1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet102/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

Tashqilar:
Media - televideniye, radio va pressa
Jamoatchilik –mahalliy jamoalar, keng jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatish guruhlari
Hukumat –mahalliy, regional, milliy organlar, nohukumat tashkilotlar.


Ichkilar
Ichki manfaatdor tomonlar –aksionerlar, banklar, vasiylik kengashlari
Ichki vakillar – xodimlar, kasaba uyushmalari vakillari
Ichki tijorat – yetkazib beruvchilar, agentlar va vositachilar, mijozlar.

Shunday qilib, PR va reklamaning roli, reklamaga nisbatan kengroq. PRda qatnashish uchun ikki turdagi sabablar mavjud: reaktivli va tashabbusli, bular tashqi va ichki voqealar bilan harakatga keltiriladi. Reaktiv xabarlar, quyida keltirilgan rasmda ko‘rastilgani kabi, ommaviy axborot vositalari va pressa tomonidan bo‘ladigan so‘rovlarga javob sifatida zarurdir. Tashabbuskli xabarlar bir qator informatsion rag‘batga javoban yaratiladi, masalan, yillik hisobot (xususan juda katta tashkilotlarda) o‘tgan yil uchun moliyaviy tashkillashtirishni bajarish to‘g‘risidagi tafsilotlar bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z-o‘zidan uni bosmada yoritishga loyiq bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi tadqiqotlar, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ( masalan, g‘ayrioddiy bo‘lgan yangi tur paket), alyanslar, qo‘shilish va yutilishlar, narxlarning o‘zgarishi, konferensiyalar va seminarlar bosmada yoritishga loyiq bo‘lgan faoliyatning misollaridir va ular PR komandasidan kiritilshni talab qiladi. PR va reklamadan foydalanish tez o‘smoqda, va tashkilotlar, xususan DMO OAV reklamasining strategiyasida ko‘p investitsiyalarni qabul qilmoqda. Baxtli tasodif tufayli, Lubbers (2005) ning aniqlashicha, jurnalist va turizm professionallarining safarlari ko‘pincha shu nuqtai nazarga qo‘shiladilar va tarmoq /yo‘nalishni pressaga taqdim qilishda bo‘ladigan asosiy masalalar haqida kelishidilar.Turistik yo‘nalishlar holatida , “ pressa uchun materiallarni tanlash” dan foydalanishda (Gladuellom i Wolff, 1989) DMO tomonidan yozuvchi –sayohatchilarni belgilangan joyga jalb qilish keng qo‘llanilmoqda, shuning uchun belgilangan joy haqida tasavvurga ega bo‘lish yengillashadi. Yozuvchilarni jalb qilish maqsadida, press-komplekt belgilangan joyning xususiyatlarini ko‘rsatish uchun, ular to‘g‘risida sayohat mualliflarini xabardor qiladi, va shunday qilib, press-komplekt reklama yaratish uchun reklama asbobiga aylanadi. Ichki manfaatdor tomonlar nuqtai nazaridan, informatsion byulletenlar ko‘pincha xodimlarning yoki tashkiliy tuzilmaning o‘zgrtirilishi, rasmlarning sotilishi, mukofotlar va sovrinlar, yangi mahsulotlar va qo‘shilishlar, repozitsionerlash yoki rebrending munosabatida yangi ishlanmalar to‘g‘risida auditoriyani xabardor qilish uchun tashkil qilinadi.





Misol




Xususan sayohatda qatnashuvchi, ko‘pchilik kompaniyalar, har qanday vaqtda yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy mojaro xavfi bilan to‘qnashadilar. Shunday holat 2008 yilning yanvar oyida sodir bo‘ldi, Britaniya samolyoti Airways, London Xitrouga qo‘nishi vaqtida o‘zining dvigatellari ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘ydi va ekipaj samolyotni avriyali qo‘ndirishga majbur bo‘ldilar. Samolyot azroportga to‘siqlarning perimetri bo‘ylab “qo‘ndi” , va o‘tning ustiga qo‘pol qo‘nish vaqtida, o‘zining hamma shassilarini va bitta qanotini yo‘qotdi.
Bu British Airways (BA) kompaniyasi uchun potensial PR- falokat edi, lekin 24 soatdan keyin pressa aviakompaniyani tanqid ham qilmadi, ayblamadi ham. Qisman, bu baxtli tasodif tufayli, passajirlarga hech qanday jiddiy shiyekast yetmaganligi uchun ham shunday bo‘ldi. Lekin asosan, bu holat shunday ishlab chiqilgan ediki, BAning ijrochi direktori Villi Uolsh juda tezlik bilan kameralar oldida murojaat qildi va unda samolyotni qo‘ndirishda, 136 ta passajirni evakuatsiya qilishda ekipajning jasoratini va kasbiy tayyorgarligini yuqori baholadi. U o‘zining bayonnomasini shunday so‘zlar bilan yakunladi: “ Ular qahramonlardir, va British Airwaysning hamma xodimlari ular bilan juda faxrlanadi”. Ommaviy axborot vositalarida qilingan Bayonnomaning tezligi va muddatlari shikastlangan samolyotning muhokamasiga boshqacha yo‘nalish berdi. Bundan tashqari, e’tibor oriyentirini ekipajning ijobiy harakatlariga o‘zgartirish, bunga izdoshlik qilgan ommaviy axborot vositalariga yo‘nalish berdi. Shunday qilib, The Daily Mail keyingi kuni “ uchuvchi, 151 passajirning “hayotini saqlab qolganligi “ to‘g‘risida xabar qildi , hamda The Mirror uchuvchiga “katta medal”berilishi kerakligiga hukumatni da’vat qildi, The Telegraph gazetasi esa shu vaqtning o‘zida oddiygina qilib “ uchuvchi avariyadan so‘ng falokatning oldini oldi “ deb yozdi. Premer-ministr : “ British Airways kompaniyasi xodimlari va kapitanining samolyotni qo‘ndirishdagi yutuqlari uchun, ularning xotirjamliligi va kasbiy tayyorgarligiga ehtiromni bajo keltirish to‘g‘ri deb o‘ylayman. Bu hammasi, inqiroz holatlarida qanday qilib professional boshqarish PR-falokatning oldini olishini ko‘rsatadi.
Source: http://www.media-mentor.co.uk/newsdesk_two.html

Ommaviylik orqali tashqi auditoriyaga yo‘naltirilgan ma’lumotlar kontekstida beshta asosiy tavsifnoma mavjudligi, Jobber (1995) tomonidan aniqlandi:



  1. Ishonchning xabarnomasi;

  2. OAVga vositasiz harajatlarning yo‘qligi;

  3. Nashrning ustidan nazoratning yo‘qolishi;

  4. Saqlash nazoratining yo‘qolishi;

  5. Vaqt nazoratining yo‘qolishi;

Garchi birinchi 2 ta tavsifnomalar juda ijobiy bo‘lsa ham, ular yaratilgan vaqtda tashkillashtirish ustidan nazoratning yo‘qolishi bu holni og‘irlashtirdi. Reklama orqali beriladigan ma’lumotlar keng ommaga teleradioeshittirish orqali yetkaziladi va ishonchning yuqori darajasiga ega bo‘ladi, chunki ular begona manba orqali yetkazib beriladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari uchun hech qanday vositasiz harajatlar yo‘q, va shuning uchun reklama brendning tarqalishi uchun nisbatan arzon usul hisoblanadi. Biroq, ma’lumot yaratilgani va press-kanallar orqali yuborilishi zahoti, uning chop etilishi ustidan tashkilotning hech qonday vositasiz nazorati bo‘lmaydi. PR mutaxassislari ko‘pincha ommaviy axborot vositalarida ko‘p kontaktlarga ega bo‘ladilar, ular voqeaning ishonchliligini kafolatlanishiga tayanishadi (PR kompaniyalar o‘zaro farq qilishining usullaridan biri bu kontaktlarning kuchi), lekin voqea chop etilishiga hech qanday kafolat yo‘q. Bundan tashqari, PRning roli, oqibatda shunga olib keladiki, voqeaning yozilish tarzi OAV uchun informatsion asos sifatida ko‘rib chiqilishiga ishonch hosil bo‘ladi. Biroq, bu jarayonda asosiy ma’lumot o‘zgartirilishi mumkin, va xuddi shunday tashkilot ma’lumotning mazmuni ustidan nazoratni yo‘qotadi, agar tashuvchi voqeaga boshqa burchak ostida qaraydigan bo‘lsa. Tashkilot vaqt nazoratini yo‘qotishi , oxirgi nuqta bo‘lib hisoblanadi, bu turizm va mehmonxona xizmatlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki bular tez buziluvchi hisoblanadi.
Jamoatchilik bilan aloqalar ko‘proq marketing kommunikatsiyalari majmuasining juda ishonchli va kuchli jihati sifatida ko‘rib chiqiladi, hamda hozirgi vaqtda tashkilotlar bu asbobga ko‘p kuch sarflamoqdalar. PR roli , sektorning foydasi uchun emas, balki faoliyat vositalarini yig‘ish bo‘yicha ma’lumotlarni tarqatish uchun, yoki ishbilarmonlik obro‘sini, tushunchasini va ishga qiziqishini ko‘tarish uchun arzon va ishonchli usul sifatida an’anaviy tarzda ekspluatatsiya qilinadi. Shunga qaramay, oxirgi yillarda, xususiy va davlat sektorlarida foydani va ma’lumotlarning ko‘rgazmaliligini yoki brendning qiymatini ko‘tarish uchun, tashkilotlar va jamoatchilik orasidagi tashqi va ichki aloqalarni integratsiyalashda PR nima keltirishini o‘rganishga harakat qilishdi.



Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish