Reja: Guruh (sinf) rahbari va uning faoliyat mazmuni



Download 171,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2022
Hajmi171,26 Kb.
#550109
Bog'liq
5-mavzu maruza matni



Mavzu: Sinf rahbarining o’quv faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari. 
REJA: 
1.
Guruh (sinf) rahbari va uning faoliyat mazmuni. 
2.
Guruh (sinf) rahbari ishini rejalashtirish qoidalari. 
3.
Guruh (sinf) rahbari ishini rejalashtirish turlari. 
4.
Guruh (sinf) rahbari ishini hisobga olish. 
Tayanch so‟zlar: sinf rahbari, sinf hujjatlari, tarbiyaviy ish, rejalashtirish, faoliyat, 
tadbirlar, badiiy – estetik tarbiya, fan to‘garaklari, istiqbolli reja, joriy reja, kalendar tamatik 
reja. 
Guruh rahbari (sinf rahbari) va uning faoliyat mazmuni. O‘quvchilarga har tomonlama 
tarbiya berishning negizida sinf rahbarining olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy o‘rinni egallaydi. 
Sinfda tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yuvchi, o‘quvchilarning asosiy tarbiyachisi va murabbiysi sinf 
rahbaridir. Unga bolalar hayotini yo‘lga qo‘yish, jamoani uyushtirish va tarbiyalash mas‘uliyati, sinfdagi 
o‘quv-tarbiyaviy ishlariga javobgarlik yuklanadi.U tarbiyachi sifatida o‘quvchilarni barkamol shaxs bo‘lib 
kamol topishi to‘g‘risida, ularda aqliy teranlik, jismoniy baquvvatlilik, ruhiy tetiklikni tarkib toptirish, ilmga 
e‘tiqod, bilimdonlik hislatlarini tarbiyalash to‘g‘risida va sinfda tartib intizomni mustahkamlash borasida 
g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning barchasini kuzatuvchi sifatida emas, balki rasmiy, ma‘sul shaxs 
sifatida bajaradi, chunki u maktab pedagogik jamoasi oldida o‘ziga topshirilgan sinfda g‘oyaviy- siyosiy, 
ma‘naviy – axloqiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo‘lga qo‘yilishi uchun 
javobgardir. 
Sinf rahbarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona jamoa qilib 
jipslashtirishdan iboratdir. Albatta, o‘z sinfidagi o‘quv ishlari, o‘quvchilar bilim, darajasini oshirish 
masalalari ham uning e‘tiborini jalb etadi, ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida 
yondoshadi. 
U eng avvalo tarbiya berish vositalari orqali (o‘quvchilarda o‘quv vazifasiga nisbatan ongli va ma‘suliyat 
bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, u darslarda o‘quvchilarning o‘zaro yordamni yo‘lga qo‘yish, ularni 
maktab kun tartibiga rioya qilishga o‘rgatish va shu kabilar) ta‘lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars 
beradigan barcha o‘qituvchilarga yordam beradi. 
Har bir sinfda muayyan o‘quvchilar jamoasi ish olib boradiki, u jamoa o‘quvchilarga qo‘yiladigan yagona 
talabga amal qilish, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirish kerak. Odatda, bu jamoaning 
tashkilotchis va yetakchisi sinf rahbari bo‘ladi. U sinfida dars beradigan o‘qituvchilar olib boradigan o‘quv-
tarbiya ishlarining hususiyatlarini o‘rganadi, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda o‘quvchilar 
bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta‘sir ko‘rsatish metodlari 
haqida o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashib turadi. Uning muhim vazifasi o‘qituvchilarning tarbiyaviy ish 
faoliyatlarini birlashtirib, yo‘naltirib borishdan iborat. 
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a‘zosidir. U barcha 
tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg‘iz o‘zi emas, balki maktab direktori va uning o‘rinbosarlari 
rahbarligida, o‘z sinfida dars beradigan boshqa o‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi va 
quyidagilarga o‘z e‘tiborini qaratadi. 
Sinf rahbarining asosiy vazifalari sirasiga har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘quvchilarni 
o‘qishga, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; 
-maktabda, sinfda o‘quvchilarni ahil jamoaga birlashtirish va tashabbbuskor o‘quvchilarni 


tarbiyalash maqsadida o‘quvchilarning talab va qiziqishlari, ularning sinfdagi va oiladagi o‘zaro 
munosabatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish; 
o‘quvchilarni o‘zbek va boshqa xalqlarning madaniy, tarixiy, milliy va xududiy an‘analarini hisobga olib, 
xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash; 
o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boradi, har bir o‘quvchining qobiliyati va 
qiziqishlarini diagnostik usulda aniqlash; 
o‘quvchilar dunyoqarashini fan-texnika yutuqlari, milliy madaniyat asosi bo‘lgan musiqa va raqs, kino, 
teatr, adabiyot, xalq hunarmandchiligi kabi vositalar orqali kengaytirish; 
o‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish; 
o‘quvchilarning oilasi, turar joylari va turmush sharoitlari bilan tanishish; 
ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lish; 
-o‘quvchilar o‘zlashtirishini yuqori darajaga ko‘tarish, intizomni mustahkamlash, ular tomonidan maktab 
Nizomi va ichki tartib qoidalariga rioya qilish bo‘yicha sinf majlislarini o‘tkazish; 
o‘quvchilarning badiiy-havaskorlik, sport, hunarmandchilik, milliy merosga oid to‘garaklarga faol 
qatnashishlarini ta‘minlash kabilar kiradi. 
Sinf rahbari o‘z faoliyatini boshlar ekan, «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi» 
(1999 y), «O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi» (1999 y) talablariga 
muvofiq sinfda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Ta‘lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risida» gi Nizomda sinf rahabari ishni 
o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini hisobga olgan holda tarbiyaning 
quyidagi yo‘nalishlari – mezonlari asosida tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilgan: 
vatan tushunchasini o‘quvchilar qalbiga singdirish; 
milliy, ahloqiy, madaniy va ma‘naviy tushunchalarni shakllantirish; 
milliy istiqlol mafkurasi va uni idrok etish; 
iqtisodiy savodxonlikni oshirish; 
ekologik savodxonlikni oshirish; 
huquqiy savodxonlikni oshirish; 
jismoniy kamolot; 
O‘zbekiston bolalar va o‘smirlar uyushmasi faoliyati, asosiy mazmuni, mohiyati va jamiyatdagi 
mavqyeini targ‘ib etish; 
bolalar va o‘smirlaruchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ‘ib etish; 
ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash, ota-onalar Kengashlari faoliyatini jonlantirish; 
o‘quvchining oilasiga borib turish; 
ota-onalarni maktabga taklif etish; 
ota –oanlar bilan yozishmalar orqali aloqa bog‘lash; 
ota-onalar yig‘ilishlari; 
ota-onalar uchun suhbatlar va ma‘ruzalar; 
maslahatlar va savol javob kechalari; 
konferensiyalar, uchrashuvlar tashkil etish; 
ota-oanlarni pedagogik adabiyotlar bilan tanishtirish; 
ota-onalar faollari bilan ishlash. 
Tarbiyaviy ish - bo‘lajak pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. 
Bolalar jamoasini uyushtirish, uni tarbiyalangan, uyushgan, ahil guruhga aylantirish, o‘quvchilarning ko‘p qirrali, 
ijtimoiy-foydali faoliyatini tartibga solish ishlari pedagogdan tashkilotchilik mahoratini qay darajada egallashiga 
bog‘liq. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni yolg‘iz o‘zi emas, balki maktab direktori va uning 
o‘rinbosarlari rahbarligida, o‘z sinfida dars beradigan boshqa o‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda 
olib boradi. Sinf rahbari ish rejasini tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, 


o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim va tarbiya birligining ta‘minlashning asosiy yo‘llarini belgilab oladi. 
Direktor va uning o‘rinbosari sinf rahbari ish faoliyatini boshqarib turadi, o‘quvchilar tarbiyasi faqatgina sinf 
rahbariga taalluqli bo‘lmasdan maktab ma‘muriyati ham bevosita o‘quvchilar tarbiyasi bilan Shug‘ullanadi 
va nazorat qilib turadi. Sinf rahbarining ish jarayoni tarbiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan, 
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiyaviy tadbirlar yig‘indisidan iboratdir. Bu ish jarayoni shaxsning 
ijobiy hislatlarini tarkib toptirish maqsadida ular uchun maqbul bo‘lgan tarbiyaviy manbalarni tanlab olib, 
ularga ta‘sir etishning yanada samarali vosita va metodlarini moxirlik bilan qo‘llashni ko‘zda tutadi. Sinf 
rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar bir necha qismdan iborat bo‘lib ular: 
O‘quvchilarni o‘rganish. 
Sinfga rahbarlik qilish, odatda, sinf o‘quvchilarini alohida-alohida o‘rganishdan 
boshlanadi. Sinf rahbari o‘quvchilarni o‘rganishda quyidagi ishlarni bajarishi kerak: 
rahbar bo‘lib tayinlangan sinf o‘quvchilarining shaxsiy hujjatlari bilan tanishish; 
o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash; 
tarbiyasi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash; 
-ota-onasi bo‘lmagan, qarindosh urug‘larining 
qaramog‘idagi 
o‘quvchilarni 
aniqlash; 
sinf o‘quvchilari uy sharoitlari bilan tanishish. 
Yangi sinfni qabul qilgan o‘qituvchi o‘z sinfidagi o‘quvchilarning uy sharoitlari bilan 
tanishish ishlarini nihoyatda sinchkovlik bilan o‘tkazishi zarur. Chunki bu davr eng 
mas‘uliyatli davr bo‘lib sinf rahbari o‘tkazadigan tarbiyaviy ta‘sirini ham belgilashi kerak. 
Sinf rahbari uy sharoitlari bilan tanishayotganda, Yuqorida sanab o‘tilgan asosiy vazifalarni 
bajarishni rejalashtirib oladi. Ota-onalar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari alohida daftarga 
qayd etiladi. Sinf rahbari, shu bilan birga o‘quvchiga yaratilgan sharoitni sosiologik analiz 
qilishi ham mumkin. 
Sinf o‘quvchilari jamoasini tashkil etish va tarbiyalash. Sinf rahbari inoq va ma‘lum maqsadni 
ko‘zlagan jamoaga jipslashtirar ekan, o‘quv tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun 
zamin yaratadi. U ayrim o‘quvchilarga va butun sinfga o‘z obro‘-e‘tiborini bilangina emas, 
balki sinf jamoasida jamoat fikrini tarkib toptirish yo‘li bilan ta‘sir etadi. 
O‘quvchilar bilim sifatini 
oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. 
Sinf rahbari o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi, ayrim 
o‘quvchilarni keyinda qolishini va o‘z sinfida ikki yil o‘tirib qolishini oldini olishga harakat 
qiladi. 
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ular 
o‘tkazish. 
Darslarda, ta‘lim berish jarayonida beriladigan tarbiya darsdan tashqari ishlar bilan to‘ldiriladi. Sinfdan 
tashqari tarbiyaviy ishlar sinf rahbaridan juda ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashni talab qiladi. U darsda 
asosan o‘qituvchilik ishini bajaradi sinfga rahbarlik vazifasi esa deyarli darsdan tashqari vaqtlarda 
bajariladi. 
O‘zbekiston bolalar 
va 
yoshlar 
tashkilotlarga 
yordam ko‘rsatish, ular bilan 
yaqindan aloqada bo‘lish. 
Bolalar va yoshlarning tashabbuskor tashkilotlari maktabda juda muhim tarbiyaviy vazifani ado etadi. 
Ular butun pedagogik jamoa bilan birgalikda va eng avvalo, sinf rahbari bilan hamkorlikda 
o‘quvchilarda bilimlarga qiziqishning va ijtimoiny faollikni tarbiyalashga yordam beradi. 
O‘quvchilarning ota-onalari bilan olib boradigan ishlari. 
Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. 


Maktabning oila bilan yanada mustahkamlash aloqasi sinf rahbarlari orqali amalga oshiriladi. Sinf 
rahbari tarbiyaviy ishning asosiy qismlari mana shulardan iborat. 
Sinf rahbari ishini rajalashtirish qoidalari. Sinf rahbari ishini rejalashtirish birinchi 
navbatda sinf hujjatlarinii
yurgizishdan boshlanadi. Sinf rahbari tarbiyaviy ishining 
ko‘pqirraliligi va og‘ir tomoni shunisi bilan izohlanadiki, tarbiyaviy ishni rejalashtirishda 
chuqur analiz va 
chuqur o‘ylanib tuzilgan rejadir. 
L.N. 
Tolstoy o‘z asarlarinng 
birida odamlar bir biridan shunisi bilan farq qiladiki, ayrimlari biron bir ishni qilib qo‘yib, 
keyin o‘ylasa, ayrimlari oldin o‘ylab, keyin ishni qiladi. Xalqimiz ham bu borada « Oldin 
o‘yla - keyin so‘yla» degan hikmatlarni aytishgan. Shuning uchun ham insoniyat hayvonot 
dunyosidan oldindan o‘ylab ko‘ra olish xususiyati bilan ajralib turadi. Taniqli fiziolog
P.K. Anoxin, yuqorida ta‘kidlanganidek, inson o‘z sa‘yi – harakatlarini bajarmasdan 
turib o‘z ongida taxlil qila olish imkoniyatiga ega,ya‘ni harakatlar dasturini tuzib olib keyin 
uni amalga oshiradi. O‘z rejalarini amalga 
oshiribgina qolmasdan unga tuzatishlar kiritib boradi. 
Odamlarning faoliyati qay darajada murakkab bo‘lsa, va qanchalik vaqtni ko‘p talab qilsa, 
shunchalik oldindan o‘ylash, rejalashtirish shunchalik muhim ahamiyat kasb etib boraveradi. 
Ana shunday ishlar sirasiga pedagogning ta‘limiy va tarbiyaviy ishlarini misol tariqasida 
kiritish mumkin. O‘qituvchining pedagogik faoliyati uzoq vaqtni talab qiladi. Negaki, 
tarbiyada samaradorlikka qisqa vaqtda erishishning imkoniyati yo‘q. Bu faoliyatda rejasiz 
qilingan ish – xodisalarning ortidan yurish bilan barobardir. O‘ylab qilingan, reja asosida 
tuzilgan ish – xodisalarni boshqarish, pedagogik vaziyatlarni yaratish va pedagogik 
faoliyatga mazmun bag‘ishlash demakdir. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi holatlarga e‘tiborini qaratish 
kerak. Bular: 
o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun har xil tadbirlar va tarbiyaviy ishlarning 
turlariga; 
tarbiya faqat faoliyat jarayonlarida amalga oshishini inobatga olgan holda o‘qish, mexnat, 
vatanparvarlik, badiiy – estetik, sport – sog‘lomlashtirish faoliyalariga ; 
sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar jamoasining tarbiyasiga va rivojlanishiga 
xizmat qilishi kerak; 
o‘quvchilar jamoasining har tomonlama rivojlanishi uchun sinfdan tashqari tarbiyaviy 
ishlar bugungi kunda dolzarb, muhim bo‘lgan tarbiyaviy vazifalarni o‘z ichiga olishi shu 
asosda tadbirlar amalga oshirilishi kerak; 
tadbirlar rejasi sinf rahbari, sinfda dars beradigan o‘qituvchilar va ota – onalar 
hamkorligida tuzilishi muhim axamiyat kasb etadi. 
Sinf rahbari tomonidan tuziladigan tarbiyaviy ishlar rejasi quyidagi 
tarzda amalga 
oshirilsa pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muofiq bo‘lar edi. 
Birinchi 
bosqichda sinf rahbari 
o‘z sinfining 
quyidagi 
jixatlarini
bilishi muhimdir; 
sinfning jamoasining tarbiyalanganlik darajasi; 
sinfning jamoasinig ijobiy tomonlari; 
sinf jamoasinigng salbiy tomonlari; 
sinf jamoasining har tomonlama o‘sishi; 
sinf jamoasinig o‘sish darajasi; 
sinf jamoasining ijtimoiy faolligi; 


sinf jamoasinig qiziqishi; 
sinf jamoasida tarbiyaning pasayishi; 
badiiy adabiyotlarni o‘qish yoki o‘qimasligi; 
-ommaviy sport tadbirlaridagi ishtiroki kabilani inobatga olgandan keyingina 
tarbiyaviy ish rejasiga kirish qimini yozish kerak. 
Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda : 
―kun tartibiga rioya qilish – madaniyat belgisidir‖ mavzusida suxbat; 
―Uy vazifalarin bajarish sirlari‖ mavzusida suxbat; 
― O‘quvchilarning fan to‘garaklariga qatnashishi‖ mavzusida sinf yig‘ilishi; 
ekskursiyalarni tashkil qilish; 
maktab atrofini obodanlashtirishda faol ishtirok etish; 
―Uy ishlarida o‘quvchilar ishtiroki‖ mavzusida ota onalar ishtirokida qo‘shma yig‘ilish; 
―Ijtimoiy foydali mexnatda faollar rolini ko‘tarish haqida‖ faollar bilan kengash; 
―Mehnat insonni ulug‘laydi‖ mavzusida zavod, fabrika raxbarlari bilan suxbat; 
badiy kechaga tayyorgarlik ―Ulug‘lardan – ulug‘imsan Vatanim‖; 
― Biz yosh spotchilarmiz‖ uch bosqichli spot anjumanlariga tayyorgarlik; 
― Qushlar bizning do‘stimiz‖ mavzusida tadbir; 
―Olamda nima gap‖ mavzusida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash. 
Uchinchi bosqich ―Uy vazifalarini bajarish borasida o‘quvchilar javobgarligini oshirish‖ 
yo‘nalishida tarbiyaviy tadbirlar: 
sinfda dars beradigan o‘qituvchilar, ota – onalar 
bilan ―qanday qilib uy o‘qishini 
yuksaltirish mumkin‖ mavzusida uchrashuv. 
-― Uy vazifalarini bajarishning asosiy qoidalari‖ mavzusida o‘quvchilar bilan suxbat; 
uy vazifalarining bajarilishini tekshirish uchun o‘quvchilarning uylariga tashrif; 
uy vazifalarini bajarish bo‘yicha darslarni tashkil qilish; 
birgalikda uy vazifalarini bajarish; 
To‘rtinchi bosqich tarbiyaviy ishlar rejasini rasmiylashtirish: 
choraklik; 
yarim yillik; 
bir yillik. 
Bu tadbirlar xronologik tarzda joylashtirilishi shart. Xronologik tartibda tuzilgan rejalar 
bilan ishlash ancha qulay bo‘lib u ilmiy asosga egaliligi bilan xarakterlanadi. 
Reja – sinf rahbarining asosiy hujjati hisoblanadi. U tarbiyaviy ish rejalaridan tashqari sinf 
jurnalining to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs hisoblanadi. Ayrim sinf raxbarlari o‘z 
tajribalaridan kelib chiqib, maxsus jurnal tutadi. Undan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, 
sinf rahbari har bir o‘quvchisining ijobiy, salbiy jixatlarini, yutuqlarini , kamchiliklarini, 
inson sifatidagi alohida xususiyatlarini, alohida varaqlarga qayd qilib boradi. Bu tarzda 
ishning yuritilishi, o‘quvchilarning har tomonlama o‘sish jarayonlarini kuzatib borishga 
yordam beradi. 
Sinf rahbari ishini rejalashtirish turlari. Sinf rahbari tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy 
ishlardan ko‘zlangan maqsad, har tomonlama ma‘naviy rivojlangan aqliy va axloqiy 
barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko‘ra sinf rahbari va o‘quvchilar 
faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari oliy 


maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa‘yi – harakatlarni jadallashtiradi. 
Ta‘lim muassasalarining asosiy vazifasi – yosh avlodni aqlan yetuk, axloqan va jismonan 
rivojlanishirishga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda yosh avlodning qobiliyatlarini har 
tomonlama kamol toptirish yo‘lida ularga zamon talablariga mos ravishda qulay sharoitlar 
yaratishni vazifa sifatida qo‘yadi. 
Yosh avlod zamonga mos ravishda kamol topishi uchun sinf rahbari o‘z o‘quvchilaridan 
doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, ularning taqdiri bilan qiziqishi shart . Shuning uchun ham 
har bir sinf rahbari har bir tarbiyaviy ishlarni rejali tarzda amalga oshirishi tarbiya 
jarayonida muhim axamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlarni 
rejalashtirishning ahamiyati beqiyosdir. 
Sinf rahbari tomonidan to‘g‘ri tuzilgan tarbiyaviy ishlar rejasi yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan xar qanday xatoning oldini olishga yoki oldin yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni 
o‘z vaqtida va o‘z o‘rnida tuzatishga, tugatishga yordam beradi. Sinf raxbarlari tomonidan 
rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlar nafaqat ta‘lim muassasalarida tartib intizomni to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishda, balki ijtimoiy hayotda ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ta‘lim muassasalarida jumladan boshlang‘ich ta‘limda shartli ravishda qabul qilingan 
quyidagi ish rejalari mavjud bo‘lib, ular o‘zining ba‘zi bir jihatlari bilan xarakterlanadi. 
Bunga: 
boshlang‘ich ta‘limning ma‘lum istiqboli davriga mo‘ljallab tuziladigan ish rejasi. Buni 
umumta‘lim maktabining istiqbolli ish rejasiga mos holda tuziladi va amalda qo‘llaniladi; 
umumta‘lim maktablarining bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuziladigan kelendar ish rajasi 
asosida boshlang‘ich ta‘limning kalendar ish rejasi; 
maktabning joriy ish rejasi. Mazkur reja umuta‘lim maktablarining bir o‘quv yiliga 
mo‘ljallab tuzilgan ish rejasi asosida ishlanadi. Bu reja turkumiga: 
-umumta‘lim maktab direktorinig o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining bir yilga 
mo‘ljallab tuzilgan ish rejasi; 
boshlang‘ich sinf bo‘yicha maktab direktorii o‘rinbosarining bir o‘quv yiliga mo‘ljallab 
tuzadigan ish rejasi; 
umumta‘lim maktab direktorinig ma‘naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining bir yilga 
mo‘ljallab tuzilgan ish rejasi; 
boshlang‘ich sinflar uchun tashkil etilgan metodik, birlashmaning ish rejasi; 
sinf raxbar va sinfda fanlari bo‘yicha dars beradigan o‘qituvchilarning o‘quv va 
tarbiyaviy ish rejasi. 
Yuqorida qayd etilgan rejalar asosida maqsadli va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, ishni 
qanday rejalar asosida, qanday usulda amalga oshirishga, unda belgilangan tadbirlarni 
xayotga tadbiq etish maxoratiga , zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali 
foydalanishga bog‘liq. 
Boshlang‘ich ta‘limda o‘quv va tarbiyaviy rejalarini amalga oshirish quyidagilarda 
ko‘rinadi. Bular: 
yuqori tashkilotlar, xalq ta‘limi bo‘limlari va maktabga yaqin bo‘lgan turli muassasalari 
bilan integrativ aloqaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi ; 
ta‘lim muassasalariga ishbilarmon, qobiliyatli, halol, zamonaviy bilimlar bilan 
qurollangan pedagoglarning jalb qilinganligi; 
mutaxassislarning to‘g‘ri tanlanganligi: 
xodimlarning shaxsiy ish rejalari ilmiy asosda tuzilganligi; 


rahbariyat tomonidan odilona nazorat tizimining ishlab chiqilganligi; 
Umumta‘lim maktablarining tarbiyaviy ishini rejalashtirishda quyidagilarga rioya qilish 
maqsadga muvofiqdir: 
tarbiyaviy ishni rejalashtirishda ,ko‘zda tutilayotgan ishni to‘liq tasavvur qila olish; 
tarbiyaviy ishning samaradorlik darajasini ilmiy asosda aniq tasavvur qilish; 
tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri yo‘naltirishda tarbiya tizimining vositalaridan samarali 
foydalanish; 
Sinf rahbarining ishini rejalashtirishda umumta‘lim maktab ishini rejalashtirish qodalariga 
amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirish qoidalari quyidagicha izohlanadi. 
Ilmiylik qoidasi bu hal qiluvchi asosiy omillardan biridir. Tuzilishi ko‘zda tutilayotgan har 
bir reja birinchi navbatda real, haqqoniy bo‘lishi lozim . Ahvolni anglab yetish uchun uni 
ilmiy taxlil qilish kerak bo‘ladi. Rejalashtirish jarayonlarida o‘qituvchi ro‘y berayotgan 
jarayonlarga pedagogik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshuvni amalga 
oshirishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki yuqorida qayd etilgan fanlarda erishilgan 
yutuqlar rejalashtirishda muhim omil bo‘ladi. 
Demokratik qoidasi. Bu qoida asosan ta‘lim tizimida bir – birini tushunishga asoslanadi. 
Tuzilishi rejalashtirilgan har qanday reja maslaxat, kengashga tayanib tuziladi. Bu tarzda 
tuzilgan rejalar ilmiy-metodik va umumiy pedagogik yo‘nalishda egaligi bilan 
xarakterlanadi. Rejalashtirishdagi demokratiya esa, rejaning bir kishi tomonidan emas, balki 
pedagoglar jamoasi ishtirokida ishlab chiqishda va muhokama qilishda pedagoglar 
jamoasining faol qatnashuvini rag‘batlantiradi. Umuman olganda ta‘lim tizimini samarali 
tashkil qilishda, yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda, demokratik qoida 
asosida tuzilgan reja ish beradi 
Sinf rahbari tajriba ortirgan sari oddiy ishlardan murakkabroq ishlarga qiziqishi ortib 
boradi. Rejalashtirlgan ishlar muvaffaqiyatli boshlangani yoki yakunlangani emas, balki 
undan o‘quvchilar qay darajada ta‘sirlanganligi ko‘proq o‘qituvchini qiziqtira boshlaydi. 
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘quvchilar tadbirda ishtirok etgani bir masala, 
ishtirok etish sabablari asosiy masala sifatida talqin qilinadi. 
Sinf rahbari ishini hisobga olish. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari muvaffaqiyati albatta 
uni rejalashtirish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Sinf rahbarining ish rejasi o‘quvchilarning 
barkamol shaxs sifatida yuksalishini nazarda tutadi. Uning amalga oshishida sinf rahbari: 
maktabning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur qilishi; 
shaxsning psixik rivojlashinining qonuniyatlarini bilishi; 
tarbiyada aniq maqsadni qo‘ya olishi; 
tarbiya vazifalarini to‘liq bajarishi; 
tarbiya tamoyillarini to‘g‘ri tanlay olishi va unga amal qilishi; 
bolalarni tarbiyalashning usullarini to‘g‘ri tanlay olishi; 
tarbiya jarayonlarining to‘g‘ri shakllarini tanlashi; 
tarbiya vositalarinidan o‘z vaqtida foydalana olishini; 
oldindan ko‘ra olishni ; 
Tarbiya natijalarini aniq tasavvur qila olishni taqoza etadi. 
Rejani tuzishda unga qo‟yiladigan asosiy talablar: 


tarbiyaviy maqsad - vazifalarning to‘g‘ri va aniqligi; 
tadbirning detallashtirilganligi; 
tadbirlarning aniqligi; 
tadbirlarni rejalashtirishda optimal variantlarni inobaga olish; 
tadbirning istiqbolli ekanligi; 
tadbirning dolzarbligi; 
pedagogning rahbarlik qobiliyati; 
o‘quvchilar faolligi; 
sinfdan tashqari trabiyaviy ishlarning axamiyati; 
maktabdan tashqari ishlarni yo‘lga qo‘yish; 
o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish; 
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini inobatga olish; 
O‘quvchilarning shart - sharoitlarini xisobga olish; 
sinf rahbari rejasining maktabning boshqa rejalari bilan mutanosibligi; 
Tarbiya natijalarini o‟rganish va hisobga olish usullari: 
o‘quvchilarning tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishi va ularni taxlil qilish; 
uslubiy birlashma yig‘ilishlarida 
rejalashtirishni va tarbiya 
natijalarini 
muxokama qilish; 
maktab pedagogik Kengashining yig‘ilishlarida vaqti-vaqti bilan o‘z tarbiyaviy faoliyati 
haqida xisobot berish;. 
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarini o‘rganishda va baxo berishda nimalarga ahmiyat 
berish kerak? 
o‘quvchilarning axloq-odobiga; 
o‘quvchilarning faolligiga; 
o‘quvchilarning tadbirlarda qatnashishiga; 
o‘quvchilarning munosabatlariga; 
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatiga. 
o‘quvchilarning ijodkorligiga ; 
o‘quvchilarning dunyoqarashiga; 
o‘quvchilarning ma‘naviy saviyasiga . 
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda ularni o‘tkazishninrg quyidagi ko‘rinishlariga e‘tibor 
berish kerak. Bular: 
tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli tarbiyaviy soat (dars)lar; 
ertaklar uchrashuvlar; 
ko‘rik – tanlovlar; 
suxbatlar; 
o‘yinlar; 
sayoxatlar; 
badiy kechalar; 
turizm; 
taniqli insonlar bilan uchrashuvlarni tashkillashtirish. Tarbiyaviy tadbirlarning namunaviy 
pedagogik taxlili : 
Umumiy ma‘lumotlar: sana, maktab, sinf, o‘qituvchilar va tadbir mavzusi: 
Tashkil etish shakli (suxbat, tematik kecha, davra suxbat, kurik tanlov va boshqalar) 
Maqsad va vazifalarning qo‘yilishi. 
Tarbiyaviy tadbir rejasining sifati. 


O‘qituvchining tadbirga tayyorgarligi, uning roli, o‘z-o‘zini tutishi, nutq 
texnikasi. 
O‘quvchilarning tadbirga tayyorgarligi. 
O‘quvchilarni faollashtirish usullari va vositalari. 
Tarbiya tamoyillarining qo‘llanilishi. 
O‘quvchilarni ommaviy jalb qilish ko‘lami. 
O‘quvchilarni yaxshilikka undashi. 
Zamonaviy texnik vositalardan foydalanganligi. 
Ota – onalarning tadbirga jalb qilinishi; 
O‘quvchilarningg tadbirga ijobiy, ijodiy yondashganligi. 
O‘quvchilar tamonidan xulosalar chiqara olishi . 
Xulosa: tadbirning yutuq va kamchiliklari hamda ularni yo‘qotish yo‘llari.
Umumiy baho. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Sinf rahbari qanaqa faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi.?
2.Sinf xujjatlari deganda siz nimani tushunasiz? 
3.Tarbiyaviy tadbirlarning shakllarini aytib bering?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch.T:.Ma‘naviyat, 2008 yil
2.Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003
3.Hasanboyev J:, To‘raqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 
2010

Download 171,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish