1- mavzu.“Мehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 3,49 Mb.
bet108/137
Sana30.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#519631
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Bog'liq
МEHMONXONA XO’JALIGI MARKETINGI

tez tarqatish – mehmonxona mahsulotini xohish va imkoniyatga ega bo’lgan ixtiyoriy vositachiga sotish huquqini berish.
Eksklyuziv tarqatish – agentlik bitimlari asosida amalga oshiriladi va turagentga ma’lum ustunliklar beradi. Bu ustunliklar quyidagilardan iborat:
 ma’lum hududda mehmonxona mahsulotini sotishga istisnoviy huquq berish;
 mehmonxona mahsulotining pastroq narxlari;
 yuqori pul mukofotlari,
 mehmonxona mahsulotiga kafolatlangan kvotalar berish.
Turoperatorga tarqatishning eksklyuziv turidan foydalanish agentga ta’sir ko’rsatish imkoniyatini beradi. Bular:
 mahsulotga oxirgi narxni o’rnatish imkoniyati;
 mijozlarga xizmat ko’rsatishda texnologik talablar va standartlarni o’rnatish;
 mehmonxona mahsulotini sotish ustidan nazorat qilish imkoniyati;
 turagentning boshqa turoperator bilan hamkorlikdagi cheklanishlari.
Bunday yondashish bozorni segmentlar bo’yicha egallash bilan tavsiflanadi. Bunday ish davomida xarajatlar va ushlanib qolishlar kamayadi, nazorat qilish va boshqarilish darajasi yuqori bo’ladi.
Mehmondo’stlik industriyasida yuqorida ko’rsatilgan tarqatishning ikki turini qo’llash cheklangan. Tarqatishning uchinchi turi, ya’ni selektiv tarqatish usuli ko’p tarqalgan. Chunki unda, bozorni egallash vaqtida sotish kanali ustidan nazorat saqlanib qoladi va arzonga tushadi.
Bu usul mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: jalb qilinadigan vositachilar bittadan ko’p, lekin mahsulotni sotish bilan shug’ullanishga tayyor kishilarning umumiy sonidan kam.
Strategiyani shakllantirishning muhim unsuri – tanlangan vositachi bilan ishlashning to’g’ri shaklini aniqlash. Ishlash shaklini to’g’ri aniqlash – sotish kanalini boshqarish imkoniyati, vositachining motivlanishi va kanal faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishdir.
Agent turoperatorning mas’ul vakili hisoblanadi va uning nomidan, uning ko’rsatmalari bo’yicha ish olib boradi. Turoperator (prinstipal) va turagent hamkorligining uch shakli ajratib ko’rsatiladi:
 bildirilgan prinstipal – agent turistik mahsulotni prinstipalning ko’rsatmalari bo’yicha sotadi. Barcha hujjatlashtirish ishlari agent ko’rsatilgan holda prinstipal nomidan to’ldiriladi. Turistik mahsulot uchun barcha mas’uliyatga prinstipal zimmasiga tushadi, agent mijoz oldida rasman hech qanday javobgarlikka ega emas;
 bildirilmagan prinstipal – agent mehmonxona mahsulotini prinstipal ko’rsatmalari bo’yicha, lekin o’z nomidan sotadi. Turist barcha e’tirozlarni turagentga bildiradi, u o’z navbatida shikoyatni prinstipalga etkazadi;
 agent boshqa hududda turoperatorlik vazifasini olishi va o’z mehmonxona mahsulotini, prinstipal mahsulotini sotishi mumkin (Bunda prinstipal bildirilmasligi mumkin). Misol uchun, agent prinstipalning mehmonxona mahsulotini chet davlatlarga yuborish joyiga etkazib, mehmonxona xizmatlarini ko’rsatib, ko’p bo’g’inli murakkab turni turistga taqdim etadi. Prinstipalning mehmonxona mahsuloti shu bo’g’inlardan biri bo’ladi. Bu holda tur yig’indisi uchun barcha javobgarlik agent zimmasiga tushadi.
Turoperator va turagent orasida o’zaro munosabatlar o’rnatish jarayoni umumiy ko’rinishda quyidagicha bo’ladi:
 turoperatorning oshkora ko’zbo’yamachilik usuli;
 turoperator va turagent orasida bitim tuzilishi (agentlik bitimi);
 turoperator tomonidan takliflar (price lists) va reklama materiallarining yuborilishi;
 turistik mahsulotni bronlash to’g’risida turagentning arizasi;
 arizaning turoperator tomonidan tasdiqlanishi va hisob raqamining o’rnatilishi;
 turagent tomonidan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va turistlar hujjatlarining taqdim etilishi (mamlakatdan vaqtincha ketish hollarida vizalarni rasmiylashtirish uchun).
Turistik operastiyalar tavsifiga ko’ra, agentlik bitimlarining tarkibi turlicha bo’ladi. Agar gap bir martalik yoki qisqa muddatli bitim haqida borsa, ular juda batafsil, agar kelishuv uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lsa, bunda faqat asosiy shartlar keltiriladi. So’nggi holatda tijoriy shartlarni oydinlashtirish bitimga tuzilgan ilova asosida (masalan, yillik protokollar) yoki joriy ro’yxatga olish asosida amalga oshiriladi.
Agentlik bitimlari doirasidagi shartlar quyidagilardan iborat:
 turistik mahsulotni etkazish bo’yicha majburiyatlar;
 turistik xizmatni bronlash shartlari (uslublari, muddati, tartibi, axborotlar hajmi);
 turistlarga xizmat ko’rsatish shartlari, xizmat ko’rsatish hujjatlari, imtiyozli xizmat ko’rsatish tartibi;
 narx siyosati;
 o’zaro hisob-kitob va to’lovlar siyosati;
 pul bilan taqdirlash tartibi va xarakteri;
 konfidenstiallik;
 mas’uliyat;
 e’tirozlarni ko’rib chiqish va hal qilish tartibi.
Agentlik bitimlarining amaliy shartlari agent va prinstipal tomondagi majburiyatlar asosida ham belgilanadi.
Agentning muhim majburiyatlari quyidagilar:
ongli xatti-harakat;
 prinstipalga potenstial mijoz haqida to’g’ri ma’lumot berish;
 kelishilgan narxlarda rejali sotish hajmi;
 prinstipal imidjini saqlab qolish;
 prinstipal o’rnatgan narx darajasiga va narx siyosatiga rioya qilish;
 prinstipal tomonidan ruxsat etilgan chegirmalardan to’g’ri foydalanish;
 prinstipal tomonidan berilgan ma’lumotlarning konfidenstialligini saqlash;
 o’z vaqtida, belgilangan shaklda prinstipalga hisobot berish;
 prinstipalni yuzaga kelgan qiyinchiliklar, e’tirozlar va mijozlar reklamastiyasi to’g’risida xabardor qilish.
Prinstipalning asosiy majburiyatlari:
 agentni o’qitish;
 agentning istisnoviy huquqqa ega bo’lgan hududini belgilab berish (agar bitimda ko’rsatilgan bo’lsa);
 ma’lumotlar va reklama materiallarini etkazish tartibi.
Bitimning asosiy qismini haq to’lash shartlari, muddati va hajmi tashkil qiladi. Haq to’lash hajmi 2-12 % ni tashkil qiladi.
Agentga haq to’lashning bir necha usullari mavjud:
1. Prinstipal (principal) - o’z nomidan ish yuritishga ruxsat bergan yuridik shaxs.
1) mijozlarning vositalari prinstipalga o’tkazilgandan so’ng belgilangan muddatda.
2) pulni prinstipalga yuborishdan oldin bevosita tur qiymatidan ushlab qolish.
3) o’zaro hisob-kitob, yig’ilib borish chizmasi bo’yicha va boshq.




  1. Download 3,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish