1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet100/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

Qo‘shimcha ommaviylikni yaratish
Futbol komandasi kabi ( shu bobning oxirida ,9 misoldatavsiflanganidek) , sportning televizion turlari homiyligi qo‘shimcha reklamani va yanada kengroq ommaviy axborot vositalari orqali brendning ta’sirini yaratadi. Buyuk Britaniyadagi Premer-liga futbol klubining homiyligi tomoshabinlarga va televideniyedagi millionlab auditoriyaga ko‘rinuvchi o‘yinchilarning futbolkalarida tashkilotning nomi bo‘lishini bildiradi.


Korporativ mehmondo‘stlik imkoniyatlarini yaratish
Voqealarning homiyligi, mukofotlash chizmalari doirasida sotish bo‘limlari xodimlari uchun rag‘batlar ta’minlash, asosiy mijozlar bilan sotish imkoniyatlarini amalga oshirish ( xususan korporativ mijozlar munosabatida) yoki vositachilarga rag‘batlar taqdim qilish uchun tashkilotlarga imkoniyatlar yaratadi.


Korporativ ijtimoiy ma’suliyat profilini yaratish
Ko‘pincha homiylik tashkilot va uning imidji, obro‘si yoki CSR munosabatidagi maqsadlari o‘rtasidagi aloqalarni alternativ xayriya usllari sifatida yaratishda foydalaniladi. Xizmatlar dunyoning yomon rivojlangan tumanlarida taqdim qilinishi ayniqsa muhimdir, bu yerda turistik tfaoliyatning ta’siri kuchli yoki tabiiy va jismoniy resurslar mahalliy birlashmalar yoki keluvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Xayriya homiyliklari mahalliy birlashmalar tashabbusi bo‘yicha g‘amxo‘r tashkilot sifatida tashkilotgning obro‘sini yaxshilashga va reklama tashabbuslariga yanada kengroq strategik maqsadlar uchun o‘z ulushini kiritishga yordam beradi. Bu to‘g‘risida 3 bobning tashkiliy etikasi kontekstida so‘z yuritilgan.
Ob-havo xabarlarining mualliflari Ist-Midlends bo‘yicha Buyuk Britaniyanig Markaziy regional televideniyesida qimmat bo‘lmagan 'Bmibaby'aviakompaniyasi asosida regiondagi aviakompaniya brendining ijobiy imidjini qurishadi.Meteoma’lumot homiyligi muhimdir, chunki u Buyuk Britaniyadagi tashqariga chiqish turizminig asosiy omilidir.
Quyidagilar bo‘yicha homiyliklar tanlanadi:

  • Bu yondashuvni tanlash uchun maqsadlar qanday?

  • Qanday qilib matchning, tadbirning yoki dasturning qiyofasi brendning yoki tashkilotning “shaxsiyatiga” ga ta’sir qiladi?

  • Tashkilotning maqsadli aulitoriyasi tadbir/dastur bilan mos keladimi?

  • Sotuv va reklamani rag‘batlantirtish imkoniyatlari qanday?

  • Noqulay reklamaning qanday xavflari mavjud?

  • Qanday faoliyat o‘zining kommunikatsion strategiyasi doirasida tashkilot uchun narx va sifatning nisbatini taqdim qiladi?

Homiylar uchun bu masalalar muhim ahamiyatga ega, chunki tashkilotning homiysi nazoratidan tashqarida qoluvchi ko‘pgina masalalar mavjud. Agar ko‘rgazmaga yomon reaksiya mavjud bo‘lsa yoki futbol matchida zo‘ravonlik namoyon bo‘lsa yoki sportchi shaxsining obro‘si narkotiklar (doping) iste’mol qilishi xabari bilan buzilsa yoki nohuquqiy harakatlarning boshqa shakllari mavjud bo‘lsa , noqulay ommaviylikni shakllantirish mumkin. Bunda ko‘pincha homiylikdan foydalanish va sotishni ko‘paytirish orasida moddiy dalillar bo‘lmaydi. Homiylik maqsadi, reklamadan yoki sotishni ilgarilatishdan tobelikda, jamoatchilik bilan aloqadorlikda juda noaniqdir, shuning uchun ham tadqiqotlar va xabardorlikni baholashni o‘tkazmay turib, homiylikning va homiy tashkilotining foydasini uzil-kesil aniqlash imkoni yo‘q.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish