aksiyalarning sotilishi umumiy kommunikatsion strategiyalar bilan bir qatorda savdo belgisi va mahsulot haqidagi xabardorlikni oshirish, yangi xizmatlarni boshlash, brend yoki mahsulotni qaytadan chiqarish uchun ishlatiladi. Bunday holatlarda, kompaniyaning yagona aloqasi orqali qiziqish kuchaytiriladi va sotuvlar rag‘batlantiriladi..Ba’zida , kommunikatsiyaning turli asboblari aralashtiriladi va bir kompaniyaning turli nuqtalarida foydalaniladi, agar kompaniya uzoq muddatli bo‘lsa, masalan, iste’molchilarning har xil bosqichlardan juda tez ko‘chib o‘tishlari uchun ( kognitiv, samarali, irodaviy- 2 bobga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |