Mavzu : Akustikaning turli muhitlarda tarqalishi Bajardi : O’tkirbekova Madinabonu Reja : 1.Tovushning vakuumda tarqalishi 2.Gazlarda tovushning tarqalishi 3. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi Tovushning vakuumda tarqalishi Tovushning tarqalishini o‘rganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba o‘tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qo‘ygan. Bunda soatning chiqillab yurgan ovozi bemalol eshitilib turgan ( 1.4-rasm). Shundan so‘ng qalpoq ichidagi havoni so‘rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida butunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo‘q. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil bo‘ladi. So‘ngra siqilish va kengayish havo zarrachalari orqali atrofga tarqaladi. Gazlarda tovushning tarqalishi Stadionlarda o‘tkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitilganligiga e'tibor bergan bo‘lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushaklarning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug'likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen o‘lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga teng. Bu miltiq o‘qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko‘tarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0°C dagi tovush tezligi 1.1- jadvalda keltirilgan. 1. 1-jadval.
Gazlar
|
o, m/s 0°Cda
|
Suyuqliklar
|
o, m/s 20°Cda
|
Qattiq
jismlar
|
o, m/s
|
Azot
|
333,6
|
Dengiz suvi
|
1490
|
Alyuminiy
|
6260
|
Kislorod
|
316
|
Aseton
|
1192
|
Temir
|
5850
|
Uglerod(II)
oksid
|
338
|
Glitserin
|
1923
|
Oltin
|
3240
|
Argon
|
319
|
Simob
|
1451
|
Mis
|
4700
|
Xlor
|
206
|
Etil spirti
|
1188
|
Kumush
|
3620
| Suyuqliklarda tovushning tarqalishi Suyuqlikda zarrachalar gazlarga nisbatan zichroq joylashganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq bo‘ladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va YA.Shturm Shvetsariyadagi Jeneva ko‘lida o‘lchashgan. 8°C li suvda o‘lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Suv ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o‘tmaydi. Buni o‘rganish uchun o‘yinchoq telefon yasaymiz. Yog'ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qo‘yamiz. Har birida bittadan cho‘pni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib cho‘plarga bog'laymiz. qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! O‘rtog'ingizga birini berib, qulog'iga tutishini so‘rang. O‘zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, o‘rtog'ingiz bemalol eshitadi. Bunda tovush ip orqali uzatiladi. Poyezd yo‘li relslariga quloq tutgan odam, poezdni ko‘rmasada, uning kelayotganini eshitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |