Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti
Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
401-guruh talabasi Ro’zmatov Paxlavonjonning
Iqtidorli talaba yoshlar konferensiyasi taqdimoti uchun
yaratgan ,,Smart Dairy’’ mobil dasturi haqida qisqacha ma’lumot
Hozirgi kunda butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi sharoitida nafaqat insonlarning o’z ish joylarida faoliyat yuritishi, shu jumladan maktab jamosi hamda o’quvchilarning maktab sharoitida tahsil olishi va o’zaro muloqotga kirishishi ularning sog’liklarini xavf ostiga qo’yadi. Bunday vaqtda o’quvchilarning masofaviy ta’lim olishini yaratish, ularni masofadan turib nazorat qilish va baholash, bu haqida ularning ota-onalariga onlayn tarzda ma’lumot berib borish imkoniyatlarini yaratish dolzarb masaladir.
Shundan kelib chiqqan holda men yaratgan “Smart Dairy” onlayn dasturi bir qator afzalliklarga egadir.
Jumladan:
bu dastur onlayn tarzda ishlaydi va u juda kam megabaytlarni talab qiladi;
dastur mobil qurilma vositalariga o’rnatiladi va har bir shaxs o’zi bilan olib yurib, undan har qanday joyda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
dasturga ta’lim muassasasi nomi va undagi barcha sinflar o’quvchilar ro’yxati asosida ketma – ketlikda joylashtiriladi;
dastur fan o’qituvchisi tomonidan boshqarib boriladi, uyga topshiriqlar telegram yoki messenjerlar orqali berilib, bajarilgan topshiriqlar qabul qilib olinganidan keyin o’qituvchi tomonidan tekshiriladi va qo’yilgan baholar dasturga qayd qilib boriladi;
bunda topshiriqqa qo’yilgan baholarni o’quvchining o’zi, uning ota-onasi, maktab direktori, sinf rahbari, mas’ul shaxslar va shu dasturga ega bo’lgan o’quvchilar va boshqa shaxslar ham ko’rib borishlari mumkin;
agar bu dastur maqbul deb topilsa Xalq ta’limi bo’limi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham o’rnatilib, ular maktab o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini to’g’ridan - to’g’ri kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
dastur orqali sinf rahbari o’quvchilarning davomatini onlayn tarzda qayd etib borishi va bundan ota- onalarni to’g’ridan – to’g’ri xabardor qilib borishi mumkin;
dasturga fan o’qituvchisi o’tilgan mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’ruza matnlari, prezentatsiyalar, rangli rasmlar, video roliklar joylashtirish, uyga topshiriqlarni berib borish imkoniyatiga ega bo’ladi;
bu dasturning eng afzallik tarafi - uning xavfsizligidadir: boshqa shaxslar fan o’qituvchisi tomonidan qo’yilgan baholarni o’zgartira olmaydilar.
Bu dasturni ta’lim sohasiga joriy etish orqali an’anaviy jurnallardan voz kechilib, jurnalning vazifasi butunlay dasturga yuklanadi. Bunda dastur ham jurnal, ham kundalik vazifasini o’taydi. O’quvchilarning davomati, olgan baholari to’g’ridan to’g’ri fan o’qituvchisi, maktab mas’ullari, sinf rahbari, ota-onalar, shu jumladan, ta’lim nazorati vakillari tomonidan muntazam kuzatilib borish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Bu dasturni keyinchalik takomillashtirib, Oliy ta’lim sohasiga joriy etish orqali ta’lim sohasida bir qator qulayliklar va yutuqlarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |