Reklama qiymati va tendensiyalar
Reklamaning samaradorligi nuqtai nazaridan iste’molchiga ta’sir etish uchun turli xil ommaviy axborot vositalariga qilinadigan xarajatlar qiymati masalasini ko’rib chiqish foydali hisoblanadi. Reklama xarajatlari tabiatining o’zgarib borayotgani siljib borayotgan reklama xarajatlarini va yangi media platformalarning ta’sirini tahlil qilishga undaydi. 8.1-jadvalda Buyuk Britaniyada olti yil davomida OAV lar turlari reklama xarajatlarining buzilishi tahlili keltirilgan. Olti yil ichida Buyuk Britaniyadaa reklama xarajatlari 17,5 milliard funtgacha oshgani e’tiborga molik. Barcha OAVlarda media-kanallarning parchalanishi (ya’ni sputnikli, raqamli va simsiz televizion kanallar, interaktiv va mobil platformalarning tarqalishi, hamda bosma OAVlarning bepul gazetalar, professional jurnallar hisobiga ko’payishi) va auditoriyaning qismlarga bo’linishi sababli reklama beruvchilar xarajatlarining iste’molchilarga bir qator media-platformalar orqali murojaat etishga majbur etganligi evaziga oshib ketishiga olib keldi.
Televizion reklama xarajatlari yakka tartibda eng yuqori ulushga ega bo’lishiga qaramasdan, barcha bosma OAV lar (milliy va mahalli gazeta, iste’mol, biznes va professional jurnallar)ning umumiy ulushi 2001-yilda taxminan 45,5% ni tashkil qilgan. Biroq, jadval ma’lumotlaridan 2006-yilga kelib aynan bosma OAV larga sarflangan reklama xarajatlari eng ko’p qisqarganligi ko’rinib turibdi.
Yana bir muammo bu radiostansiyalar soni ko’payishi va ularning internet va mobil telefonlari orqali yanada ko’proq tarqalishiga qaramasdan radio orqali beriladigan reklama e’lonlarining ulushi o’zgarishsiz qolganidir. Bu turdagi OAV lar tobora reklama xarajatlarining asosiy obyektiga aylanayotgan va egallayotgan auditoriyasi kengayib borayotgan (5 yil ichida ulushi 1% dan 11% ga, sarflargan xarajat esa 1000% ga oshgan) Internet tarmog’ining rivojlanishi sharoitida bor kuchlari bilan raqobatbardosh bo’lishiga harakat qilmoqdalar.
Internet mahalliy gazetalarga “hujum” uyushtirishiga qaramasdan, ko’pchilik an’anaviy OAV lar turizm va mehmonxonalar tomonidan ishlatiladigan media-kanallar uchun chuqur ta’sir ko’rsatib katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bundan tashqari, bosma OAV lar iste’molchilarga sayohat haqida fikr va ularni sayohat qilishga ilhomlantira oluvchi an’anaviy manba ekanligini e’tiborga olish muhim faktor hisoblanadi. Dam olish kunlarida sayohat ilovalari hozirgacha bosma OAV larning asosiy qismiligicha qolmoqda, boshqa sektorlar kabi Internet va ommaviy axborot vostilarining mobil formalariga xarajatlar o’sib borishiga qaramasdan, ushbu sektorning asosiy reklama xarajatlari bosma OAVlar hisobiga to’gri kelmoqda. Yirik bosma medialarda tez-tez qo’shimcha onlayn-platformalardan foydalanish tendensiyasi kuzatilmoqda. 10-rasmda UK Times ning onlayn sahifasidagi Sunday Times ning 2008-yil Aprel soni uchun Travel jurnali reklamasi surati keltirilgan. Bunday onlayn va oflayn OAV lardan uyg’unlikda foydalanish Times gazetasiga maqsadli auditoriyaga kengroq tarqalish va yetib borish imkoniyatini yaratadi.
Internetning o’sishiga qaramasdan to’g’ridan-tog’ri pochta va kataloglar barqarorligini saqlab qoldi, tashqi reklama esa 5% gacha o’sishga erishdi. Bunga sabab qilib tashqi reklamaning yangi mobil, innovatsion formalari va reklama tablolarining paydo bo’lganini, hamda e’lonlarning mashina turar joylari talonlarida, biletlarda, yoqilg’I quyish shahobchalarida, ijtimoiy joylarda va hojat chiqarish xonalarida tarqalishini ko’rsatish mumkin. Biz jamiyat sifatida bir-birimiz bilan ko’proq Internet va mobil aloqa orqali muloqotga kirishmoqdamiz, bundan tashqari biz harakatchan jamiyatmiz, anchagina vaqtimizni yo’llarda, uyga-ishga-ta’tilga-mehmonga borishga ya’ni yo’lga sarflaymiz va natijada har kuni yuradigan yo’llarda, jamoat transportlarida, bo’ladigan jamoat joylarimida tashqi reklamalarga ko’proq e’tibor qaratamiz (8.3-rasmda jamoat transporti bo’lmish London metrosidagi sayohat reklamasi surati misol qilib keltirilgan).
8.3-surat. Jamoat transportidagi sayohat reklama plakati.
Misol
|
|
Uncha katta bo’lmagan mehmonxona katalog(ma’lumotnoma kitobi)da reklama e’lonlarini qo’yish orqali yaxshigina foyda ko’rishi mumkin. Buyuk Britaniyada “Hoseasons” kabi kataloglar 60 yildan ortiqroq ta’tillarni tashkillashtirishda yaqin yordamchi bo’lib kelmoqda, hozirda esa butun Buyuk Britaniya va Yevropa mintaqasi bo’ylab 12000 dan ortiq joylarni o’zida mujassamlashtirgan, yiliga 1 milliondan ortiq mijozga va 2 milliondan ortiq telefon qo’ng’iroqlari va veb-saytga “xit”lar egasi. (www.hoseasons.co.uk/Information). Qoida bo’yicha, turistik joy egalari va bed-and-breakfast lar kataloglardan biznesga kelayotgan foydaning kattaligi va mustahkamligidan kelib chiqib bir yoki undan ortiq kataloglarga reklama uchun obuna bo’ladilar. Bundan tashqari, biznes egalari pochta orqali xat tarqatishi, mahalliy turistik varaqalar tarqatishi, onlayn-band qilish tizimi bor bo’lgan veb-sahifani rivojlantirish yoki kataloglarga onlayn obuna bo’lishi mumkin.
Bu kabi kataloglar turli xizmat ko’rsatuvchi sohalar uchun mavjud, va “Mister va missis Smit” butik-mehmonxonalar katalogi bozordagi eng yaxshi variantlardan biridir.
Manba: http://www.mrandmrssmith.com.
|
Shunday qilib, OAV ni to’g’ri tanlash eng katta samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama e’tiborini turli xil OAV lar o’rtasida almashib turishi turizm va mehmonxona sohalari uchun auditoriya bilan munsabatlarni kengaytirish imkonini berdi. Texnologiyalarning rivojlanishi shu darajaga yetdiki, tashkilotlar kam xarajat qilib onlayn-band qilish tizimlarini va veb-sahifalarni ocha boshladilar, Internet orqali reklama bera boshladilar.
Reklama bozoridagi jiddiy o’zgarishlar sinovidan faqatgina ayrim bosma OAV lar o’ta olishdi, misol uchun “Conde Nast Traveller” kabi maxsus turistik jurnallar.
Ijodiy tashqi reklamalardan yoki qiziqarli va o’ziga xos forma va timsollardan foydalanish uzoq muddatli taassurot uyg’ota oladi. Tashqi reklama juda ham harakatchan jamiyat bor joyda samarali bo’ladi. Tourism and hospitality environments themselves can be lent very usefully to marketing communications. Milliy parklar kabi turistik manzillarda tashqi reklamani joylashtirish to’g’ri bo’lmasligi mumkin, lekin tashqi OAV larni sayyohlik manzillari va diqqatga sazovor joylarda joylashtirish iste’molchilarni e’tiborini qattiqroq jalb qilishning yaxshi bir yo’li hisoblanadi, zero iste’molchilar bunday joylarda reklamaga ta’sirchanroq bo’lishadi. Sayyohlik manzillarida insonlar haqiqatdan ham sarguzashtga moyil bo’lishadi va reklamaning bunday joylarda ishlatishilishi katta samara beradi. 8.4-rasmda siz Shotlandiyadagi Glenigls mehmonxonasining xos reklamasini ko’rishingiz mumkin: katta golf ilgaki hamda ulkan oq rangli gumbaz o’ziga xos “radar” vazifasini o’tab bermoqda, chetroqda esa harakatlanuvchi tashqi reklama joylashgan.
4-surat. Ijodiy tashqi reklama – Glenigls mehmonxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |