8-Mavzu Tashkilot xodimlarini boshqarish
Reja:
8.1.Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
8.2.Ta’sir va hukmronlik
8.3. Nizolar va ularni boshqarish
8.4.Xodimlarni boshqarish tizimi va uning tarkibiy qismlari
8.1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
Ishlab chiqarishning zamonaviy rivojlanganligi darajasi jamoaviy mehnatning
zarurligini
asoslab beradi, u, o‘z navbatida, mehnat jamoasini mavjud bo‘lishini
belgilaydi. Tashkilotni samarali faoliyat yuritishi
mehnat jamoalarini faoliyat
yuritishlari qonunlarini bilish va ulardan foydalanishning ko‘zda tutadi.
Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi
xodimlar birlashmasi tushuniladi. Ular bir birlari bilan shunday o‘zaro
hamkorlik
qiladilarki, har biri boshqa shaxsga ta’sir ko‘rsatadi va bir vaqtda uning ta’siri ostida
bo‘ladi. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonni tashkil qilish
uchun mehnat taqsimoti amalga oshiralayotgan vaqtda rahbarlikni yaratadilar. Bu
birlashma tashkiliy yagonalikka ega va umumiy maqsadlar bilan birlashgan.
Boshqaruv yagona irodaga asoslanishi kerak, bu mulk egasi tomonidan tayinlangan
yoki saylangan rahbarni mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Jamoalar faoliyatining samaradorligi ko‘yidagi bir qator omillarga bog‘liqdir:
ishchi guruhlarning o‘lchamlari va tarkibi;
guruhli me’yorlar;
odamlarning jipsligi;
nizolarning darajasi;
guruh a’zolarining statusi va vazifaviy rollari va boshqalar.
O‘lchami uning vazifalariga mos keluvchi va tarkibida xarakterning o‘xshamas
alomatlariga ega odamlar bo‘lgan guruh samarali hisoblanadi,
bunda guruhli
me’yorlar tashkilotning maqsadlariga erishish va jamoachilik ruhini yaratishga
yordam
beradilar, unda nizolarning yuqori darajasi ustinlik qiladi va guruhning
yuqori statusga a’zolari esa ustunlik qilmaydilar.
Menejer uchun
jamoa- bu asosiy tayanchiqdir, shuning uchun jamoa ishini
ratsional tashkil qilish uning dolzarb vazifasi bo‘ladi.
Jamoaviy ish u yoki bu
sabablar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida lavozimli vazifalarni aniq taqsimlash mumkin
bo‘lmagan joyda juda keraklidir.
Me’yoriy ahloqiy-psixologik muhitga ega ishga qobiliyatli, tashkiliy jamoani
tashkil qilish uchun sotsiologik, psixologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish kerak.
Masalan, jamoani shakllantirish va shaxslararo munosabatlarni tadqiqot
qilishda sotsiomatritsalar (8.1. jadval) va sotsiogrammalarni tuzish tavsiya etiladi.
Bunday sotsiomatritsa guruh a’zolarining bir birlariga munosabatlarini aniqlab
olish, guruhda jipslashganlikni o‘rnatish,
etakchini aniqlash, guruh a’zolarini
sotsiolmatrik statusi va hayojonli ekspansivlik (o‘zini tuta bilmaslik)ni belgilashga
imkon beradi.
Sotsiogrammani tuzish uchun hammadan avval ramzli ma’no belgilanadi,
masalan:
B ning G ga nisbatan ijobiy tanlovi
G ning B ga nisbatan salbiy tanlovi
O‘zaro ijobiy aloqa
O‘zaro salbiy aloqa
8.2.jadval