Navoiy davlat pedagogika instituti



Download 138 Kb.
Sana24.02.2017
Hajmi138 Kb.


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI




NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI




O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI O`QITISH METODIKASI”


KAFEDRASI







Mavzu: O`rin-joy ma’nosini ifodalovchi so`zlar tasnifi


Bajardi: Madaliyeva Aziza

Qabul qildi: o`qit. E.Boymanov

NAVOIY - 2014



MAVZU: O`RIN-JOY MA’NOSINI IFODALOVCHI SO`ZLAR TASNIFI
REJA:
Kirish

I. Ona tili ta’limi va undagi o`zgarishlar xususida


II. O`rin-joy otlari va ularning ma’nosini ifodalovchi so`zlar tasnifi

II.1. O`rin-joy otlari haqida ma’lumot

II.1. Nomshunoslik masalalari va ularning o`rganilishi

II.3. „O`rin-joy otlari“ mavzusidagi dars ishlanmasidan namuna


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


KIRISH

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o`zbek tili ta’lim tizimida ko`plab o`zgarishlarni ko`rishimiz mumkin. Bunday o`zgarishlarni quyidagilar asoslab beradi:

Lotin alifbosiga asoslangan yangi o`zbek yozuvining joriy etilishi, yoki shu alifbo asosida ishlab chiqilgan yangi imlo qoidalari. O`z navbatida, Prezidentimizning quyidagi fikrlari ham tilshunoslik tarixi haqidagi ayni haqiqatdir: “Mubolag`asiz aytish mumkin-ki, fanimiz aql-zakovat, salohiyatimizning noyob va go`zal binosiga bundan ko`p asrlar muqaddam, poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamonlardan yuksala boshlaganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini ayta olamiz. U asrlar davomida o`zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o`rganishda tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka ishonchli xizmat qilib kelmoqda”.1

Istiqlol – xalqimizning ulkan yutug`i bo`lib, u o`z taqdiriga egalik qilish huquqi, ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarga tayanib yashash va yurtimiz boyliklaridan xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo`lida foydalanish imkoniyati ekanligi bugungi kunda barchamiz anglayotgan haqiqatdir.

Mustaqillik yillarida aholi ong va tafakkurini o`zgartirishning zarurligini hisobga olish doimo ustuvor bo`lib keldi. Yurtboshimizning: “Ong va tafakkur o`zgarmasa, hayot o`zgarmaydi’’,- degan g`oyasi amalda o`z isbotini topmoqda. Zero, mustaqillikni chuqur anglash, uni qadrlash, uning uchun qayg`urish, avvalo, ongni, tafakkurni yangilash va sog`lomlashtirishdan boshlanadi. Yangicha hayotni eskicha ong va tafakkur, qarashlar bilan qurib bo`lmasligini anglab yetish odamlar dunyoqarashining o`zgarishiga olib keladi.

Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalasidir. Bu masalada Yurtboshimizning quyidagi sabog`i ibratlidir: “Biz sog`lom avlodni tarbiyalashimiz, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog`lom kishi deganda, faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki, sharqona axloq-odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”. Sharqona odob- axloq va umumbashariy g`oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi orqali ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqini o`ylaydilar. Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklar duch kelganda qaddi bukilmaydi.

Xalqimizning boshidan kеchirgan fojiali o`tmishi, uning tilimiz, dinimiz, ma'naviyatimizga solgan xavfi bizdan tarixni anglash va ogohlikni talab etadi. Prezidentimizning ”O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q”2, - degan fikrlari ham bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, ertangi kun egasi o`z tilining tarixini bilishi maqsadga muvofiqdir.

Fan sohasidagi tadqiqotlarning yanada rivoj topishiga esa biz o`zimiz harakat qilishimiz zarur. Shu jumladan, boshqa fanlar qatori ta’lim tizimida ona tili fanining tutgan o`rni ham o`ziga xos bo`lib, u o`z predmeti va boshqa fanlar haqidagi ma’lumotlarni uzatish hamda qabul qilishda asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Ma’lumki, o`quvchilar til birliklariga tayanib, o`z fikr-mulohazalarini, tushunchalarini ifodalashga harakat qiladilar. Shunga ko`ra, ona tili darslarida o`quvchilarning nutq faolligini oshirishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni mantiqiy xulosalar chiqarishga undash, izchil fikr bayon qilish malakalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Til sohasida qilinadigan har bir yangilik shu tilning ravnaqi uchun xizmat qiladi. Bugungi yosh avlodni tarbiyalashda ilg`or pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etish bugungi kunning asosiy maqsadlaridan biridir . Shuning uchun ishimiz so`ngida mavzuga mos namunaviy dars ishlanmasi ko`rsatiladi.

Yurtboshimizning maktab ta’limiga e’tiborini ko`pgina asarlaridagi fikrlarida uchratish mumkin: “Shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni har tomonlama sog`lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo`rg`oni bo`lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizga aylanishini istardim”.3 O`z navbatida , oilada ta’lim va tarbiyani maktab bilan hamkorlikda olib borish bugunning asosiy vazifasidir. Shuning uchun ham ta’lim tizimidagi o`zgarishlar jadal rivojlanmoqda va yoshlarimiz ilm-fan sohasida jahon ahlini lol qoldirib kelmoqdalar.

O`quvchilarning komil inson sifatida takomil topishida o`qituvchining o`rnini hech qaysi fan bosa olmaydi. Ayniqsa, o`quvchilarning nutqiy malakalarini shakllantirishda, dunyoni anglatishda o`qituvchi nutqining ham o`ziga xos o`rni mavjud.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to`g`risidagi qonun talablari asosida ta’lim tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Milliy dasturning qabul qilinishda har bir o`qituvchiga alohida mas’uliyat yuklanadi. Shu jumladan, har bir o`qituvchi o`z nutqi ustida ham mukammal ishlashi zaruriyati tug`ildi. Barkamol hamda har taraflama yetuk insonni tarbiya qilish uchun o`qituvchi nafaqat puxta bilimli, balki o`z fikrini chiroyli, ravon, puxta nutq madaniyati qonuniyatlarini chuqur egallagan holda ifoda qila bilishi zarur.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javob berar ekan, jamiyatimizning mohiyati xususida shunday deydi: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarimizga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor beradi”. Ana shu ma’naviy va axloqiy qadriyatlar inson tafakkuri, nutqiy madaniyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero jamiyat madaniyati nutqiy madaniyatsiz bo`lmaydi. “O`z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. (I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori).

Malumki, insonlar yashab kelayotgan joylariga nom berish qadim-qadimdan kelmoqda.O`z navbatida joyga berilgan nom ham nimagadir asoslanadi.Bugungi kunda esa o`sib kelayotgan yosh avlod o`zi yashab kelgan joy nomini tarixini bilishi va qo`yilgan nomlar bo`yicha ma’lumotga ega bo`lishi kerak.Prezidentimiz Islom Karimov ,, Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir’’4, - degan so`zlari bilan jamiyat taraqqiyotida ma’naviyat va ma’rifatning nechog`lik katta ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib berganlar. Mamlakatimizda demokratik jamiyatni vujudga keltirishda har bir fuqaroning yuksak ma’naviyatli, chuqur ilmiy bilimlar sohibi bo`lishining o`rni va roli juda katta ekanligini isbotlashning hojati yo`q.Demak tarixni bilish, o`z avlodlarini bilish demakdir.Tilshunoslikning turli davrlarida nomshunoslik bilan shug`ullanish , olimlarimiz tomonidan respublikamizdagi nomlarning o`rganilishi davom etib kelmoqda. Maktabda o`quvchilar nafaqat aniq va gumanitar fanlarning asoslarini balki odamiylik, insoniylikning qonun-qoidalarini ham o`rganadilar. Bolalarga uni singdirishda o`qituvchining o`rni nihoyatda kattadir. Shu sababga ko`ra uzluksiz ta’lim tizimida o`qituvchi shaxsiga katta e’tibor berilgan.

Geografik nomlarni, atamalarni o`rganish Mustaqillikka erishganimizdan so`ng yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.O`z xalqining, o`z mamlakatining hozirgi davrdagi taraqqiyotini va madaniyatini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lgan har bir kishi,shubhasiz uning tarixini mukammal bilishi kerak. Joy nomlari xususida prezidentimiz Islom Karimov o`zining qarashlarini quyidagicha bayon etadi: “Holbuki, ajdodlarimiz o`zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, bog`-xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e’tibor bergan. Misol uchun, Toshkentning o`n ikki darvozasiga berilgan chuqur ma’noli, go`zal nomlarni olaylik. Samarqand, Beshyog`och, Kukcha, Chig`atoy, Sag`bon, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Kamolon, Qo`ymas, Qo`qon, Qashqar darvoza degan nomlar avvalombor o`zining aniq tarixiy-jug`rofiy ma’nosi bilan ajralib turadi”.5

Tarix – kishilik jamiyatini aniq taraqqiyot yo`lini har tomonlama va ziddiyatli bo`lgan yagona qonuniyatli bir protsеss tarzida o`rganuvchi ijtimoiy fanlar ichida asosiy o`rinni egallaydi. Shunday ekan, har bir inson o`z Vatani tarixini yaxshi bilish va o`zga mamlakatlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qarashi lozim.

Darhaqiqat, tarix odamlarni o`ylantiradi, bo`lib o`tgan tarixiy voqea va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarishga o`rgatadi.

Tarixni - milliy o`zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug`ligi va pokligini bilishda, o`zbek xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o`rniga baho bеrshida, barkamol haqiqiy inson shaxsini yaratishda o`rni bеnihoya kattadir.

Yoshlarga Vatan tarixi va madaniyatini, jug`rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o`rganish katta ahamiyatga egadir. Suningdek , o`zi yashayotgan joy nomlaridan xabardor bo`lish ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Bunday ulug`vor vazifani hal etishda O`zbekiston tarixi fani juda katta ahamiyatga ega. Xalq ta’limi tizimining barcha bo`g`inlarida O`zbekiston tarixini o`qitish jarayonida talabalarda vatanni sevish, uni ardoqlash, harf bir shaxsga o`zini shu yaxlit jamiyatning bir bo`lagi ekanligi hissini shakllantirish, o`zlikni anglash, o`z xalqiga chuqur hurmat va e’tibor an’analariga sodiqlik ruhini shakllantirish, yuksak axloqiylik, ruhiy poklik xislatlarini vujudga keltirish, umuminsoniy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlarni ardoqlash kabi tushuncha va g`oyalarni singdirishda madaniy-ma’naviy merosning o`rni va roli benihoya cheksizdir.

Xalqimiz ma’naviy merosi buyuk mazmun va hududiy cheksizlikka ega, o`zi yaratgan bebaho ma’naviy xazinasi bilan sharq olamida ma’lum va mashhurdir.

Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimovning xalqimizning boy madaniy merosini o`rganish zarurligi haqida: ,,Ota-bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o`zida mujassam etgan bu nodir qo`lyozmalarni jiddiy o`rganish’’6 lozimligi davr talabi ekanligini hamisha ta’kidlaydilar. Ya’ni , bu yerda arab yozuvida bitilgan ko`pgina qo`lyozma manbalar nazarda tutiganligi ko`rinib turibdi.

Ma’naviyatimiz sarchashmalari bo`lgan buyuk bobokalonlarimiz jaholatga qarshi ma’rifat quroli bugungi mafkuraviy kurashlar maydonidagi zafarlarimizninig ta’sirchan vositasi va umuman xalqimiz iymon e’tiqodi butunligining in’ikosidir.

Shunday ekan, o`quvchilar ongida milliy g`oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirishda xalqimizning ulug` donishmandlari ma’naviy xazinasidan foydalanish juda katta va ta’sirchan ahamiyat kasb etadi.Yashab turgan joylarimizni sevib o`rganishni talab qiliadi.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda mustaqillik yillarida respublikamizda buyuk ajdodlarimizni qayta tanish, yashab turgan hududlarimiz nomlarini qayta o`rganish kabi muhim ishlar amalga oshirilmoqda.Tilshunoslikning muhim bir sohasi bo`lgan toponimika ma’lum hududda yashovchi xalqlarning tarixning turli bosqichida qanday hayot kechirganliklari, ularning rivojlanish yo`llari va usullari, hayotning turli bosqichlarida yuz bergan hodisalarni aniqlash, shuningdek ushbu xalqning tiliga xos bo`lgan qonuniyatlar va hodisalarni yoritishdek katta ilmiy ahamiyatga ega. Tilshunoslikning bu muhim sohasi Respublikamizda anchagina rivojlangan. Bu, albatta, o`zbek tilshunosligining katta yutug`idir. Joy nomlariga bag`ishlangan materiallar, kuzatishlar va yerli kishilarning og`zidan yozib olingan ma’lumotlar asosida yig`iladi. Shuningdek, qishloq fuqarolar yig`ini xaritasi va turli tarixiy va ilmiy manbalardan ham foydalanilishi mumkin. Mazkur kurs ishda toponimika fani va uning hozirgi bosqichdagi rivojlanishi, joy nomlarining kelib chiqishi va xalq hayoti bilan bog`liqligi, toponimlarning tuzilishi va yasalishi, etimologiyasi kabi masalalarni yoritishga harakat qiladi.


Ma’lumki, toponimika7 yunoncha ( topos-joy, onoma-nom) so`zidan olingan bo`lib, morfologiyaning joy nomlarini o`rganuvchi bo`limidir. Bu haqida umumiy o`rta ta’limda ona tili fanidan 6-sinf darsligi8da ma’lumot beriladi.

Qayer so`rog`iga javob bo`lib, o`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o`rin-joy otlari sanaladi.9 Fanning bu sohasi ancha rivojlanib kelmoqda.Toponimika fanining rivojlanishiga geografiya, etnografiya, tarix arxeologiya va nihoyat tilshunoslik kabi fanlarning barcha sohalarida ishlovchi olimlar o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar.Ammo tarixchi,geograf,etnograf,arxeolog va lingvist toponimikaga murojaat qilar ekan, ularning har biri bu fanni o`zicha tekshiradi.Natijada ayrim chalkashliklar kelib chiqishi mumkin. Biz asosiy maqsadni, qaysi fan nuqtayi nazaridan o`rganmaylik, geografik joy nomlarini to`g`ri, ilmiy izohlashga qaratishimiz lozim.

Geografik nomlar ijtimoiy hodisadir. U ma’lum bir obyektning bir qismi bo`lmay, balki uning atamasidir. Mana shu atamalarning ko`pchiligini qachon va kim tomonidan, nima sababdan shunday nomlanganligini bilish ancha mushkul.

Eng qadimda ismlarni hech kim rasmiy ravishda qo`ymagan, ular stixiyali tarzda yuzaga kelgan. Ayrimlari tasodifan ham yuzaga kelgan bo`lishi mumkin (Amerigo Vespuchchi tomonidan Reo-de-Janeyro ,,Yanvar daryosi’’ ning nomlanishi va shu kabilar.). Nomlar asosan yerli xalqning madaniy-iqtisodiy saviyasi qay darajada ekanligiga, kasb-koriga qarab qo`yiladi. Shuning uchun ham ayrim yerdagi joy nomlarining boshqa yerda tushinish qiyin bo`ladi.

Ko`p hollarda joy nomlari bizgacha o`zining ibtidoiy ko`rinishida emas,balki o`zgargan,buzilgan holda yetib keladi. Shuninmg uchun ham atoqli toponimist S.B.Vasilovskiy ,,Tadqiqot davridagi avvalo terminning to`g`ri formasini aniqlash kerak. Bunga, albatta, hamma vaqt ham erishaverish mumkin emas’’degan edi. O`z navbatida, bu fikrni E. Murzayev ham to`g`ri ta’kidlaydi: “Toponimlar hozirgi ma’muriy va etnografik chegaralarini tan olmaydi”.10 Boshqacha qilib aytganda bir joydagi toponim ,O`zbekistonning boshqa huhudida ham uchrashi tabiiy.

Joylarning nomlarini izohlarda, yuzakichilikka, ilmiy bo`lmagan dalillardan foydalanishga yo`l qo`ymaslik kerak. Har bir nomni o`rganishda biz avvalo, uning sirtiga duch kelamiz (ya’ni uning nima deb atalganligiga). Agarda biz joy nomlarini nima deb atalganligiga qarab izohlaganimizda edi, ba’zan kulgili holga tushib qolgan, ba’zan noto`g`ri xulosalar chiqargan bo`lar edik. Solishtiring: Bolg`ali (qishloqning nomi) ish quroli ,,molotok’’ nomiga qo`yilmagan, balki shu qishloq xalqining kasb koriga qarab qo`yilgan. Sayot (qishloqning nomi) sayyod-ovchi emas, balki shu joylarda yashagan o`zbek qabilalaridan birining nomidir. Bu faktni keksa kishilarning aytganlari, shu qishloq aholisi tilining boshqa qishloqlardan hozir ham farqlanishi, nihoyat atoqli geograf olim Hamidulla Hasanovning ilmiy fikrlari ham tasdiqlaydi.11




NOMSHUNOSLIK

Тurli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog`liq bo`lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qiрchoq, Saroy qishloq­larining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari joy nomlari shu joydagi o`simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog`liq ravishda qo`llangandir. Shaxsga qo`yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go`zal), bolaning tashqi belgisi (Xol­dor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O`roqvoy, Тeshavoy), tug`ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o`z aksini topgan bo`ladi.



Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug`ul­lanuvchi tilshunoslikning bo`limiga onomastika (lot. onuma — nom so`zidan olingan) deyiladi.

Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko`ra bir necha guruhga bo`linadi:

1. Shaxs va ularga qo`yilgan nomlar antroponimlar (lot. antropoz — shaxs, odam; onuma — nom): Ahmad, Karim va boshqalar.

2. Geografik obyektlar va ularning nomlari toponimlar (lot. topos — qishloq, shahar, maydon, ko`cha, onuma — nom): Shirmonbuloq, Qorako`l, Qarshi kabi.

3. Hayvon nomlari va ularga atab qo`yilgan nomlar zoonimlar (lot. soom — hayvon, opuna — nom): To`rtko`z, Bo`ribosar kabi.

4. Suv havzalari inshootlari va ularga atab qo`yilgan nomlar (daryo, ko`l, dengiz nomlari) gidronimlar (lot. gidro — daryo, suv, onuma — nom): Orol dengizi, Balxash ko`li, Qashqadaryo kabi.

Topshiriq. Quyida berilgan so`zlarni obyekt turiga ko`ra guruhlang: (toponimlar, antroponimlar, zoonimlar, gidronimlar) Kattaqo`rg`on, Sirdaryo, Dilnavoz, tulki, tuya, Sarvigul, Yo`lbars, Sher, Shahnoza, Amudaryo, Buloqboshi, Zadaryo, ot, Koson, Shahriyor, Abdulhoshim, Orol dengizi, Kampiravot, Azov dengizi, Nil daryosi, Sevan ko`li, Ra’no, Dilorom, eshak, qo`y, ho`kiz, Mavluda, Behzod, Bobur, Farg`ona kanali.

Achchiqko`l — Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanidagi qishloq. Achchiqko`l — asli suv havzalaridan biri — ko`lning nomi, ko`l suvining achchiqligi, o`ta sho`r ekanligi, iste’mol qilish uchun yaroqsizligi ko`lning shu tarzda nomlanishiga sabab bo`lgan. Ko`l hozirda yo`q bo`lib ketgan, lekin uning nomi shu atrofdagi aholi turar joyi atamasi sifatida saqlanib qolgan. Aniqrog`i, ko`l nomi asosida qishloq nomi vujudga kelgan.

Xalqimizda «Ko`l qurisa ham nomi qurimaydi» degan naql bor. Darhaqiqat, respublikamizda garchi o`zi qurib, yo`qolib ketgan bo`lsa-da, nomi hamon saqlanib qolgan ko`llar anchagina topiladi. Ular hozirda qishloq nomlari sifatida yashab kelmoqda.

Shaytonko`l (Farg`ona viloyati Beshariq tumani), Oydinko`l (Farg`ona viloyati Buvayda tumani), Qorako`l (Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani), Oqko`l (Farg`ona viloyati Dang`ara tumani), Damko`l (Farg`ona viloyati tumani), Qo`g`aliko`l (Namangan viloyati Zadaryo tumani), Bordimko`l (Namangan viloyati Тo`raqo`rg`on tumani), Darvozako`l, Sho`rko`l (Namangan viloyati Yangiqo`rg`on viloyati), Chapko`l, Polvonko`l (Namangan viloyati Norin tumani), Oltinko`l (Andijon viloyati Oltinko`l tumani), Bordonko`l (Тoshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani) singari qishloq nomlari hozirda mavjuddir.

Topshiriq.Quyida berilgan toponimni o`qing, so`ngra siz ham toponimlarga misollar yozib, uni izohlang.

Nazarmahram — Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi qishloq nomi. Mazkur toponim kishi ismi va Qo`qon xonligi davridagi amal — mansabga oid atamalardan biri mahram so`zidan tarkib topgan. Mahram — xonga yaqin bo`lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. Ko`rinadiki, o`tmishda mansab nomlari ko`pincha amal egasining nomiga qo`shilib aytilgan. Shunga ko`ra ba’zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo`lib qolgan, Nazarmahram fikrimizning isbotidir.


Topshiriq Joylarning nomlanishida qabila nomlari, joylarning relyefi hisobga olinadimi? Fikrning to`g`ri, noto`g`riligini isbotlash uchun misollar yozing.

Namuna: Nayman, Jaloyir, Do`rmon, Uzunko`cha, Baland­qishloq, Chuqurko`cha kabi.



Topshiriq. Qabristonlarning nomlanishiga misollar keltiring, izohini ayting.

Namuna: Chig`atoy qabristoni (Тoshkent shahri), Mirpo`stin ota (Andijon shahri), Тutlug` ota qabristoni (Xo`jaobod tumani).


Keyingi yillarda joy nomlarini o`rganish bo`yich jahon miqyosida ko`pgina ishlar qilindi va qilinmoqda.Bu ishga yirik mutaxassis olimlar jalb qilinmoqda.Jahon miqyosida bir qancha toponimik ilmiy markazlar ishlab turibdi.O`zbek va chet tillarida toponimikaga oid kitoblar,to`plamlar,shuningdek ayrim maqolalar juda ko`p.Ba’zi mamlakatlarda maxsus toponimik jurnallar ham chiqib turadi.1961-yili Italiyaning Florensiya shahrida toponimistlarning 7-Xalqaro kongressi bo`lib o`tdi. Moskva va Kiyev shaharlarida har ikki uch yilda toponimika va transkripsiya konferensiyalari, kengashlari bo`lib turibdi.

O`zbekiston miqyosida o`tkaziladiga kengashlar, konferensiyalar va yig`ilishlarning materiallari alohida to`plamlar, ayrim kitoblar holida nashr ettirildi. Jumladan, Navoiy davlat pedagogika institutida ham bu ish bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarimiz anchagina, masalan, filologiya fanlari nomzodlari O`rolboy Oripov va Ra’no Nuriddinovalarni aytish mumkin.Toponimika bo`yicha ilmiy-amaliy konferensiya ham bo`lib o`tdi.12

O`rta Osiyo toponimikasi bilan ko`pgina olimlar ,tarixchilar, geograflar, tilshunos va sharqshunoslar shug`ullanganlar. Abu Abdullo Xorazmiy (X-asr),Abu Rayhon Beruniy va Maxmud Qoshg`ariy (XI-asr),Bobur (XVI-asr),Sulaymon Buxoriy (XIX-asr) va boshqa qator olimlar O`rta Osiyo toponimikasi haqida o`zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar.

O`rta Osiyo joy nomlariga oid ma’lumotlar, hatto Yevropalik olimlarning asarlarida ham uchraydi. Parijdagi Osiyo jamiyatining a’zosi Jyul Tonelyening ,,Qo`qon xonligining tasviri’’, Vengrealik olim Arminiy Vamberining ,,Markaziy Osiyoning geografik nomlari’’ kabi asarlarida O`rta Osiyo toponimikasiga oid qimmatli materiallar uchraydi.

O`zbekiston toponimikasi tilshunosligimizning ko`p o`rganilgan sohalaridan hisoblanadi. O`zbekiston toponimikasiga doir ba’zi ma’lumotlar V.V.Bartold, V.V.Radlov, N.Aristov, S.E.Malov, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, Ya.G`ulomov, V.A.Shishkin, E.D.Polivanov,V.V.Reshetov, E.M.Murzayev, F.Abdullayev, E.Begmatov kabi tarixchi,etiograf,geograf va turkshunos olimlarning asarlarida uchraydi.

O`zbekiston va umuman O`rta Osiyodagi joy nomlari,ularning tarixini chuqur ilmiy asosda yoritib bergan olim geografiya fanlari doktori,professor Hamidulla Hasanov va E.Begmatovdir.Bu olimlar o`zlarining ko`p ish faoliyati davrida O`zbekiston toponimikasiga oid fundamental asarlar yaratdi.H.Hasanov o`zining ,,Geografik nomlar imlosi”(1962), ,,Geografik terminlar lug`ati”(1964), ,,O`rta Osiyo joy nomlari tarixida”(1965) kabi asarlari bilan O`zbekiston toponimikasiga asos soldi va uning rivojiga katta hissa qo`shdi. Keyingi yillarda esa E.Begmatov toponimika faninini yanada rivojlanishiga hissa qo`shdi.

Buindan tashqari tarixchi A.Juvonmardiyev ,,Shaharlarning nomlaridan baxs”,yosh lingvist olimlardan A.V.Ishayev ,,Mang`it so`zining etimologiyasi”, ,,O`zbek toponimikasidan materiallar yig`ishga doir”, K.Yusupov ,,Ayrim toponimlar masalasi”, A.Abdumurodov ,,Beshkent rayon toponimikasi”, T.Nafasov ,,Toponimi Qashqadarinskiy oblasti”, Sh.M.Qodirov ,,Mikrotoponimiya Tashkenta”,Z.Do`simov ,,Toponimi severnogo Xorezma” va boshqalarning maqola va nomzodlik dissirtatsiyalarida ham asosan O`zbekistonning joy nomlari o`rganilgan.

O`zbekistonda anchagina toponimikaga oid ilmiy tadqiqotlar qilinganligiga qaramasdan Navoiy viloyatidagi barcha joy nomlari ham o`rganilmagan. To`g`ri,ayrim chet ellik olimlarning,rus va o`zbek sharqshunoslarining asarlarida ba’zan Navoiy toponimikasiga oid materiallar oz bo`lsada uchraydi. Navoiy viloyati va uning barcha tumanlariga tegishli toponimikaga oid asarlarga Suyun Qorayev13 va professor Hamidulla Hasanov14ning ilmiy asarlarini ko`rsatish mumkin.Undan so`ng bu soha bo`yicha ko`plab shu hududda yashovchi olimlar ilmiy izlanishlar olib bordilar.Masalan, Navoiy davlat pedagogika instituti, O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti O`.Oripov nomzodlik dissirtatsiyalarida Nurota tumani joy nomlari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib brogan va nihoyasiga yetkazgan. 1998-yilda esa joy-nomlariga bag`ishlangan katta konferensiya bo`lib o`tdi. Bu konferensiya olimlarning toponimikaga oid ilmiy ishlari butun O`rta Osiyo joy nomlarini ilmiy izohlashga bag`ishlangandir.Suningdek O`.Oripovning ishida ham bu masalaga bag`ishlangan o`rinlar mavjud.

Biz bu kurs ishini yozishda asosan olimlardan Hamidulla Hasanov va Suyun Qorayevlarning, shuningdek O`.Oripovning ilmiy fikrlariga tayandik, shuningdek, boshqa ilmiy, tarixiy manbalardan va yerli aholi ma’lumotlaridan ham foydalandik. Joy nomlarining kelib chiqishiga ko`ra tasnifi

Joy nomlarining kelib chiqishiga ko`ra tasnifi

O`zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon o`zining madaniyati,san’atiga ega.Shuningdek o`z tiliga ham egadir.O`zbek onomastikasining makro va mikroko`lami bo`yicha Ernst Begmatov va Yashnarbek Avloqulov o`z ilmiy qarashlarini ilmiy maqolalarda aytib o`tadi.15

Har bir til o`zining ko`p asirlik tarixida o`z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi.Lekin bu ma’lum darajada boshqa tillar ta’sirini ham boshdan kechiradi.Chunki hech bir xalq boshqa xalqlardan ajralgan holda yashay olmaydi.Xalqlar orasida hamma vaqt iqtisodiy,siyosiy,ma’daniy aloqalarbo`ladi.Bu aloqalar tilda ham o`z aksini topadi.Binobarin, tilda ,xususan uning toponimikasida hamma tarixiy davrlarga oid muhim ahamiyatga ega bo`lgan lingvistik faktlarni topish mumkin.

Ma’lumki butun tarix davomida O`rta Osiyo ,shu jumladan O`zbekiston hududida ham turli xalq va qabilalar yashagan.Bu hol,shubhasiz,shu territoriya mikrotoponimiyalarida hamo`z aksini topgan.Shunga ko`ra biz Yangiyo`l qishloq fuqarolar yig`ini territoriyasidagi joy nomlarini quyidagi leksik qismlarga ajrata olamiz:

  1. Kelib chiqishi jihatidan turkiy atamalar.

  2. Kelib chiqishi jihatidan tojik-fors-arb tillariga mansub atamalar.

  3. Eng yangi atamalar.

  4. Etimologiyasi noaniq atamalar.

Toponimlarni o`rgatish usullari

Ma’lumki butun tarix davomida O`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekiston territoriyasida ham turli xalq va qabilalar yashagan.Bu hol, shubhasiz, shu territoriya mikrotoponimiyalarida ham o`z aksini topgan.Shunga ko`ra, biz viloyatimiz hududlardagi joy nomlarini quyidagi leksik qismlarga ajrata olamiz:

  1. Kelib chiqishi jihatidan turkiy atamalar.

  2. Kelib chiqishi jihatidan tojik-fors-arb tillariga mansub atamalar.

  3. Eng yangi atamalar.

  4. Etimologiyasi noaniq atamalar.

Kelib chiqishi jihatidan turkiy atamalar .

Navoiy viloyatiga qarashli qishloqlar mikrotoponimlari orasida ko`pchilikni tashkil etadiganlari turkiy atamalardir.Turkiy atamalar ichida esa o`zbek tiliga oid nomlar asosan ko`pchilikni tashkil etadi. Bular quyidagilar:Yangiyo`l, O`rtaqishloq, Tosariq, Toshquloq, Choshtepa, Oqoltin, Chovliariq, Tepaqishloq, Junnati,Tangi, Dorilisoy, G`alcha, Qahramonariq, Ko`pinqishloq, Yangiravot, Oqtovuq, Bolg`ali, Qutirbuloq, Tariqpoya, Qizilsoy,Qarg`atepa, Qoramachit, Tutli, Quvray, Toshbuloq,Suviqbuloq, Xannansoy,Chinor, Gillisoy, Olmazor, Qumtepa, Bo`shto`la, Qirqto`la, Mingqamish,Oyquduq, Kiygiztelpak, Ko`ksaroy, Beshkal,Oqtosh, Qizilaskar, Oqsaqolota, Chuqirsoy, Ko`ktosh, Nog`arako`l, Otchopar, Cho`ponota, Paxtakor, Tomchi, Kattabog`, Zovtosh, Oqjangal va shu kabi ko`plab qishloq, ariq, soy, tepa, quduq, buloq, hovuz, dala, yaylov, mozoriston va boshqa joy nomlarishular jumlasidan.

Navoiy viloyatiga qarashli qishloqlar hududlaridagi joy nomlarining ko`pchiligini asosan o`zbekcha nomlar tashkil qilib, ular diyarli butun O`zbekiston, hatto O`rta Osiyo respublikalari hududlarida ham ko`plab uchraydi.Bunday nomlarga O`zbekistonda va boshqa qardosh respublikalarda uchraydigan Yangiyo`l,Ittifoq,Chinor,Olmazor,Damariq,Oltinsoy,Qumtepa,Oqoltin, Paxtakor,

Qaramachit,G`alcha,Nayman,Jaloir,Arab,Urganji,Jag`alboyli,Soviqbuloq,Qoraqishloq,Tangi,Sho`rcha kabi ko`plab toponimlarni ko`rsatish mumkin. Hozirgi davrda yangidan qo`yilayotgan joy nomlarining asosan ko`pchiligi o`zbekcha nomlar bo`lib, boshqa turkiy tillar elimentlaridan foydalanish hollari kam uchraydi. Navoiy viloyatiga qarashli qishloqlar hududlari toponimlari orasida boshqa turkiy tillardan o`zlashgan toponimlar juda oz bo`lib, ular ham o`zbekcha talaffuzga moslashib ketgan.


Toponimika joy nomlarini o`rganuvchi fan bo`lganligi uchun, biz yashab turga hududlardagi joy nomlari haqida ma’lumotlarga ega bo`lishimiz kerak. Bunda bizga ko`proq yerli aholining fikrlari va arxiv hujjatlari yaqindan yordam beradi. Tilshunoslikning Onomostika bo`limining bir qismi bo`lgan bu mavzu haqida maktabning 6-sinf darsligida o`qitiladi . Shu nuqtayi nazardan quyida biz “O`rin-joy otlari” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasini havola qil;amiz.

Bu mavzuni yoritishda ilmiy adabiyotlar bilan birga darsliklar, akademik litsey darsligidagi materiallardan foydalandik.



Sinf: 6

Fan: Ona tili

Mavzu: O`rin-joy otlari

Maqsad:


Ta’limiy maqsad: O`quvchiga o`tilgan mavzular yuzasidan bilim, ko`nikma hosil qilish hamda qo`shimcha ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchining odob va axloqiga e’tibor berish. Atrofdagilar bilan do`stona munosabatda bo`lishiga e’tibor berib borish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchining yozma va og`zaki nutqini rivojlantirish. O`quvchilarga tarqatma kartochkalar orqali o`tilgan va yangi mavzu yuzasidan yangi bilim hosil qilish. O`quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borish.

Darsning turi:Yangi tushuncha berish va bilimlarini shakllantirish

Darsning metodi: Noan’anaviy.

Darsning jihozi: Ko`rgazmali va tarqatma, didaktik qo`llanmalar

Darsning rejasi:I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa

II. O`tgan mavzuni takrorlash – 5 daqiqa

III. Yangi mavzu bayoni - 25 daqiqa

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash - 6 daqiqa

V. Yakuniy qism - 4 daqiqa

VI.Vazifa - 2 daqiqa

Darsning borishi:

O`quvchilarni 2 guruhga bo`lish

I. Tashkiliy qism: O`quvchining diqqatini jamlash. Darsga jalb qilish. Psixologik muhit yaratish. Ona tili fani haqidagi ko`nikmalarini shakllantirish.Sinf tozaligiga e’tibor berish, davomatni aniqlash, sinf jurnaliga yozish, o`qituvchi bu daqiqada respublikamizda bo`layotgan yangiliklar, Prezidentimizning nutqlari, fan va sport yangiliklari haqida kichik ma’lumotlar berib o`tishi yoki o`quvchilardan so`rashi ham mumkin.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani tekshirish:
Tarqatma kartochkalar orqali mustahkamlash.
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimi “O`rnini top” usuli yordamida mustahkamlanadi .

O`

Z

B

E

K

I

S

T

O

N

O`quvchilar qancha ko`p va tez javob bersalar, shuncha ko`p ball to`playdilar va baholanadilar.



III.Yangi mavzuni tushuntirish:

Siz yashab turgan joydagi ko`chalar,maydonlar,shahar va qishloqlar,daryo, ko`l, tepalik, qabristonlar ma’lum joy nomlari bilan yuritiladi. Masalan,Samarqand shahri, Amir Temur ko`chasi, “Mustaqillik”maydoni, Alisher Navoiy nomli jamoa xo`jaligi va boshqalar.

Qayer? So`rog`iga javob bo`lib, o`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar o`rin-joy otlari sanaladi. Bunday otlar o`rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham bildiradi, shiuning uchun qayer? so`rog`i bilan birga nima? so`rog`ini olishi ham mumkin.

-zor, -loq, -iston,-goh, -xona qo`shimchalari o`rin-joy otlarini yasaydi.


Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog`liq bo`lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga hurmat yuzasidan shu joy shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qipchoq, Saroy qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari singari joy nomlari shu joydagi o`simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog`liq ravishda qo`llangandir. Shaxsga qo`yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid,Go`zal), Bolaning tashqi belgisi (Xoldor,Anor,Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O`roqvoy, Teshavoy), tug`ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o`z aksini toipgan bo`ladi.

Nomlar, ularning turlari,nomlanish sabablari biln shug`ullanuvchi tilshunoslikning bo`limiga onomastika deyiladi.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, dars musobaqa tarzida bo`lib o`tadi. Topshiriqlar:

1-topshiriq.
1-guruh - Berilgan uy joy nomlarini turar joy, o`sinmliklar o`sadigan joy;

2-guruh -dunyo tomonlari, odamlar to`planadogan joy nomlariga ajratib yozishlari kerak.

O`rin-joy nomlari: shahar, qishloq, guzar, mahalla,tuman, viloyat, ko`cha, gulzor, olmazor, saylgoh, sharq, g`arb.
2-topshiriq. Nuqtalar o`rniga qavs ichidagi mos so`zlarni qo`ying. Hosil bo`lgan yasama otlarning qanday ma’no ifodalashini ayting.

(2 guruhdan navbat bilan o`quvchi chiqib, hosilbo`lgan yasama otlar qanday ma’no ifodalashini aytadi.

…zor, ….loq, …iston, …goh, ...xona
(uzum, o`rik, gul, o`t, tosh, gul, soh,sartarosh)
Darslikdagi 306-307-mashqlar sharti asosida doskada bajartiriladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
(Savollar ikkala guruh ishtirokchilariga o`qib eshittiriladi. Har bir guruhdan to`g`ri javob uchun bir ball qo`yib boriladi).

1. O`rin-joy otlari deb qanday otlarga aytiladi?

2. Ularni qanday ma’no turlariga ajratish mumkin?

3. Qaysi qo`shimchalar yordamida o`rin- joy otlari hosil qilish mumkin?

4. - iston qo`shimchasi yordamida otlar yasang.

5. - loq qo`shimchasi qamnday otlar yasaydi?

6. Shifo, osh, sartarosh so`zlaridan qanday o`rin-joy otlari yasash mumkin?

7. O`simliklar o`sadigan joy nomlariga misollar ayting.

8. Dunyo tomonlarini sanang.

9. Odamlar to`planadigan joy nomlarini ayting.

10. Turar joy nomlarini sanab bering.
Guruh ballarini hisoblash

O`quvchilarni baholash va rag`batlantirish


V.Darsni xulosalash va yakunlash.,
VI. Uy ishi. 308- mashq. –iston, -loq,-zor qo`shimchalari yordamida otlar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzish.

XULOSA
Biz 6-sinf darslari misolida o`rin-joy ma’nosini ifodalovchi so`zlar tasnifi bilan tanishib chiqdik. Mavzumizda Ot so`z turkumi va uning tarkibiy qismlaridan bo`lgan o`rin-joy otlariga to`xtaldik. Kurs ishini yozish jarayonida o`rin-joy ma’nosini ifodalovchi otlarni o`rganishda nimalarga e’tibor berish kerak ekanligi ham ta’kidlab o`tildi.

Ma’lum hududda juda qadim zamonlardan buyon yashab kelgan o`troq o`zbek qabilalari, ularning yashagan joylari, bugungi kundagi joy nomlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi.Har bir qabila yoki xalq yangi shakllangan o`zbek tiliga o`zining ulishini qo`shgan. Buni biz shu hududda yashovchi o`zbeklarning turli xil shevalarda, dilektlarda gapirishida, hatto urf-odatlarida ham ko`rishimiz mumkin .Bu hol joy nomlarining atalishiga ham sezilarli ta’sir etgan. Bir xil qabila yoki urug` nomining toponim sifatida bir necha territoriyada uchrashi mazko`r qabilaning shu joylarda yashashi yoki yashab ketganligi natijasida sodir bo`lgan. Shuning uchun ham joy nomlarini o`rganishni tarix, arxeologiya, etnografiya kabi fanlar bilan chambarchas bog`liq holda olib boorish va ularning yutuqlariga asoslanmoq lozim.

O`rin-joy otlarini o`rganishda biz asosiy e’tiborni ularning bizgacha yetib kelgan nom bilan atalganlik sababini to`g`ri izohlashga qaratishimiz kerak. Chunki joy nomlari ma’lum hududda yashovchi xalq tiliga xos bo`lgan fonetik, leksik, morfologik elementlarni o`zida aks ettiradi. Shuningdek boshqa tillardan kirgan nomlar ham shu til vakillari talaffuziga moslashtiriladi yoki aksincha ushbu xalq tilidagi nomlar boshqa xalqlar tilida buzib talaffuz qilinadi. Natijada nomlar o`zining dastlabki fonetik shaklini yo`qotadi va hozirgi kunda tushunilishi qiyinlashadi yoki butunlay tushunilmaydi. O`rin-joy nomlarini tadqiq qilishda ularning mana shu tomonlariga ham alohida e’tibor berish kerak.

O`rin-joy nomlarini yig`ish va tadqiq qilish ma’lum hududda xalq hayotining qadimgi izlari, rivojlanish usullari va taraqqiyotning turli bosqichlarida yuz bergan voqea va hodisalar, shuiningdek mazkur xalqning tiliga xos lingvistik xodisalar va qonuniyatlarni yoritish imkonini beradi.

Bizning hududimizda ham Uchtut, Sarmish, Keskanterak kabi o`rin-joy nomlari ham ma’lum sabablar asosida qo`yilganligi ham hech kimga sir emas. Istiqlol sharofati bilan mamlakatimiz qishloqlari ham ko`rkamlashib bormoqda. Hamma qulayliklarga ega bo`lgan zamonaviy qishloqlar barpo qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganimizda, joy nomlari bian shug`ullanish faqat tilshunoslarni ishi bo`lmay, balki tarixchilar, etnograflar, geograflar, tilshunoslar, arxeologlarning, qolaversa, qishloq ziyolilari, keng jamoatchilikning ishi bo`lmog`i kerak. O`rin-joylar va ularning har birining nomidagi mazmun-mohiyatni bilish esa o`quvchilarning asosiy vazifasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:


1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent ,”Ma’naviyat”, 2008-yil

2.Karimov I. A. ,,Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q’’, Toshkent, ,,Sharq’’ ,1998-yil

3.Karimov I. A. ,,Adolatli jamiyat sari’’, Toshkent, ,,O`zbekiston’’, 1998-yil

4.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. Toshkent, 2002-yil

5. Mahmudov N. va boshqalar Ona tili 6-sinf uchun darslik 2009-yil

6.Hasanov H. O`rta Osiyo joy nomlari tarixidan ,,FAN’’ nashriyoti. 1965-yil


7.“Joy nomlari – xalq tili va ma’naviyatining nodir merosi” ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Navoiy, 1998-yil.

8.Qorayev S. Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi? (toponimik lug`at) ,,O`zbekiston”nashriyoti,Toshkent-1970-yil.


9.G`ulomov A. Ona tili o`qitish prinsiplari va metodlari, Toshkent, “O`qituvchi”, 1992-yil.

10. G`ulomov H. Ne’matov “ Ona tili ta’limi mazmuni “ Toshkent, 1995-yil.

11. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. Toshkent, 2002-yil.

12. To`xliyev B, Shamsiyeva M, Ziyodova T. O`zbek tili o`qitish metodikasi. Toshkent, 2006-yil


13.Hamidulla H. Geografik nomlar imlosi. Toshkent,1962-yil .

14.Hamidulla H. O`rta Osiyo joy nomlari tarixidan,Toshkent,1965-yil.


15.”O`zbek tili va adabiyoti” jurnali, Toshkent, 2005-yil, 7-son.

Navoiy davlat pedagogika instituti O`zbek filologiyasi fakulteti

3-“G” guruh talabasi Madaliyeva Azizaning “O`rin-joy ma’nosini ifodalovchi so`zlar tasnifi“ mavzusidagi kurs ishiga
ILMIY RAHBAR TAQRIZI

Ona tili ta’limida o`rin-joy ma’nosini ifodalovchi so`zlar boyicha 6-sinf ona tili darslarida ma’lumot beriladi. O`quvchilar bu mavzuni o`rganish orqali, o`zi yashayotgan hududlardagi joy nomlari (toponimlar) bo`yicha ma’lumotga ega bo`lishadi.Ayniqsa bu mavzuni o`quvchiga ma’lum joylar misolida o`rganish yaxshi natija beradi. Talaba Madaliyeva Azizaning kurs ishi mavzusi “O`rin-joy ma’nosini ifodalovchi so`zlar tasnifi” deb nomlanadi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati qismlaridan iborat.

Talaba kurs ishning kirish qismida mustaqillik davri ta’lim tizimidagi, jumladan, Ona tili ta’limidagi o`zgarishlar va rivojlanish odimlari haqida to`xtalib o`tgan. Mavzu yuzasidan ilm zahmatkashlarining fikrlari sinoska sifatida bir necha o`rinda keltirib o`tgan.

Talaba ishning I bobida Ot so`z turkumi va uning o`ziga xos morfologik xususiyatlari to`g`risda ma’lumot bergan. Shuningdek, ot so`z turkumining yasalishi matn tarkibida ishtiroki ham misollar bilan isbotlangan.

Asosiy e’tibor o`rin-joy nomlari va uning imlosiga doir ma’lumotlarga qaratilgan.Nomshunoslik bo`yicha qilingan ishlar haqida ma’lumotlar va ilmiy-nazari qarshlardan iqtiboslar keltirilgan. Talaba o`zi yashab turgan hudud va uning atroflarida uchraydigan joy nomlaridan misollar keltirib, bu joylarning atalish sabablariga umumiy izohlar bergan.Ish so`ngida 6-sinf darsligi asosida tayyorlangan dars ishlanmasi namunasi bajarilgan ishni mustahkamlaydi.

Umuman olganda kurs ishda ba’zi kamchiliklar bo`lsada, mazmunga ta’sir etmaydi. Shuning uchun kurs ishini o`rin-joy otlari haqida ma’lumotlar beruvchi ish deb qarsh mumkin.



Ilmiy rahbar : E. Boymanov

NavDPI O`zbek tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi


1


  1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. “O`zbekiston” nashriyoti. 1997-yil.




2 Islom Karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent ,”Ma’naviyat”, 2008-yil, 4-bet.

3


 Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, Toshkent “Ma’naviyat”, 2008, 56-bet

4 Karimov I. A. ,,Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q’’, Toshkent, ,,Sharq’’ ,1998-yil, 7-bet

5 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yingilmas kuch” , Toshkent, “Ma’naviyat” , 2008-yil,

92-bet


6 Karimov I. A. ,,Adolatli jamiyat sari’’ , Toshkent, ,,O’zbekiston’’, 1998-yil, 32-bet

7 A.Hojiyev Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati Toshkent, 2002-yil, 110-bet

8 N. Mahmudov va boshqalar Ona tili 6-sinf uchun darslik 2009-yil, 110-111-betlar

9 Yuqoridagi kitob 110-bet

10 Murzayev e Appelyativ v toponimax Srednney Azii \\ OSA Frunze, 1960. Str.46.

11 H.Hasanov. O`rta Osiyo joy nomlari tarixidan ,,FAN’’ nashriyoti. 1965-yil, 10-bet.





12 Qarang . “Joy nomlari – xalq tili va ma’naviyatining nodir merosi” ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Navoiy, 1998-yil

13Qorayev Suyun.Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi? (toponimik lug`at) ,,O`zbekiston”nashriyoti,Toshkent-1970




14 Hasanov Hamidulla.Geografik nomlar imlosi.Toshkent-1962 Geografiya terminlari lug`ati.Toshkent-1964. O`rat Osiyo joy nomlari tarixidan,Toshkent-1965.





15 O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 2005, 7-son 33-39-bet

O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 2008, 1-son 55-60-bet







Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat